Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Kreativ iqtisodiyot sari 
Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan iqtisodiyotni diversifikatsiyalash
qishloq xo‘jaligini tarkibiy yangilash, shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalarni 
kengaytirishga qaratilgan hayotiy tashabbuslar ilgari surilmoqda. Shunisi 
e’tiborliki, belgilangan vazifalarni to‘liq amalga oshirish uchun O‘zbekistonda 
innovatsion 
taraqqiyotga 
hamda 
iqtisodiyotning 
o‘sish 
sur’atini 
jadallashtirishga asoslangan kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari 
ko‘rilayotir. 


46
Uning asosiy g‘oyasi nafaqat eksportni ko‘paytirish, balki sifatli ish 
o‘rinlari yaratish imkonini beruvchi yangi tarmoqlar, tovar va xizmatlarni yo‘lga 
qo‘yishni ta’minlashdan iborat. Kreativ iqtisodiyot, shuningdek, “start-ap”lar, 
ya’ni yangicha biznes-loyihalar, original g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash orqali 
fuqarolarning ishlab chiqarishdagi faol ishtirokini ko‘zda tutadi. 
Yurtimizda “start-up”lar tobora keng joriy etilmoqda. Ular, ayniqsa, 
yoshlar orasida ommalashgan. Masalan, Yoshlarning “start-up” 
tashabbuslarini 
qo‘llab-quvvatlash 
dasturiga 
start 
berildi. 
Unda 
O‘zbekistonning turli oliy ta’lim muassasalaridan mingdan ziyod talabalar 
ishtirok etdi. Keng qamrovli ushbu loyihada eng ko‘p tashabbuslar elektron 
tijorat, ta’lim, kommunikatsiya va navigatsiya texnologiyalari, transport hamda 
yo‘l infratuzilmasi, tibbiyot va biotexnologiyalar sohasiga tegishli bo‘ldi. 
Prezidentimiz 
tomonidan 
iqtisodiyotni 
rivojlantirish 
hamda 
liberallashtirish maqsadida 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul 


47
qilindi, amaldagi qator qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi, 
tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur shart-sharoitlar 
yaratildi. Xususan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan kichik tadbirkorlikni 
rivojlantirish kafolat jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilish bo‘yicha vakili instituti tuzildi. Xalqaro ekspertlarning qayd 
etishicha, O‘zbekistonda iqtisodiy siyosatni amalga oshirish bo‘yicha 
yondashuv o‘zgarayapti. Bu, avvalambor, aholining iqtisodiy faolligini oshirish 
va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgandir. Bunda asosiy e’tibor 
yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda 
kengaytirishga xorijlik sheriklar va investitsiyalarni jalb etishga qaratilmoqda.
Chet el investitsiyalarini faol jalb qilish, eksportga mo‘ljallangan 
mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarni tashkil qilish uchun qulay 
sharoitlar yaratish maqsadida mamlakatimiz hududlarida erkin iqtisodiy 
zonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilayapti. Qisqa davr ichida Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo
Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 
11 ta
erkin iqtisodiy 
zona tashkil etildi. Bu ham hududlarning ishlab chiqarish va resurs 
salohiyatidan foydalanish jug‘rofiyasi kengayib borayotganini ko‘rsatadi. 
Ma’lumki, har qanday jamiyatning rivojlanganini inson kapitali, ya’ni 
intellektual salohiyat, salomatlik, ta’lim, mehnat unumdorligi, yuqori hayot 
sifati belgilab beradi. Bugungi zamonaviy dunyoda aynan ushbu omil kreativ 
iqtisodiyotning asosiy lokomotivi sanaladi. BMT tadqiqotiga ko‘ra, O‘zbekiston 
2016-yil yakunlari bo‘yicha inson rivojlanishi yuqori darajada bo‘lgan davlatlar 
qatoridan joy oldi. 
Ekspertlar yana shunga e’tibor berishmoqdaki, O‘zbekistonda kreativ 
sinfning shakllanishi faollashdi va u kelgusida mamlakat iqtisodiyotida 
tayanch nuqtaga aylanadi. Jumladan, ilmiy ishlanma hamda tadqiqotlar, 
tajriba-sinovlar 
o‘tkazish, 
innovatsion 
mahsulotlar 
na’munalarini 
o‘zlashtirishga ixtisoslashgan innovatsion texnoparklar tashkil etish 
mo‘ljallanmoqda. Ular kimyo texnologiyalari, farmasevtika va tibbiy 


48
biotexnologiyalar, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati, energiya 
tejamkorligi, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishlab chiqarish, 
mashinasozlik, elektrotexnika singari sohalarga tegishli. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin