63
xizmatlarni sotib olishga sarflagan xarajatlarini e‘tiborga olgan holda berilgan
iste‘mol xususiyatidir
32
.
Ye.V. Popovaning fikricha xizmatlar raqobatbardoshligi – bu xizmatlar
bozorida ma‘lum bir davr mobaynida xizmatlarining sotilish imkoniyatidir. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy maqsadi moliyaviy farovonligini
oshirish uchun o‘z xizmatlarining raqobatbardoshligini ta‘minlashdir
33
.
N.D. Eriashvili ta‘rificha raqobatbardoshlik – xizmatning bozordagi mavjud
analog xizmatlardan ustunlik jihatlaridir. Mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligi
– iste‘molchining real harid qilishga jalb etuvchanlik darajasidir. Shu bilan
birgalikda N.D. Eriashvili N.D. raqobatbardoshlik raqobat sharoitida vujudga
keladi, ya‘ni bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustaqil iste‘molchilar uchun
o‘z xizmatlarini mustaqil ravishda taklif etishadi deb tushuntiradi
34.
Korxona raqobatbardoshligi bilan mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligi
tushunchalarini
bir-birdan
farqlash
lozim.
Mahsulot
va
xizmatlar
raqobatbardoshligi xayotiylik ko‘rsatkichlarining umumlashgan ko‘rsatkichi
bo‘lib, moliyaviy, ishlab chiqarish va mehnat zaxiralaridan yuqori samarada
foydalana olish darajasi bilan ifodalanadi.
Bugungi kunga kelib, mahsulot va xizmatlarning kompaniyalar, banklar va
boshqa xizmatlar bozori ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlik loyixalariga
ixtisoslashayotganligini kuzatishimiz mumkin. Agarda ilgari kompaniyalari
o‘rtasida ko‘proq bu jarayonlari kuzatilgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘zaro
hamkorlar tarmog‘i orqali mahsulotlarning boshqa muassasalariga distribusiyasi,
hamkorligi kuchayib bormoqda. Barcha faol korxonalar tarmoqda hamkorlarining
mahsulot va xizmatlarini realizasiya qilish bilan qatnashsalarda, o‘zi bilan birga
asosiy faoliyat turi bo‘yicha xizmatlarni ham taklif qilishmoqda. Bundan kelib
chiqadiki, raqobat tushunchasi mahsulot va xizmatlar bozorida boshqa bozor
qatnashchilarini sig‘dirmaslikka harakat qilishini anglatadi. Bundan shuni
anglashimiz mumkinki, ilgari korxonalar o‘rtasida raqobat sohasiga taalluqli
bo‘lmagan muassasalar (sug‘urta kompaniyalari, moliyaviy brokerlar, pensiya,
investisiya fondlari va kompaniyalari) va tashkilotlar (pochta, savdo uylari,
avtomobil sanoati va boshq.) bilan chegaralangan bo‘lsa, bugungi kunda esa bu
tushuncha o‘zaro hamkorliklar bilan tushuntiriladi. Korxonalar o‘zaro hamkorlikni
kengaytirishmoqchi bo‘lsalar o‘zlarining raqobatbardoshliklarini ta‘minlashlari
kifoya bo‘ladi. Quyidagi jadvalda raqobatbardoshlikning ayrim tariflari keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: