Fanning maqsadi
respublika qishloq xo‘jalik ekinlarining karantin ob’ektlari
bilan talabalarni tanishtirish, xorijiy davlatlardan mamlakat ichkarisiga kirib
kelayotgan transport vositalari va ulardagi yuklarda uchraydigan kasallik turlarini
aniqlash uchun ularni nazoratini amalga oshirish, namunalar ola bilish, karantin
laboratoriyasi sharoitida analiz qilib, ularni zararsizlantirish uchun karantin
tadbirlarni o‘tkazish malakasini mutahassislarga orgatishdir. Dars jarayonida
talabalarga karantin nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ob’ektlardan
entomologic, fitopatologik, bakteriologik, visusologik va gerbiologik analizlar
uchun namunalar olish va analiz qilishni o‘rgatishdir.
Fanining vazifasi
zararli organizmlarning mamlakat ichkarisida tarqalishiga
yoki tashqaridan kirib kelishiga yo’l qo’ymaslik, bu organizmlar ekinzorlarda paydo
bo’lganda tarqalish vaqtini nazarda tutib, uni chegaralash tadbirlarini ishlab
chiqishga tavsiyalar berishdan iborat.
Bu fan mamlakatimiz hududida namoyon bo’ladigan, rivojlanadigan,
tarqaladigan karantin hasharotlarning paydo bo’lishi muddatlari va miqdori
to’g’risida ma’lumot berib, saqlab qolish uchun zudlik bilan o’tkaziladigan
tadbirlarni belgilash yo’llarini ko’rsatib beradi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini importi va eksportida karantin tadbirlari
fanining vazifasi karantin xizmati vakillari va ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari
bilan birga ekin dalalarida tarqalishi mumkin bo’ladigan, zararli hasharotlarning
kelib qolishi xavfini, rivojlanishini va tarqalishini oldindan nazorat qilish malakasini
hosil qilishdir.
Birinchi karantin tadbirlari Frantsiyada joriy qilingan. Bunga sabab 1858-
1862 yillarda AQSHdan Frantsiyaga keltirilgan uzum ko’chatlarida uchraydigan
filloksera hasharoti sabab bo’lgan. Keyinchalik Frantsiyaga oidium, soxta un
shudring kasalligi tarqala boshlagan. Shuning uchun qishloq xo’jaligida 56 ta
departament tashkil qilinib,ular tok kasalliklariga qarshi kurashgan. SHundan keyin
o’simliklar karantinini joriy qilish yevropa mamlakatlari va SHimoliy Amerikada
amlga oshirilgan.
AQSHda karantin zonasini tashkil qilish 1912 yilda boshlangan. Shu yili
qabul qilingan Karantin to’g’risidagi qonun bugungacha o’z kuchini saqlab
kelmoqda.
Karantin sohasidagi tadbirlarning bir mamlakat hududida tashkil
qilinishi hech qanday samara bermaydi. SHuning uchun 1877 yilda Lozanna
(SHveytsariya) da bo’lib o’tgan yig’ilishda yevropa mamlakatlarida tokning
filloksera tufayli nobud bo’lishining oldini olish masalasi xalqaro darajada
ko’tarildi. Birinchi xalqaro konventsiyani 1878 yil 1 sentyabrda Bern shahrida
Germaniya, Avstro-Vengriya, Shveytsariya, Frantsiya, Belgiya, Gollandiya,
keyinchalik Italiya, Ispaniya, birinchi jahon urushidan keyin Vengriya,
Chexoslovakiya va Yugoslaviya davlatlari imzolagan. Konventsiyaning
talablariga asosan, tokning fillekserasi tarqalgan davlatlar jahon bozorida tok
ko’chatlari sotish huquqidan mahrum qilingan.
1905 yil 7 iyunda Xalqaro konventsiyada Rimda Xalqaro qishloq xo’jalik
institutini ochish to’g’risida qaror qabul qilingan. Bu institut tomonidan dastlab bir
qator mamlakatlarda turli kasallik, hasharotlar va begona o’tlardan himoya qilishga
o’rgatish qonunlari amaliyoti kiritilgan.
1914 yilda Frantsiyada 30 mamlakat ishtirokida sertifikatlar bilan
almashinish va zararli organizmlarga qarshi kurash choralari belgilab olingan.
1929 yilda Rimda 24 ta davlat ishtirokida bo’lib o’tgan xalqaro
konferentsiyada Rim konventsiyasi qabul qilingan. Bunga asosan shu davlatlarda
o’simliklar himoyasi va karantini bo’yicha ilmiy tadqiqot institutlari tashkil
qilinishi, zararli organizmlarni tarqatmaslik uchun qonunlar ishlab chiqish,
mamlakatda aniqlangan karantin ob’ektlarining ro’yxatini e’lon qilish,
o’simliklarni bir mamlakatdan ikkinchisiga olib borishni qat’iy nazoratiniyo’lga
qo’yish kabi tadbirlar vazifa qilib yuklatilgan.
1951 yilda Rim konventsiyasi yig’ilishida Xalqaro o’simliklarni himoya
qilish Konventsiyasini 50 mamlakat ishtirokida tasdiqlandi. Bunda yagona xalqaro
fitosanitar guvohnomasini berish, fitosanitar nazoratini o’tkazish talablari va
nazorat qilinadigan ob’ektlar miqdori aniqlandi.
1951 yil 18 aprelda yevropa, O’rta yer dengizi havzasi (EOZR) bo’yicha
o’simliklarni himoya qilish Konventsiyasi qabul qilinadi. 1956 yilga kelib
Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani havzasida o’simliklarni himoya qilish
komissiyasi tuziladi. Fitosanitariya tadbirlari qatoriga patogen organizmni
saqlovchi o’simlik qoldiqlari, begona o’tlarni yo’q qilish, g’alla ekinlari somonini
yoqish, patogen organizmni saqlovchi tuproqqqa kimyoviy va fizik ishlov berish,
kasallik tarqalishiga sabab bo’luvchi mehnat qurollari va mashina qismlarini
dezinfektsiya qilish kabilar kiradi. Kasalliklarning tarqalishida suv havzalari va
daryo, ariq oqimi, qushlar, hayvonlarning asosiy roli o’rganiladi.
O’simliklar karantini fanining rivojlanish tarixi XVIII asr boshlarigato’g’ri
keladi. Bu ma’lumotlar Rossiyada A.T. Bolotov, Frantsiyada A. Tillet, Italiyada
F. Fontana, Daniyada YA. Fabritsius ta’limotlarida bayon qilingan. Bu to’g’rida
dastlabki ma’lumotlarni XIX asrning ikkinchi yarmida nemis olimi A. de Bariy, rus
olimi M.S. Voroninlar bergan. SHu davrdan boshlab dastlabki entomologiya
komissiyasi va byurosi, karantin stantsiyalari tuzilgan.
Karantin kasalliklarini o’rganishga XX asr boshlarida rus olimlaridan A.A.
Yachevskiy, D.I. Ivanovskiy, I.L. Serbinov, G.K. Burgvits, Amerika olimlaridan
E. Smit, U. Stenli kabilar munosib hissa qo’shgan.
Respublikamizda o’simliklar karantini bo’yicha ta’limotning yaratilishida
Respublika o’simliklar karantini Bosh davlat inspektsiyasi, Respublika
o’simliklar karantini ilmiy markazi, O’zbekiston O’simliklarni himoya qilish
instituti, Botanika ilmiy ishlab chiqarish markazi va Toshkent davlat agrar
universitetining fitopatologiya kafedrasi professor o’qituvchilaridan A.SHeraliyev,
U Rahimov, K. Buharov va O’simliklarni himoya qilish kafedrasi olimlaridan
B.S.Boltaev, B.Muradovlar o’tkazgan tadqiqotlar asosiy rol o’ynadi.
Sobiq ittifoqda 1931 yil 5 iyunda birinchi karantin xizmati tashkil qilingan.
Karantin xizmatining 1961 yil 21 iyulda birinchi,1980 yil 28 mayda ikkinchi
qarori qabul qilingan. 1967 yil 10 avgustda O’simliklarning tashqi karantin
qoidalarida 70 ta ob’ektni karantin ob’ekti sifatida ko’rsatilgan. O’simliklar karantin
xizmati Nizomida uning maqsadi va vazifalari, mansabdor shaxslarning burch va
majburiyatlari ko’rsatilgan.
Shu davrdan boshlab dengiz, daryo portlari, aeroport, temir yo’l va nazorat
punktlarida karantin nazorati amalga oshirildi.1913-1914 yillarda Misr Arab
Respublikasidan Rossiyaga keltirilgan paxta tolasida paxta kuyasi borligi
aniqlangan. Shundan boshlab tashqaridan keladigan yuklarni karantin nazoratidan
o’tkazish tadbirlari ishlab chiqilgan.
Davlat karantin inspektsiyasi 1979 yildan boshlab Qishloq xo’jaligivazirligi
qoshidagi O’simliklarni himoya qilish bosh boshqarmasiga, 1995yildan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi respublika O’simliklar
Bosh davlat karantininspektsiyasiga aylantirilgan.
Respublikada karantin tadbirlari o’tkaziladigan hasharotlar, kasalliklar va
begona o’tlar dastlabki ro’yxati 2002 yilda e’lon qilingan bo’lib, 30 ta ob’ektni,
jumladan, 9 tasi yevropa, O’rta yer dengizi o’simliklarni himoya qilish tashkiloti
tavsiyasi asosida karantin ob’ekti hisobida ro’yxatga olingan. O’zbekiston davlati
uchun karantin ahamiyatiga ega bo’lgan o’simlik, zararkunandalar, kasalliklar va
ashaddiy begona o’tlarning 2006 yildagiro’yxatida respublika hududida
uchramaydigan karantin zararkunandalar 58 ta,o’simlik kasalliklari 17 ta,
nematodalar 4 ta, bakterial kasalliklar 9 ta,virus kasalliklari 11 ta, begona o’tlar
33 ta deb ko’rsatilgan bo’lsa, 2008 yilda bu ko’rsatkich zararkunandalarda 60 ta,
o’simlik kasalliklari 16 ta,nematodalar 4 ta, bakterial kasalliklar 9 ta, virus
kasalliklari 11 ta, begona o’tlar 36 ta ni tashkil qilganligi (2008 ) karantin ob’ektlar
soni muntazam o’zgarib turishini ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi O’simliklar karantini Bosh davlat inspektsiyasi
qoshidagi Karantin laboratoriyasi respublikada mavjud turdosh tashkilotlarga
tashkiliy, uslubiy va ilmiy yo’nalishlarni amalga oshirishda rahbarlik qilib
kelmoqda. Uning faoliyatining boshlanishi 1934 yildan karantin inspektsiyasi
tashkil qilingan davrga to’g’ri keladi.
Inspektsiyaning dastlabki davrdagi faoliyatida zararli hasharotlarga (olma
mevaxo’ri,komstok qurti) qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishga
qaratilgan.
Karantin inspektsiyasi respublika hududiga xorijiy davlatlardan xavfli
karantin ob’ektlari kirib kelishining olini olish tadbirlarini belgilash bilan
shug’ullanadi. Buning uchun mamlakat ichkarisidagi va xorijdan keltirilgan
tovarlarning fitopatologik, entomologik, bakteriologik va gerbologik tekshiruvni
amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Botanika” ilmiy ishlab
chiqarish markazining Botanika bog’ida 1941 ta turli manzarali vadaraxt
o’simliklari urug’larining namunalari o’rganilsa, G’allaorol karantin pitomnigida
IKARDA Xalqaro tashkilotidan keltirilgan bug’doy, sholi, arpa va boshqa g’alla
ekinlarining 2129 ta namunasi sinovdan o’tkazilmoqda.
Respublika karantin laboratoriyasi tadqiqotlari asosida Respublika uchun
karantin hisoblangan 8 ta hasharot va 3 ta begona o’t aniqlangan. Respublika
hududidagi ekinzorlarda karantin begona o’tlardan zarpechak,ermon, shuvoq bargli
ambroziya, sudraluvchi kakra, hasharotlardan g’o’za kuyasi va antraknoz kasalligi
tarqalishining oldini olish maqsadida muntazam nazorat ishlari olib borilmoqda.
Respublika karantin inspektsiyasi laboratoriyasi xodimlarining asosiy faoliyati
o’simliklar karantini bo’yicha to’plangan tajribalarni umumlashtirib, karantin
ob’ektlari turlar tarkibi, ekologiyasi, biologiyasini o’rganish asosida karantin
ob’ektlarni tekshirish va karantin ekspertizasini, ob’ektlarni zararsizlantirish
usullarini takomillashtirishdan iborat.
Ushbu fan bir qator fanlar bilan chambarchas bog’liqdir, jumladan, o’simliklar
karantini, biologiya, entomologiya, fitopatologiya, bakteriologiya, virusologiya,
o’simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik, urug’chilik, o’simliklar immuniteti,
mikologiya, genetika, mikrobiologiya, genetika fanlari shular jumlasidandir.
Savollar:
1.
O‘simliklar fani qaysi asrlardan boshlab rivojlana boshlagan?
2.
Ushbu fanning maqsadi nimadan iborat?
3.
Hozirgi kunda nechta karantin obekti mavjud?
Dostları ilə paylaş: |