5. Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarning daromadlilik darajasini barqaror emasligi. Dissertatsion tadqiqotning ikkinchi bobida amalga oshirilgan tahlillar ko‘rsatdiki, TIF Milliy banki va Asak-
abank tomonidan sanoat korxonalariga berilgan kreditlarning darajasi 2017–2021-yillarda baqaror bo‘lmagan.
Bu esa, fikrimizcha, quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
●
tijorat banklarining sanoat korxonalariga berilgan kreditlarining o‘sish sur’ati bilan ushbu kreditlardan
olingan foizli daromadlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikning ta’minlanmaganligi;
●
kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalari darajasining nisbatan
yuqori ekanligi;
●
davlat dasturlari doirasida berilgan imtiyozli kreditlar miqdorining katta ekanligi.
Kredit mexanizmining zamonaviy holatini tavsiflovchi muhim jihatlardan biri bo‘lib, kreditlardan olingan
foizli daromadlarning tijorat banki foizli daromadlarining umumiy hajmidagi salmog‘i bilan kreditlarning tijorat
banki brutto aktivlari hajmidagi salmog‘i o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich-
ning muhimligi shundaki, birinchidan, kreditlar tijorat banklarining asosiy aktivlaridan biri hisoblanadi va shuning
uchun kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘i yuqoridir. Ikkinchidan, kreditlash tijorat bankining asosiy
faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi vp shu sababli, bank foizli daromadlarining umumiy hajmida kreditlar-
dan olingan foizli daromadlar sezilarli darajada yuqori salmoqni egallashi kerak.
E’tirof etish joizki, xalqaro bank amaliyotida kreditlardan oligan foizli daromadlarning bank foizli daromadla-
rining umumiy hajmidagi salmog‘i ko‘rsatkichi va kreditlarning tijorat banki brutto aktivlarining umumiy hajmidagi
salmog‘i ko‘rsatkichlarining umume’tirof etilgan me’yoriy darajasi mavjud emas.
Iqtisodiy konyunkturaning yomonlashishini muammoli kreditlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi ishlab
chiqarilgan tovarlarni sotilmay qolishida namoyon bo‘ladi. Tovarlarni sotilmasligi natijasida tovarlarni ishlab
chiqaruvchi kompaniyalar banklardan olgan kreditlarini qayta olmaydi. Bundan tashqari, tovarlarni ommaviy
sotilmasligi natijasida kompaniyalar o‘rtasida debitor qarzdorlik miqdori ko‘payadi. Buning natijasida kompani-
yalarda pul oqimi zaiflashib, pirovard natijada, bank tizimida muddati o‘tgan kreditlar hajmi oshadi.