6-mavzu
.
Jahon mamlakatlarida ta’limni integratsiyalashtirish va kasbga
yo’naltirish masalalari
Reja:
1.Jahon mamlakatlarida ta’limni integrasiyalashtirish va kasbga yo‘naltirish
masalalari.
2.Ta’limni differensiyalashtirish muammolari va maxsus maktablar faoliyati.
Integratsion va masofaviy ta’lim
Vatanimizda
ta’lim
tizimi
keng
qamrovli
islohotlarni
hamda
texnologiyalashtirish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan
kechirmoqda. Ulardan ko’zda tutilgan maqsad – maktab faoliyatini
demokratlashtirish, uning insonparvarlik
tamoyillarini rivojlantirish, shu asosda
o’quv-tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va
yanada takomillashtirishdan iboratdir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishning
muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajribalariga munosabatni
tubdan o’zgartirishdan iborat ekanligini hayotning o’zi taqozo qilmoqda.
Bu tajribalarni sinchkovlik va qunt bilan o’rganish orqali biz ta’limda xato va
yanglishishlardan, shubhali xulosalardan o’zimizni
saqlashimizdan tashqari,
ta’lim-tarbiyada qotib qolgan, eskirgan, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan ish
shaklli va uslublaridan tezroq xalos bo’lish bilan birga, uni munosib tarzda
yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz.
Shuni e’tirof etish kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim
sohasida ulkan
o’zgarishlar sodir bo’layotgan bir davrda, bizda ta’lim mazmunini yangilash, uni
boshqarish, innovasion texnologiyalarni maktab hayotiga tatbiq etishda qator
muammolar mavjud.
Ta’lim-tarbiyada samarali islohotlarni amalga
oshirish talab etilayotgan
hozirgi davrda ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy
qilish sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan, jamiyat a’zolarini
yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo’naltirishda
davlat xizmatini
hamda o’rta ta’limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim
mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo’llash, ta’limda tashabbuskorlik
va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el
tajribalarini o’rganish ayni muddaodir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limniig, mamlakat
ichki siyosatiga faol
ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli
chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan
mablag’ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Jumladan, yaponlarda, “maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli”gina
bo’lib qolmay, “u insonlarni yaxshilaydi”, degan fikr – ishonch va e’tiqodga
aylangan.
Ta’lim to’g’risidagi g’amxo’rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha
diqqat-
e’tiborida bo’lgan. Shuning uchun AQSHning sobiq Prezidenti R. Reyganni,
Buyuk Britaniya Bosh vaziri M. Tichcherni, Fransiya Prezidenti F. Mitteranlarni
maktab islohotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F. Mitteran maktabni
“Jamiyatni harakatlantiruvchi kuchi” deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko’p
sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq.
Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta’lim-tarbiya nazariyasi
muammolari bilan yuzlab
davlat va xususiy tashkilotlar, universitet va pedagogik tadqiqot markazlari
shug’ullanmoqda. Ular faoliyatini esa xalqaro ta’lim markazlari, masalan,
AQSHda xalqaro ta’lim instituti muvofiqlashtirib boradi. Ko’pchiligining faoliyati
o’quv dasturini takomillashtirish va qayta ko’rishga qaratilgan.
Maktab dasturlarini o’zgartirish ikki asosiy yo’nalishda: ekstensiv va intensiv
usul bilan amalga oshiriladi.