106
farq qiladi. Inertsion konveyerlarda inertsiya kuchi ta’sirida
yuk novda
sirpanib harakat qiladi.
Novga o’zgaruvchan yuk bosimi tushadigan inertsion konveyer
(8.3-rasm, a) tebranuvchi tayanch 2 ga o’rnatilgan va krivoshipli
mexanizmlar 3 ta’sirida harakatlanuvchi nov yoki quvur 1 dan iborat.
Tayanch stoykalar nov tomon burchak ostida o’rnatilib,
yuk nov bilan
birga oldinga harakatlanganda yuk bir qancha olg’a siljib, harakat
orqaga qaytganda tushadi.
8.3 – rasm. Inertsion konveyerlar.
1-quvur, 2-tayanch, 3-krivoship.
Bu konveyerda tsikllar soni 1 minutda 300…400, o’rtacha
tezligi
0,15…0,2 m/s va yukning qalinligi esa 100 mm dan oshmaydi.
Novga doimiy yuk bosimi tushadigan inertsion konveyerning (8.3-
rasm, b), o’zgaruvchan yuk bosimi tushadigan inertsion konveyerdan
farqi shuki, nov 2 ularda rolikli yoki sharikli tayanch 3 da o’rnatiladi va
u krivoshipli mexanizm yordamida bo’ylama ilgarilama-qaytma harakat
qiladi. Bu mexanizm sharnirli to’rt zvenoli
OAVS konturli mexanizm
bo’lib, bunda OA krivoship bir xil tezlikda aylanadi va VS krivoship esa
notekis aylanib, tebranish harakatini tortqi 1 orqali nov 2 ga uzatadi. Bu
konveyerlarda yukning qalinligi 50…100 mm gacha bo’ladi.
Tebranuvchi konveyerlarning afzalligi: konstruktsiyasi oddiy: quritish,
sovutish va boshqa har xil texnologik operatsiyalarda
ishlatiladi va
germetik bo’lganligi sababli zaharli, issiq
va changsimon materiallarni
tashish mumkin, shuningdek 1 t materialni 1 m masofaga tashish uchun
sarflanadigan elektr energiya miqdori kam bo’ladi. Kamchiligi: yuk
yuqoriga tashilganda ish unumdorligi va tezlik kamayadi;
qirrali
materiallar (asosan inertsionli konveyerlarda) tashilganda nov yoki
quvur tez yeyiladi.
Dostları ilə paylaş: