62
4-BOB: RAQOBATBARDOSHLIK VA UNING NAMOYON BO’LISH
SHAKLLARI
4.1. Raqobatbardoshlik tushunchasi va uning namoyon bo’lish shakllari
4.2. Tovar raqobatbardoshligi va uni baholash
4.3. Tarmoq raqobatbardoshligi va uni baholash
4.1. Raqobatbardoshlik tushunchasi va uning namoyon bo’lish shakllari
Raqobatning mohiyati mahsulot va xizmatlarning bozordagi xususiyati-
mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligida namoyon bo‘ladi.
Raqobatbardoshlik tushunchasini quyidagi tarzda ifodalashimiz mumkin:
raqobatbardoshlik iqtisodiy kategoriya bo‘lib, iqtisodiy faoliyatning loyihalash,
ishlab chiqariy, taqsimot va iste‘mol jihatlarini vaziyatli yondashuvini ifodalaydi.
Raqobatbardoshlik iqtisodiy tizimning barcha elementlari uchun xos bo‘lsada,
bozorni taqsimlash jarayonida paydo bo‘ladi.
Raqobatbardoshlikning
ma‘lum
tariflarini
tahlil
qilar
ekanmiz,
raqobatbardoshlikning mohiyatini ochib beruvchi quyidagi xususiyatlarni ochishga
olib keldi:
- xizmatlar raqobatbardoshligi – uning iste‘molchi
uchun jalb eta olish
qobiliyatining o‘lchovidir;
- xizmatlarning jozibadorligi turli darajadagi talablarning qondirilish darajasi
bilan ifodalanadi;
- taklif etilayotgan talablarning tarkibi, ularning ustunligi xizmatlarning
turiga, tipiga va iste‘molchilariga bog‘liq;
- raqobatbardoshlik iqtisodiy kategoriya sifatida aynan bir bozorni va aynan
analog xizmatni ko‘rib chiqishni talab etadi;
- raqobatbardoshlik dinamik xususiyatga ega, ya‘ni raqobatbardoshlik
muayyan vaqt oralig‘ida, bozor konyunkturasining o‘zgarishini e‘tiborga
olgan
holda ko‘rib chiqishni talab etadi;
- raqobatbardoshlik tahlil qilinayotgan xizmatlarning hayotiylik davrining
qaysi bosqichida ekanligiga bog‘liq;
Strategik marketing nuqtai-nazaridan – xizmatlarning raqobatbardoshligini
bozordagi mavjud analog xizmatning aynan bir talabini qondirish darajasi bilan
taqqoslanishidir.
A.S.Zavyalov fikricha raqobatbardoshlik – bozorga va xizmatlarni sotish
davriga chambarchas bog‘liq tushunchadir. Chunki mahsulot va xizmatlarning har
bir iste‘molchisi o‘z iste‘molining qondirilishi darajasiga o‘z
bahosini belgilaydi
va bu bilan mahsulot va xizmatlarning yanada individual xususiyat kasb etishini
ta‘minlaydi
31
.
N.A.Kolesnikovning fikricha, mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligi –
raqobatchi xizmat turiga nisbatan aynan bir iste‘molchilar jamiyatining ushbu
31
Завьялов П.С., Демидов В.Е. Формула успеха: маркетинг.-М.: "Международные отношения",1991. – с. 250
63
xizmatlarni sotib olishga sarflagan xarajatlarini e‘tiborga olgan holda berilgan
iste‘mol xususiyatidir
32
.
Ye.V. Popovaning fikricha xizmatlar raqobatbardoshligi –
bu xizmatlar
bozorida ma‘lum bir davr mobaynida xizmatlarining sotilish imkoniyatidir. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy maqsadi moliyaviy farovonligini
oshirish uchun o‘z xizmatlarining raqobatbardoshligini ta‘minlashdir
33
.
N.D. Eriashvili ta‘rificha raqobatbardoshlik – xizmatning bozordagi mavjud
analog xizmatlardan ustunlik jihatlaridir. Mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligi
– iste‘molchining real harid qilishga jalb etuvchanlik darajasidir. Shu bilan
birgalikda N.D. Eriashvili N.D. raqobatbardoshlik raqobat sharoitida vujudga
keladi, ya‘ni bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustaqil iste‘molchilar uchun
o‘z xizmatlarini mustaqil ravishda taklif etishadi deb tushuntiradi
34.
Korxona raqobatbardoshligi bilan mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligi
tushunchalarini
bir-birdan
farqlash
lozim.
Mahsulot
va
xizmatlar
raqobatbardoshligi xayotiylik ko‘rsatkichlarining umumlashgan ko‘rsatkichi
bo‘lib,
moliyaviy, ishlab chiqarish va mehnat zaxiralaridan yuqori samarada
foydalana olish darajasi bilan ifodalanadi.
Bugungi kunga kelib, mahsulot va xizmatlarning kompaniyalar, banklar va
boshqa xizmatlar bozori ishtirokchilari o‘rtasida
hamkorlik loyixalariga
ixtisoslashayotganligini kuzatishimiz mumkin. Agarda ilgari kompaniyalari
o‘rtasida ko‘proq bu jarayonlari kuzatilgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘zaro
hamkorlar tarmog‘i orqali mahsulotlarning boshqa muassasalariga distribusiyasi,
hamkorligi kuchayib bormoqda. Barcha faol korxonalar tarmoqda hamkorlarining
mahsulot va xizmatlarini realizasiya qilish bilan qatnashsalarda, o‘zi
bilan birga
asosiy faoliyat turi bo‘yicha xizmatlarni ham taklif qilishmoqda. Bundan kelib
chiqadiki, raqobat tushunchasi mahsulot va xizmatlar bozorida boshqa bozor
qatnashchilarini sig‘dirmaslikka harakat qilishini anglatadi. Bundan shuni
anglashimiz mumkinki, ilgari korxonalar o‘rtasida
raqobat sohasiga taalluqli
bo‘lmagan muassasalar (sug‘urta kompaniyalari, moliyaviy brokerlar, pensiya,
investisiya fondlari va kompaniyalari) va tashkilotlar (pochta, savdo uylari,
avtomobil sanoati va boshq.) bilan chegaralangan bo‘lsa, bugungi kunda esa bu
tushuncha o‘zaro hamkorliklar bilan tushuntiriladi. Korxonalar o‘zaro hamkorlikni
kengaytirishmoqchi bo‘lsalar o‘zlarining raqobatbardoshliklarini ta‘minlashlari
kifoya bo‘ladi. Quyidagi jadvalda raqobatbardoshlikning ayrim tariflari keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: