165
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
A D A B I Y O T L A R S H A R H I
Raqamli platformalar bizneslarga, xususan kichik va o‘rta
hajmli korxonalar uchun, yangi bozorlarga kirish,
mijozlar bilan aloqani yaxshilash va tijorat jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Raqamli platfor-
malar yaratish texnologiyalarini ko‘rib chiqish, ularning biznesga qanday ta’sir qilishini tushunish va elektron
tijoratning samaradorligini oshirish uchun qanday ishlatish mumkinligini o‘rganish uchun juda muhimdir. Bu
borada, biz xaridorlar uchun eng samarali foyda taqdim etish, xizmat sifatini oshirish,
tijorat jarayonlarini te-
zlashtirish va savdo xarajatlarni kamaytirish uchun platformalar yaratishning eng yaxshi amaliyotlarini ko‘rib
chiqamiz. Ushbu ma’lumotlar, elektron tijoratni samarali boshqarishga qaratilgan ushbu ishning asosini tashkil
etadi. Bizning maqsadimiz, raqamli platformalarni yaratish va ulardan foydalanishning eng yaxshi usullarini
aniqlash va ularni elektron tijorat strategiyalariga integratsiya qilishdir.
“Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyat-
ning yetakchi tadqiqotchisi Manuyel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod,
jamiyat va madaniyat” nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib,
raqamli iqtisodiyot
nazariyasi to‘laligicha hali shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoq-
da.Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi raqamli iqtisodiyoti” turli
1
xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan,
“postindustrial iqtisodiyot” (D. Bell), “axborotlashgan iqtisodiyot” (O. Toffler), “megaiqtisodiyot” (V. Kuvaldin),
“axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot” (I. Niniluto), “texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot” (B. Geyts),
“bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” (D. Tapskott)
2
.
Ushbu tushunchalarni bog‘lab turadigan omil – bu iqtisodiy jarayonlarning globallashuv jarayonida raqamli
axborot texnologiyalarining birlamchi o‘rinni egallashi bo‘lib hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot haqida so‘z borar
ekan, axborotlashgan jamiyatga ta’rif berib o‘tish o‘rinlidir.Axborotlashgan jamiyat deb, unda faoliyat yuritayot-
gan kishilarning ko‘p qismi axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli bo‘lgan bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash,
qayta ishlash va sotish bilan band bo‘lgan jamiyatga aytiladi. Jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining bu bosqichi-
ga jamiyat hayotida axborot, bilim va axborot texnologiyalari ahamiyatining yanada oshishi xosdir. Raqamli iqti-
sodiyot ustivor bo‘lgan axborotlashgan jamiyatgata’rif berishdaiqtisodchilar turli texnologik, iqtisodiy, mehnat,
fazoviy, iste’mol va kreativ mezonlardan foydalanadilar.
M E T O D L A R
Elektron tijoratning barqaror va samarali tashkili raqamli platformalar yaratish texnologiyasiga bog‘liq. Bu
texnologiyalar biznesni raqamlashtirish, yoshlar uchun yangi ish imkoniyatlari yaratish
va mamlakatning ijti-
moiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish imkoniyatini beradi.
Platformaning asosiy komponentlari: E-tijorat platformasining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:
1. Foydalanuvchi interfeysi,
2. Ma’lumotlar bazasi,
3. To‘lov sistemasi, ta’minotchi, xaridor va xizmat ko‘rsatuvchilarining integratsiyasi.
Dostları ilə paylaş: