"Quvnoq raqamchalar" o`yinini tavsiya etamiz



Yüklə 404 Kb.
tarix01.04.2023
ölçüsü404 Kb.
#92268
Boshlangich-talimga-maqola


Yurtimizda ta`lim samaradorligini oshirish yo`lida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.O`qituvchilarning asl maqsadi o`quvchilarning o`quv istagi va mahoratini shakllantirib ,ularni barcha darslarda faol ishlashga jalb qilish , ta`limga bo`lgan qiziqish va mustaqillik tuyg`usini uyg`otishdir.
Boshlang`ich sinflarda ishlash jarayonida o`ylashga , yangi o`qish vositalarini izlab topishga , ijod qilishga to`g`ri keladi.
Bizning 11-DIUM da ham ustoz –shogird yo`lga qo`yilgan bo`lib yosh mutaxassislar ustozlari ko`magida dars o`tishning noan`anaviy usullarini o`rganib o`z tajribalarida qo`llamoqdalar.
Men ustozim oily toifali boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi Adizova Ulbosh opadan ijodkorlikni, mahoratni o`rgangan holda dars davomida yangi o`yinlar ,ko`rgazma qurollar yaratishga harakat qilaman.Darsda o`quvchilarning har biri ko`rgazma quroldan foydalansa,o`z qo`llari bilan ushlab topshiriqlarni bajarsalar mavzuni oson tushunadilar, eslab qoladilar.Dars davomida qo`llab kelayotgan usullardan namuna keltirmoqchiman.
“Quvnoq raqamchalar” o`yinini tavsiya etamiz.
Oddiy ko`rinishga ega bo`lgan bu ko`rgazma aslida bir nechta vazifalarni bajaradi.
Ko`rgazmaning qulaylik tomonlari:

  1. Har bir o`quvchi yoki o`qituvchi tayyorlay oladi.

2 . Barcha fanlarda qo`llash mumkin.
3. O`quvchilarni chaqqonlikka,topqirlikka, tez fikrlashga o`rgatadi.
4. Dars davomida bir vaqtning o`zida barcha o`quvchilar qatnasha oladilar.Topshiriqlarni noto`g`ri bajargan o`quvchilar shu paytning o`zida aniqlanib tushuncha berib ketiladi.Masalan:
7 x 4 – 16 = 12
O`qituvchi matematik diktant aytadi , misolning javobi 12 chiqadi .
Hamma o`quvchilar 12 sonini ko`tarishlari kerak.Boshqa sonni ko`targan o`quvchilarga tushunchalar beriladi va darsdan so`ng “Bilarjon ” guruhlarida ishlanadi.



  1. Vaqtdan yutiladi.

  2. Darslikdan tashqari misollar tuzishda samarali vosita hisoblanadi: o`nlik,yuzlik, minglik, milliongacha bo`lgan sonlarni tuzib o`qiy olishga o`rganadilar.






  1. Yig`indini , ayirmani topishda, bo`lish va ko`paytirishni hisoblashda , test, matematik diktantlar olishda qulayliklar yaratadi.Test savollari berilganda o`quvchilar javoblarni ko`rsatadilar va bir vaqtning o`zida barcha o`quvchilar baholanadi.


Ona tili darslarida barcha harflar tayyorlab olinadi va topshiriqlar bajarishda foydalaniladi.



  1. Unli harflarni ko`rsating

  2. Jarangli undoshlarni ko`rsating

  3. Jarangsiz undoshlarni ko`rsating

  4. Bo`g`inlar hosil qiling

  5. So`zlar yasang kabi topshiriqlarni barcha o`quvchilar bir vaqda bajaradilar va baholanadilar.

Kimga qanaqa” o`yini





Bu o`yinni darsning barcha jarayonlarida qo`llash mumkin.Kubikning barcha tomonlariga bo`lim yuzasidan yoki mavzu yuzasidan savollar yozilgan bo`ladi.O`qituvchi kubiklarni navbat bilan o`quvchilarga koptok otgandek uzatadi.Kubikning qaysi tomonidagi savol to`g`ri kelsa o`quvchi shu savolga javob beradi.Kubiklarni soni bir nechta bolishi mumkin.Ularni qog`oz yoki yog`ochdan yasasa ham bo`ladi.Bu o`yinni barcha fanlarda qo`llasa bo`ladi.
Ona tili fanidan:






O`yinlar orqali o`quvchilar diqqati faollashadi, fikr doirasi kengayadi, uyishqoq va chaqqon bo`ladilar, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
11-DIUM oliy toifali boshlang`ich
ta`lim o`qituvchisi Adizova .U.
Salomova Uzukjamol.
Yüklə 404 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin