166
Aylanma harakatlanadigan gidromotorlar kichik va katta momentli
turlarga bo’linadi: kichik momentli gidromotorlar
10·
N·m va
P
100
bilan harakatlanadi, shuning uchun unchalik katta
bo’lmagan tezlikda katta burovchi moment talab qiladigan mashinalarda
reduktor bilan birga ishlatiladi. Kichik momentli gidravlik motorlar
sifatida, odatda, ish unumdorligi o’zgarmas bo’lgan, rostlanmaydigan
nasoslardan foydalaniladi. Ular tormozlarning ichiga o’rnatilgan
holda
ko’prik kranlarda ishlatiladi. Katta momentli gidromotorlar mashinaning
ish organlariga yordamchi reduktorlarsiz o’rnatilishi mumkin. Bunday
gidromotorli yuritmaning gabarit o’lchamlari, og’irligi va aylanuvchi
qismlarining inertsiya kuchi kichik,
umumiy FIK katta, ishonchli
ishlaydi. Katta momentli VKD-420, VKD-630, VKD-210 markali
gidromotorlar keng tarqalgan. 12.7-rasmda bir qatorli yuqori momentli
VKD-210
gidromotor
konstruktsiyasi
ko’rsatilgan. Korpus 7
podshipniklarida rotor 2 shlitsali val 3 bilan taqsimlovchi vtulka 1
o’rnatilgan. Rotorli porshenli 9
ta tsilindri bor, rolik 6 shatun bilan
ta’minlangan va koromislo 4 bilan rotor ulangan. Ish suyuqligi uzatishda
porshenlar navbati bilan suriladi va statorda yettita chuqurcha bo’lib,
profillangan yo’lga kuchni uzatadi. Bu kuchning tashkil etuvchisi
koromislo orqali rotorga uzatiladi va uni buradi. Profilli yo’llarda bitta
porshen ish suyuqligi bosimi ostida suriladi, boshqasi esa tsilindr ichiga
kiradi va suyuqlikni tsilindrlardan siqib chiqadi.
Rotor bir aylanganda
har bir porshen 7 marta yurishni bajaradi.
Dostları ilə paylaş: