O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

9.4. Pnevmatik vintli nasos 
Haydovchi qurilmalarda pnevmatik nasos keng qo’llaniladi (9.2-
rasm). Material qabul qiluvchi bunker 2 dan aylanib turuvchi shnek 3 
orqali aralashtiruvchi kamera 7 ga uzatiladi. SHnek aylanma harakatni 
elektrodvigatel 1 dan oladi. SHnekning oxiri qismida siqilgan havo bilan 
material zichlik darajasi klapan 6 yordamida boshqariladi. Kompressor 
siqilgan havoni aralashtiruvchi kameraga shnek va quvur orqali uzatadi. 
Kompressor yordamida siqilgan havo va material aralashtiruvchi 
kameradan quvur 8 ga haydaladi. TSilindrik sirt 5 ning ichiga 
mustahkamlikni oshirish uchun gilza 4 joylashtiriladi va gilza 
yeyilganda almashtirish mumkin. Pnevmatik vintli nasosning kamchiligi 
vint bilan gilzaning tez yeyilishidir. Nasosda havo yetarli bo’lishi shart. 
Vintli nasosning yuk tashish qismida havo tezligi vint tezligidan 
yuqori bo’lishi kerak. Vintning tezligi material og’irligiga, shakliga va 
o’lchamiga bog’liq. 0,4-0,6 MPa bosim kuchiga ega vintli nasoslar 
materialni 2 km masofaga tashish mumkin. 
1
2
3
4
5
6 7
8
9.2-rasm. Pnevmatik vintli nasos. 
1-elektrodvigatel, 2-bunker, 3-shnek, 4-gilza, 5-tsilindr, 6-klapan, 7-
kamera, 8-quvur. 
9.5. Pnevmatik yuk transportlovchi qurilmalar 
Pnevmatik yuk transportlovchi qurilmalarning berk temir yo’l 
vagonlaridan kukunsimon materiallarni so’ruvchi va so’ruvchi-


114 
haydovchi (qo’shma) turlari bor, bularning ishlash tartibi bir-biriga 
o’xshash. 
Pnevmatik yuk tashish va ortish qurilmalarining bir-biridan farqi 
so’ruvchi yuk tushirish qurilmasida mexanik nasosdan foydalaniladi va 
qo’shma yuk tushirish-haydash qurilmasida esa pnevmatik transport 
qo’llaniladi. 
So’ruvchi yuk tashish qurilmasi (9.3-rasm) maxsus moslama 1, 
egiluvchan yuk tashish quvuri 2, ajratish kamerasi 3, pnevmavintli nasos 
4, aralashtiruvchi kamera 5 va vakuum-nasos 6 dan iborat. 
So’ruvchi pnevmatik qurilmalar ikkita g’ildirak ustiga o’rnatiladi. 
Har bir g’ildirak alohida ahamiyatga ega. Qurilmaning aravachasiga 
sementni titratish uchun disk va so’ruvchi soplo o’rnatilgan. Material 
quvur 2 orqali ajratuvchi kamera 3 ga tushadi va havodan sement 
ajratiladi. Ajratilgan material zatvordan pastga shnekka tushadi va 10-12 
m masofagacha tashiladi. Sementdan havoni ajratgich-tozalagichlar 
yordamida havo yana tozalanadi va atmosferaga chiqariladi. Tozalangan 
havoni tashqarida kamera ichiga so’rish va silkitish mexanizmi 
yordamida tozalanadi. 
1
2
3
4
5
6

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin