Arifmetik mantiqiy qurilmaning qo‘shish va ko‘paytirish amallari algoritmi Mikrodasturning sxematik ko‘rinishi rasmda keltirilgan. Ushbu algoritm
quyidagilardan tashkil topgan:
1. Birinchi qo‘shiluvchi Rg1 da joylashadi, uning ishorasi tahlildan o‘tadi,
agar ishora manfiy bo‘lsa, operand Rg3 ga yuboriladi, agar musbat bo‘lsa,
inversiya Rg2 va Rg3 ga uzatiladi.
2. Ikkinchi qo‘shiluvchi ham Rg1 ga keladi va uning ishorasi tekshiriladi,
agar ishora manfiy bo‘lsa operand inversiyadan o‘tadi aks holda Rg2 dagi
operandlar yig‘indisi hisoblanadi (summator).
3. qo‘shilgandan keyin natija ishorasi tekshiriladi, agar natija manfiy bo‘lsa,
u inversiyadan o‘tkaziladi agar musbat bo‘lsa +1 qo‘shiladi.
4. mashina razryad setkasi to‘lishi yuz bersa
to‘lib toshish holati
bajariladi, aks holda qo‘shish mikrodasturining oxiriga boriladi.
Endi ko‘paytirish algoritmini ko‘rib o‘tamiz. Fiksirlangan vergulli ikkilik
sonlarni ko‘paytirishni surilish va qo‘shishlar ketma – ketligini ko‘rinishida
ifodalash mumukin.
Quyidagi algoritm eng qulay va ixchamroq hisoblanadi. Ko‘paytirish
ko‘paytmaning kichik razryadlaridan boshlanadi, ular o‘ngga suriladi, qisman
yig‘indilar summasi ham o‘ngga suriladi, ko‘paytuvchi joyida qoladi (5-rasm).
1) Boshida barcha registrlar 0 holatiga keltiriladi.
2) Ko‘payuvchi va ko‘paytuvchi tegishli registrlarda joylashadi, shuningdek
qisman yig‘indilar alohida regiterlarga ajratiladi.
3) ko‘paytuvining kichik razryadi tekshiriladi, agar u 1 bo‘lsa u holda
qisman yig‘indiga ko‘payuvchi qo‘shiladi.
4) qisman yig‘ilgan summa va ko‘paytma bir razryad o‘ngga siljiydi.
5) 3 va 4 amallar n marta takrorlanadi.
Ko‘paytirish mikrodasturining strukturali sxemasi 6-rasmda. Endi Arifmetik
mantiqiy qurilmani o‘zini ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Misol sifatida raqamli signalli
protsessorli arifmetik mantiqiy qurilmani ko‘rib o‘tamiz. Signalli protsessor
qo‘llanmaydigan texnika sohasini topish qiyin. Bu raqamli filtrlash, kodlash,
dekodrlash, tovushni qayta ishlash va nutqni aniqlash, tasvirni qayta ishlash,
boshqarish sistemalari shunga kiradi.