esa tashqi buyruqlarni tashkil qiladi. Tashqi buyruqlarni bajarish uchun buyruq
protsessori diskdan
mos ismli buyruqni qidiradi, agar uni topa olsa, u holda uni
xotiraga yuklaydi va unga boshqaruvni beradi. Buyruqlarni bunday usulda
taqsimlanishi operativ xotira bandligini kamaytiradi va kompyuter unumdorligini
oshiradi.
Amaliy dasturlarni ishga tushirish tashqi buyruqqa murojaat qilgandek
amalga oshiriladi. Buyruq protsessori funksiyasiga
buyruq fayllarini ishlatish
ham yuklatilgan. Buyruq faylning birontasi OS ni yuklagandan so‘ng avtomatik
tarzda bajariladi va foydanuvchiga faoliyat muhiti sozlanganligi haqida dalolat
beradi. Avtomatik tarzda bajariladigan buyruq foylalanuvchi ehtiyojiga qarab
tizimli dasturchi tomonidan yaratiladi. Buyruq protsessori berilgan satrda
yozilgan berilganlarni ketma-ket o‘qiydi va taxlil qiladi. Berilganlar buyruq, tamga
yoki izohdan iborat bo‘lishi mumkin. Agar navbatdagi satrda biron bir dasturga
murojaat qiluvchi buyruq bo‘lsa, buyruq fayl ishini to‘xtatib turiladi va
chaqirilgan dastur bajariladi. Dastur o‘z ishini yakunlagandan so‘ng buyruq fayl
o‘z ishini davom ettiradi.
Buyruq protsessori xotiraga yuklanganda ikki,
doimo xotirada saqlanadigan
rezedent va xotiraning foydalanuvchi uchun ochiq bo‘lgan norezedent qismga
bo‘linadi. Bunda ixtiyoriy dastur buyruq protsessorining norezedent qismini
o‘chirib yuborishi mumkin. Bu dastur o‘z ishini yakunlaganda boshqaruv har
doim buyruq protsessorining rezedent qismiga uzatiladi va u tizim diskidan
yuklash orqali buyruq faylining norezedent qismini tiklaydi. OS aynan shu
ko‘rinishda tashkil qilinganligi sababli qattiq disk resurslari yetarli bo‘lmasa
yoki u umuman bo‘lmasa tizimli yumshoq disk bo‘lishi
shart va u ishga tayyor
holatda bo‘lishi kerak. OS normal ishlashini ta’minlash uchun qattiq yoki
yumshoq disk o‘rniga operativ xotirada tashkil qilingan virtual diskdan foydalanish
mumkin.
OS tashqi buyruqlari diskda alohida saqlangan dasturlar yordamida
bajariladi. Ixtiyoriy OS ga turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan o‘nlab dasturlar
kiritilgan. Masalan, barcha OS larga kiritilgan qurilma drayveri deb
nomlanadigan maxsus rezedent dasturlar kiritish-chiqarish tizimini to‘ldirish
uchun qo‘llaniladi. Drayverlar qo‘shimcha tashqi qurilmalarni yoki mavjud
qurilmalarni nostandart ishlatilishini ta’minlab beradi. Real OS loihalanganda
fizik qurilmalar imkoniyatlari foydalanuvchi talabiga to‘liq
javob bera olmasa
maxsus rezedent dasturlar yaratib kompyuter imkoniyatlarini kuchaytirish
mumkin.
Mavjud OS ning bir-biridan farqi "tizim darajasi" bilan aniqlanadi. Ya’ni
konkret tipdagi kompyuter uchun mos OS qurish (ko‘chirish) bilan aniqlanadi.
Bunda OS tan-narxi kompyuter arxitekturasi, unga kirgan qurilmalar, berilganlarni
ichki ko‘rinishi bilan birga OS tarkibiga kiritilgan imkoniyatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Qaralayotgan OS larning farqini faqat professional(tizimli) dasturchigina
farqlay oladi. Odatda oddiy foydalanuvchiga bunday farqlar sezilmaydi. Bunday
farqlar xotira hajmi, berilganlarga
ishlov berish vaqti, tizim imkoniyatlari va
ishonchliligi bilan aniqlanadi.
Sistemada bajariluvchi dastur
jarayon
ni tashkil qiladi. Jarayon - bu
holatlarning yagona ketma-ketligidir. Jarayon bilan kompyuter resurslari va fayllar
bilan bog‘liq bo‘ladi. Fayl - berilganlar va dasturiy bo‘lishi mumkin. Jarayonda
qatnashgan har bir fizik resurs albatda mavjud bo‘lishi shart. Yangi jarayonni
tashkil qilishda eski jarayondan nusxa olish yo‘li
bilan ham tashkil kilish
mumkin, bu xolatda yangi jarayen tugallanishi eski jarayon orqali ham amalga
oshirilishi mumkin. Har bir jarayen o‘z jarayonini yangi jarayon bilan almashtirib
boshqaruvni yangi jarayonga berishi ham mumkin.
Ritchi va Tompson(1978) terminologiyasiga asosan dastur bajariladigan
muhit -
holat
(obraz) deyiladi. Holat tarkibiga dastur va unga bog‘liq bo‘lgan
berilganlar, ochiq fayllar holati va joriy mundarija kiradi. Holat atributiga
foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ayrim identifiqatorlar foydalanuvchi uchun
ochiq deb hisoblanadi. Jarayonni bunday tashkil qilinishi foydalanuvchiga
qo‘shimcha mamumot berish va jarayonga aralashish imkoniyatini beradi.
Shuni
aytish kerakki barcha jarayonlar uchun ham foydalanuvchi atributi mavjud emas.
Bunday holat jarayon yaratgan jarayonlarda vujudga keladi. Bunday jarayonlarga
foydalanuvchi aralashuvi maxsus tizimli buyruqlar asosida amalga oshirilishi
mumkin. Jarayon - bu loihaning bajarilishi. Sistemada jarayonga ko‘makchi
jarayonlar mavjud bo‘ladi.
Sistemadagi ko‘pgina jarayonlar kutish holatiga o‘tishi berilganlarni kiritish
va chiqarish yoki biron bir bir tizimli funksiyani bajarilishini kutish bilan bog‘liq
bo‘ladi. Har bir real tizimda bir vaqtda mavjud bo‘lgan jarayonlar
chegaralangan. Bu holat ko‘proq kompyuterning real fizik imkoniyatlaridan kelib
chiqadi.
Dostları ilə paylaş: