T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
290
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
1-rasmda keltirilgan ma’lumotlar ko‘rsatadiki, Asakabankda 1 so‘mlik kreditning daromadlilik darajasi
2021-yilda 2017-yilga nisbatan yuqori sur’atda pasaygan. Bu esa, bankning kredit portfelini boshqarishni tako-
millashtirish nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi.
1-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2019–2021-yillarda Asakabankda kreditlardan ko‘riladigan zararlarni
qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining darajasi uning me’yoriy darajasidan yuqori bo‘lgan. Bu esa,
bankning kredit portfelini sifatini ta’minlash nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.
1-rasmda keltirilgan ma’lumotlar ko‘rsatadiki, Asakabankda 2019 va 2020-yillarda kreditlardan ko‘riladigan
zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan. Bu esa,
ushbu yillar-
da tasniflangan kreditlar tarkibining yomonlashganligi bilan izohlanadi.
Kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining darajasini oshishi tijorat
banklarining sof foydasi miqdorining kamayishiga olib keladi. Bu esa, o‘z
navbatida, bankning moliyaviy barqa-
rorligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.
Tasniflangan kreditlar tarkibining yomonlashishida kreditlarning ta’minoti tarkibi muhim o‘rin tutadi.
Tahlillar ko‘rsatdiki, 2017–2021-yillarda Asakabank kreditlarining ta’minoti tarkibida O‘zbekiston Hukuma-
tining kafolatlari, qo‘zg‘almas mulk, uchinchi shaxslarning kafilligi hamda asbob-uskunalar va transport vosita-
lari nisbatan yuqori salmoqni egallagan. Mazkur davrda Asakabank kreditlarining ta’minoti
tarkibida aksiyalar,
sug‘urta polisi va boshqa ta’minot turlari nisbatan kichik salmoqni egallagan.
Dostları ilə paylaş: