4.2.2-rasm. Tovar raqobatbardoshligini baholash Tovar raqobatbardoshligini baholash tahlil qilinayotgan tovarni ideal tovarga
yoki analog tovarga o‘zaro taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Shu boisdan ham
baholashning holisligini ta‘minlash uchun iste‘molchi nuqtai nazaridan muhim
bo‘lgan mezonlarni tanlab olish zarurdir.
Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkiloti (ISO) tarifiga ko‘ra sifat
belgilangan va faraz qilingan ehtiyojlarni qondira olish bilan bog‘liq xususiyatlar
majmuidir.
Tovarning sifati
uning belgilangan texnik parametrlarga mosligidir. Sifat
organoleptik usullar (pri pomoщi organov chuvstv), yoki laboratoriya
tadqiqotlarida maxsus asboblar, apparatlar, reaktiv va boshqa texnik vositalar
orqali aniqlanadi.
Tovarning iste‘molchilar uchun ahamiyatsiz bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlari
raqobatbardoshlikni baholashda e‘tiborga olinmaydi.
Mahsulotning sifati uning xususiyatlarini o‘lchashga xizmat qiluvchi miqdor
ko‘rsatkichlarida baholanadi. Zamonaviy fan va amaliyot mahsulotlar sifatini
baholashning miqdoriy ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqqan bo‘lib, bir vaqtning
o‘zida ular sifat ko‘rsatkichii hamdir. Ayrim tovarlarning raqobatbardoshligini
baholashda ularning sifat ko‘rsatkichlariga mos keluvchi quyidagi guruhlar
bo‘yicha amalga oshirilishi ham mumkin:
tovarning taalluqlilik ko‘rsatkichlari;
ishonchlilik ko‘rsatkichlari;
Bozorni o’rganish (bozorning ixtisoslashuvi, geografik joylashuvi, sig‘imi va
boshqalar)
Raqiblarni o’rganish (asosiy raqiblar, raqobatchi tovarlar, raqobatchi
tovarlarning iste‘mol xossalari, o‘rami, sotish shakllari va usullari, raqiblarning
reklama faoliyati va boshqalar)
Tovarni raqobatbardoshligini baholash bo’yicha parametrlarini baholash (texnik, iqtisodiy, funktsional, ergonomik parametrlar)