33
Hozirgi zamon oilalarida esa (nuklear oilalar miqdorining ortishi,
urbanizatsiya, oila a’zolarining ko‘proq
vaqti ishga, ishdan bo‘sh vaqtlarida
teleseriallarni tomosho qilish va sh.k.larga sarflanishi tufayli) oila a’zolarining
shunchaki o‘zaro “gaplashib” o‘tiradigan vaqtlari miqdorining keskin kamayib
ketishiga, bu esa oqibatda oila a’zolarining muloqotga bo‘lgan
ehtiyoji
qondirilmay, oilaning
kommunikativ
funksiyasining
dolzarblashuviga olib
kelmoqda.
Oilaning rekreativ
funksiyasi
Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki,
ibtidoiy
zamonlardan buyon unga xarakterli bo‘lib kelgan xususiyatlardan biri, undagi
shaxslararo munosabatlar talablaridan biri uni o‘z a’zolarining axloqiy-
psixologik himoyalanishini ta’minlash, shuningdek
bolalarga va mehnatga
yaroqsiz yoki keksa qarindoshlarga moddiy va jismoniy yordam ko‘rsatish
kabilardan iborat bo‘lib kelgan.
Bu holat o‘z navbatida oilaning asosiy funksiyalaridan yana birini,
uning
rekreativ
funksiyasini tashkil qiladi.
Bu oilaning
rekreativ - o‘zaro
jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish, bir-birining
Dostları ilə paylaş: