26
shaxsning sub’ektiv ustanovkalariga mutlaqo bog‘liq bo‘lmasligi va u
tomonidan belgilangan bo‘lmay, balki dalilli va ishonchli metodikalarni
qo‘llagan holda o‘tkazilgan testlashtirish natijalariga asoslangan bo‘lishi shart.
Taklif etiladigan tavsiyalarning samaradorligi tamoyili
- bunday
tavsiyalar kimga berilayotgan bo‘lsa, shu odamlar uchun albatta foydali
bo‘lishi kerak. Testlashtirish natijalaridan kelib chiqqan holda o‘rganilayotgan
odam uchun foydasi tegmaydigan yoki qanday oqibatlarga olib kelishi
noma’lum bo‘lgan amaliy tavsiyalarni berishga ruxsat etilmaydi.
Psixodiagnostika ishlarini amalga oshirishda psixodiagnostikaga
qo‘yiladigan yuqoridagi talablar bilan bir qatorda, amaliyotchi psixolog
shaxsiga ham alohida kvalifikatsion talablar qo‘yiladi. Ularning asosiylari:
yaxshi nazariy tayyorgarlikka ega bo‘lish, psixodiagnostik metodikalar va
ularni qo‘llash qoidalarini mukammal bilish, tegishli metodikalardan amalda
foydalanish borasida yetarlicha tajribaga ega bo‘lish kabilardir.
Ta’kidlash joizki, ijtimoiy-iqtisodiy tizimi mo‘tadil bo‘lgan qator
rivojlangan mamlakatlarda psixodiagnostik testlardan foydalanish, ularning
natijalarini e’lon qilishga nisbatan qonuniy qayd etilgan cheklanishlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: