Mahalla va oila


Hozirgi zamon oilasining asosiy funksiyalari



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Hozirgi zamon oilasining asosiy funksiyalari 
 
Oilaning iqtisodiy funksiyasi 
Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy funksiyalaridan biri 
hisoblanadi. Oila iqtisodi, byudjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik 
xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so‘ng olinadigan 
narsalarga mablag‘ yig‘ish, tejab ro‘zg‘or yuritish er-xotinning katta tajriba, 
malakaga ega bo‘lishlariga bog‘liq. Shuningdek oilada o‘sayotgan bola ham 
mana shu malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lib borishi zarurligini unutmagan 
holda bolaga iqtisodiy masalalarni hal etishni o‘rgata borish lozim.
IQTISODIY
KOMMUNIKATIV
FELISITOLOGIK
REGYLIATIV
REKREATIV
REPRODUKTIV
TARBIYAVIY
RELAKSASIYA


32
Oilaning reproduktiv
 
funksiyasi 
Oilaning muhim bo‘lgan funksiyalaridan yana biri bu uning 
reproduktiv
 
(jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish)
funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson turini davom ettirishdan 
iboratdir. Oila faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, ularni 
insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy 
yutuqlari bilan tanishtirish, ularning salomatligini saqlab turishdan ham 
iboratdir. Tabiatan berilgan nasl qoldirish instinkti odamda farzand ko‘rishga, 
ularni o‘stirishga va tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni 
qondirmasdan turib, kishi odatda o‘zini baxtiyor his qila olmaydi.
 
Oilaning tarbiyaviy

funksiyasi 
Oilaning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir funksiyasi 
tarbiyalash
 
funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, ahloqiy, estetik 
tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat 
poydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishti 
qo‘yilguncha javobgardir. Ota-ona san’atkor, bola - san’at asari, tarbiya 
jarayoni esa san’atning o‘zidir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, 
tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur funksiyasi darajasiga kiradi. 
Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oiladagi 
tarbiya orqali shaxsga ma’lum bir siyosiy-g‘oyaviy dunyoqarash, axloqiy 
me’yorlar va xulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin