Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Murodova Dilnoza Choriyevna
Toshkent moliya instituti doktoranti, PhD
Annotatsiya:
Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar doirasi-
da O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maqsad va vazifalari, institutsional tuzilishi tubdan qayta ko‘rib chiqildi. 
Pul-kredit siyosati mantiqan yangi tamoyillar asosida yuritiladigan bo‘ldi. Xususan, mamlakatda ichki narxlar barqarorligini 
ta’minlash vazifasi Markaziy bank faoliyatining ustuvor maqsadi sifatida belgilandi.
Kalit so‘zlar:
Pul-kredit siyosati, inflyatsiya, depozit bazasi, davlat byudjeti, qayta moliyalash stavkasi, ochiq bozor siyo-
sati, majburiy zaxira siyosati.
Аннотация:
В рамках структурных преобразований, реализуемых на новом этапе экономического развития нашей 
страны, коренным образом пересмотрены цели и задачи Центрального банка Республики Узбекистан, институци-
ональная структура. Монетарная политика логично проводилась на основе новых принципов. В частности, задача 
обеспечения стабильности внутренних цен в стране была определена в качестве приоритетной цели Централь-
ного банка.
Ключевые слова:
Денежно-кредитная политика, инфляция, депозитная база, государственный бюджет, ставка 
рефинансирования, политика открытого рынка, политика обязательных резервов.
Abstract:
Within the framework of the structural reforms implemented at the new stage of the economic development of 
our country, the goals and tasks of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan, and the institutional structure have 
been fundamentally revised. Monetary policy was logically conducted on the basis of new principles. In particular, the task 
of ensuring the stability of domestic prices in the country was defined as a priority goal of the Central Bank.
Key words:
Monetary policy, inflation, deposit base, government budget, refinancing rate, open market policy, reserve 
requirement policy.
D O L Z A R B L I G I
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki asosiy pul-kredit instrumenti sifatida qayta moliyalash siyo-
sati, majburiy zaxira siyosati va ochiq bozor siyosatidan foydalanadi. Bunda, Markaziy bank asosiy stavkani 
o‘zgartirish orqali iqtisodiyotdagi depozitlar va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalariga, moliyaviy aktivlar narxiga va 
makroiqtisodiy kutilmalarga ta’sir ko‘rsatadi. 2022-yilda Markaziy bankning asosiy stavkasi 3 marotaba o‘zgar-
tirildi va ushbu o‘zgarishlar tezkor ravishda pul bozoridagi foiz stavkalarida o‘z aksini topa boshladi 
[1]
. Pul 
bozoridagi foiz stavkalarining depozitlar va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalariga o‘tishida ham ijobiy tendensiya 
kuzatilayotgan bo‘lib, islohotlarning navbatdagi bosqichida foiz kanalining aynan ushbu qismini rivojlantirish 
bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Pul bozorida shakllangan foiz stavkalaridagi o‘zgarishlarning depozitlar narxiga o‘tishi ma’lum muddatni 
taqozo etadi. Banklarning depozit bazasi nisbatan pastroq (depozitlarning jami majburiyatlardagi ulushi 40 
foiz atrofida) hisoblanib, birinchi navbatda, bankdan tashqari jamg‘armalarni bank tizimiga samarali jalb etish 
va shu orqali depozit bazasini oshirish maqsad qilingan. Inflyatsiya darajasining pasayib borishi va nisbatan 
barqaror almashuv kursi sharoitida banklar tomonidan taklif etilayotgan joriy foiz stavkalari, shu jumladan, 
milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari jozibador hisoblanib, jamg‘armalar hajmining ke-
skin o‘sib borishiga xizmat qilmoqda. Kelgusi yillarda ham milliy valyutadagi depozitlar bo‘yicha real ijobiy foiz 
stavkalarining ta’minlanishi hisobiga jamg‘armalarning bank tizimiga qaytish jarayonining davom etishi va de-
pozitlar dollarlashuvining pasayib borishi kutilmoqda. Bu, o‘z navbatida, pul-kredit siyosati foiz kanali ta’sirchan-
lik darajasining oshganligini ko‘rsatadi. Depozit bazasining o‘sib borishi bilan ular bo‘yicha foiz stavkalarining 
pul bozoridagi foiz stavkalariga yaqinlashishi va o‘xshash dinamikaga ega bo‘lishi kuzatiladi. Buning natijasida, 


285
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
foiz marjasi o‘zgarishsiz saqlanib qolgan holda kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari o‘zgarishida ham depozit foiz 
stavkalariga o‘xshash tendensiyaga ega bo‘ladi. Uzoq yillar davomida yig‘ilib kelgan kreditlarga bo‘lgan yuqori 
talab so‘nggi 4–5 yilda yuzaga chiqib, iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari hajmining keskin o‘sishida o‘z aksini topdi 
va so‘nggi ikki yilda biroz sekinlashgan bo‘lsada, chakana kreditlar bo‘yicha yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib 
qolmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, aholiga ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha nisbatan yuqori foiz stavkalarining 
shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.
A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
K. R. Makkonnell, S. Bryu va K. Eklund inflyatsiyani iqtisodiyotda baholarning o‘rtacha ko‘tarilishi sifati-
da 
[2]
. aytishsa. P. Xeyni yesa pulning sotib olish qobiliyatining pasayishi yoki qiymatining yo‘qolishi yekanligini 
ta’kidlaydi 
[3]
. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan, professor Sh. Abdullayeva inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyati-
ga: “Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy mohiyati –muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan 
ko‘p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi” deya ta’rif beradi 
[4]
.
L. Katao va M. Terronza 107 mamlakat bo‘yicha 1960 yildan 2001-yilgacha bo‘lgan davrda inflyatsiya va 
byudjet defitsiti o‘rtasidagi bog‘liqlik masalasini tadqiq qilganlar va bu borada mavjud bo‘lgan tendensiyalarni 
baholash imkonini beradigan muhim xulosalarni shakllantirganlar. Ana shunday xulosalardan biri, inflyatsiya 
darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining qisqarish sur’ati bilan inflyatsiya darajasi 
o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud, degan xulosa hisoblanadi. Ushbu xulosa aniq hisob-kitoblarga asoslan-
gan: inflyatsiyaning o‘rtacha yillik darajasi 50 foizga yaqin bo‘lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining 
YaIMdagi salmog‘ini 1 foizli punktga qisqarishi inflyatsiyaning 8,75 foizli punktga pasayishiga olib keladi. Bunda 
Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya o‘rtasidagi sezilarli statistik bog‘liqlik nafaqat yuqori inflyatsiya sharoitida, 
balki oqilona inflyatsiya sharoitida ham kuzatildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, rivojlangan sanoat mamlakat-
larida va inflyatsiya darajasi juda past bo‘lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya o‘rtasidagi 
sezilarli bog‘liqlik tadqiqot jarayonida kuzatilmagan. Bu esa, L. Katao va M. Terronzalarning fikriga ko‘ra, quy-
idagi omillar bilan izohlanadi:

hukumatga nisbatan ishonchning yuqori ekanligi;

markaziy banklar mustaqilligining institutsional jihatdan himoyalanganligi;

moliya tizimining rivojlanganligi 
[5]
.
G. Xess va Ch. Morrislarning fikriga ko‘ra, baholarning sezilarsiz darajadagi o‘sishi ham iqtisodiy o‘sishga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi 
[6]
. Ularning fikriga ko‘ra, baholarning unchalik sezilarli darajada bo‘lmagan o‘sishi ham 
inflyatsiya dinamikasidagi noaniqlikni kuchaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, tijorat banklari kreditlari foiz stavka-
sining o‘sishiga olib keladi. Chunki kreditlarning foiz stavkasi o‘zida nafaqat kutilayotgan inflyatsiyani, balki risk 
uchun qo‘shimcha ustamani ham aks ettiradi. Natijada, mamlakatdagi iqtisodiy faollikka va aholining turmush 
darajasiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir yuzaga keladi.
O‘tkazilgan tadqiqot metodologiyasi: 2021-yilda Markaziy bank operatsiyalarining foiz koridori ±2 foiz 
bandgacha kengaytirildi va joriy 14 foizlik asosiy stavka sharoitida overnayt REPO va SVOP operatsiyalari 
16 foizdan (asosiy stavka+ 2 foiz) va overnayt depozit operatsiyalari 12 foizdan (asosiy stavka – 2 foiz) amal-
ga oshirilmoqda. Foiz koridorining kengaytirilishi banklarning pul bozoridagi faolligining pastligi (qatnashuvchi 
banklar soni va kunlik amaliyotlar hajmining kamligi) va natijada banklar o‘rtasida umumiy likvidlikning qayta 
taqsimlanish samaradorligining yetarli darajada emasligi bilan izohlanadi. Xalqaro amaliyotda asosiy stavka 
darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan davlatlarda foiz koridorining kengroq bo‘lishi hamda inflyatsiya darajasining 
muvozanatlashishi va asosiy stavkaning pasayishi bilan foiz koridorining torayib borishi kuzatiladi. Kengroq 
foiz koridorining joriy etilishi esa, banklarning pul bozoridagi operatsiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish (4 foiz 
bandlik tafovut) va shu orqali pul bozorida faol ishtirok etishini ta’minlash hamda Markaziy bankning pul-kredit 
operatsiyalariga bo‘lgan talabini qisqartirishga qaratilgan.
1-jadval:
O‘zbekiston Respublikasida monetizatsiya darajasi, inflyatsiya va YaIMning o‘sish sur’ati 
[7]

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin