T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
312
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
Respublika bo‘yicha 2022-yilning-yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 319 288,2 mlrd.
so‘mni tashkil etib, 2021-yilning-yanvar-dekabr oylariga nisbatan 112,3 % ga oshdi. Shu jumladan, yirik korxo-
nalarning tovar aylanmasi 65 714,8 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 130,7 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlarining tovar aylanmasi 253 573,4 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 108,4 %), tashkil qilgan bo‘lsa, ulgurji sa-
vdo tovar aylanmasi 247 076,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 26,8 % ga o‘sdi
[2]
.
O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni tubdan isloh qilish jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ustuvor
vazifalaridan biri savdo xizmatlarini ko‘rsatish korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, sifatli tovarlarni
iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish va sotishda zamonaviy savdo xizmatlarini tashkil qilish hamda ush-
bu xizmat imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha
ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2022-yil yakuni bo‘yicha 357,6 trln so‘mni tashkil etib, xizmatlar tarkibida eng
katta ulush savdo xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va 88,9 trln. (24,9 %) ni tashkil etmoqda.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Respublikamizda mustaqillik yillarida savdo sohasi muammolariga B. Abdukarimov, A. Soliyev, E. S. Fayzi-
yev, F. B. Abdukarimov, O. M. Pardayevlar ilmiy izlanishlarini keltirish mumkin. B. Abdukarimov “savdo xizmati”
tushunchasiga keng ma’noda, “savdo – xizmatning alohida turi bo‘lib u bir tomondan ishlab chiqaruvchilarga
xizmat qiladi, ikkinchi tomondan iste’molchilarga, uchinchi tomondan davlatga xizmat qiladi va to‘rtinchidan
u boshqa iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga ham xizmat ko‘rsatadi, ularni xizmatlaridan iste’molchi sifatida
foydalanadi va ular bilan aloqada bo‘ladi”
[1]
deb ta’kidlagan. A. Soliyev “Savdo xizmati sifatini oshirish xaridor-
larga maslahat berish, tovarlarning namunalarini harakatda ko‘rsatish, reklama va axborotning turli
shakllarini
rivojlantirish yo‘li bilan tovar tanlab olishda xaridorlarga yordam berishni ham taqozo etadi”
[2]
deb ta’rif bergan.
E. S. Fayziyevning ta’kidlashicha, “savdo xizmati – sotuvchi va xaridorning o‘zaro harakati natijasi va sotuvchi-
ning xaridorlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatidir”
[3]
. F. B. Abdukarimov savdoning asosiy vazifalari-
dan biri iste’molchilarga xizmat qilish va aholi hayotini ta’minlaydigan alohida xizmat sohasi
[4]
deb ta’kidlagan.
O. M. Pardayev “Mahsulotlarni sotish xizmati deganda, mahsulot (tovar) ning bir shaxsdan ikkinchi shaxsga pul
yoki boshqa shunga tenglashtirilgan boylikka almashtirish evaziga mulk egasining (mulkka egalik huquqining)
o‘zgarishini ta’minlash jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar bilan bog‘liq munosabatlar tushuniladi”
[5]
deb ta’rif
bergan.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Ilmiy maqolani tayyorlash jarayonida ma’lumotlarni jadvallar asosida tahlil qilish, ma’lumotlarni guruhlash,
abstrakt-mantiqiy fikrlash tizimli tahlil asosida statistik guruhlash hamda ekspert baholash usullaridan unumli
foydalanildi.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Bugungi kunda xizmat sohalarida tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini yuksaltiribgina qol-
masdan, aholi farovonligini ta‘minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi
daromadlarining mazmuni va
tarkibi bozor munosabatlari sharoitida tubdan o‘zgardi. Chunki, oldin daromadi asosan mehnat daromadidan
tarkib topgan bo‘lsa, endilikda bu manba yetarli bo‘lmasdan qoldi. Shu tufayli, har bir oila endilikda tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanishini hayotning o‘zi taqozo etadi.
Xizmatlar sohasi mamlakat iqtisodiy o‘sishi, arzon ish o‘rinlari yaratish, bandlikni ta’minlash va kambag‘alli-
kni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro mehnat tashkiloti hisob-kitobiga ko‘ra, xizmatlar sohasi-
ning 1 foizga o‘sishi kambag‘allikni o‘rtacha 1,5 foizga qisqartiradi.
Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarining rivoji mahsulotlarni
yetkazib berish (transport sohasi), kommunal infrastrukturalar (suv, gaz, elektr, kanalizatsiya), ishlab chiqar-
ishni moliyalash (banklar), mahsulotlar bozorini kengaytirish (axborot, kommunikatsiya xizmatlari) va boshqa
muhim xizmatlarga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, mamlakatda mehnat unumdorligini va inson kapitalini oshi-
rish (ta’lim, sog‘liqni saqlash), xalqaro savdoni kengaytirish imkoniyatlari ham xizmatlar sohasining rivojini talab
qiladi.
Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 38 foizi va umumiy korxonalarning 60 foizi xizmatlar sohasiga
to‘g‘ri keladi. Respublikada jami band aholining 50 foizdan ortig‘i xizmatlar sohasining ulgurji va chakana savdo
(10,6 foiz), ta’lim (8,4 foiz), transport (4,8 foiz), davlat boshqaruvi (4,7 foiz), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat-
lar (4,6 foiz) sohalarida faoliyat yuritib kelmoqda.
313
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Solishtirish uchun Rossiya (56 foiz), Qozog‘iston (56 foiz), Belarus (50 foiz) va Janubiy Koreyada (57 foiz)
xizmatlar sohasida mamlakat yalpi daromadining yarmidan ko‘pi
yaratiladi
[3]
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ–104-sonli “Xizmatlar sohasini rivo-
jlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini
rivojlantirishda katta imkoniyatlarni ochib berdi. Jumladan:
a) har bir tuman va shaharlarda:
●
budjet mablag‘lari hisobiga 2021–2022-yillarda shaharsozlik loyihalari asosida mukammal ta’mirlangan,
tashqi yoritish, sug‘orish va drenaj tizimlari modernizatsiya qilingan, piyoda va velosiped yo‘laklari quril-
gan hamda aholi gavjum bo‘lgan ko‘chalarni savdo, xizmat ko‘rsatish, sayilgoh va ko‘ngilochar ko‘chalar-
ga aylantirish;
b) Toshkent, Nukus shaharlari, viloyatlar markazlari hamda boshqa shaharlarda ko‘pi bilan har 3–5 ta
mahalla uchun aholi gavjum bo‘lgan ko‘chani obodonlashtirib, piyodalar yo‘lakchalarini kengaytirish va
ularni yoritish orqali mahallalararo savdo-xizmat ko‘chasini tashkil etish;
d) aholisi 300 mingdan kam bo‘lgan tumanlarda:
●
sanoat va xizmatlar sohasi yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotgan tumanlarda – savdo, mehmonxona,
ovqatlanish va logistika xizmatlarini, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar maskanlarni
tashkil
etishga ustuvorlik berish;
●
tog‘li, tog‘oldi, rekreatsion turizm salohiyati yuqori tumanlarda – avtomobil yo‘llari, elektr energiyasi va
ichimlik suvi ta’minoti hamda boshqa infratuzilmani yaxshilash va tayyor loyihalar asosida turizm xizmat-
larini rivojlantirish;
●
chegara hududlarda joylashgan hamda hududidan xalqaro avtomagistral va temir yo‘llar o‘tgan tumanlar-
ni – savdo, turizm, logistika hamda yo‘l bo‘yi xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashtirish;
●
qishloq xo‘jaligi ulushi yuqori bo‘lgan tumanlarda – zamonaviy agroxizmatlarni rivojlantirish;
e) o‘rta va yirik shaharlar hamda aholisi 300 mingdan ko‘p bo‘lgan tumanlarda – zamonaviy bozor xizmat-
lari, ta’lim, tibbiyot, san’at, turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish hamda transport xizmatlarini
rivojlantirish;
f) Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida – yuqori
daromadli xizmatlarni, ayniqsa, yirik savdo
va ko‘ngilochar xizmat ko‘rsatish obyektlarini ko‘paytirish, ta’lim va tibbiyot muassasalari joylashgan
hududlarda ixtisoslashgan klasterlar tashkil etish belgilab berildi.
2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joy-
lashtirish) xizmatlari, avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish, transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik
xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlarini ko‘rsatu-
vchi hamda ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavka-
sini 1 foiz etib belgilandi. Bunda:
mazkur soliq imtiyozi tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning yuqorida ko‘rsatilgan faoliyat turlari-
ni amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida
60
foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.
Tadbirkorlik subyektlariga 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar mehmonxona (joy-
lashtirish vositalari) va-maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari (shu jumladan, ular
egallagan yer uchastkalari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulk-
iga solinadigan soliq stavkalarini 90 foizga kamaytiriladi. Bunda, 2027-yil 1-yanvargacha yangidan quriladigan
obyektlarga (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkasiga) nisbatan mazkur imtiyozni ular foydalanishga
topshirilgan oydan boshlab 5 yil muddat davomida qo‘llaniladi
[4]
.
Qaror bilan foyda solig‘ini hisoblashda binolarning qiymatini ikki yil davomida amortizatsiya xarajatlari sifa-
tida chegirish huquqi berildi.