O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 M.Porterning raqobatchi kuchlar nazariyasi (Porter’s five forces



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/160
tarix16.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144150
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

3.2. M.Porterning raqobatchi kuchlar nazariyasi (Porter’s five forces 
analysis) 
M.Porterning raqobat konsepsiyasiga ko‘ra bozorda firmaning foyda 
darajasini belgilab beruvchi beshta harakatlantiruvchi kuch mavjuddir. Modeldagi 
har bir kuch tovar raqobatbardoshligining muayyan darajasini o‘zida namoyon 


55 
qiladi. Bular quyidagilar: 
– yangi raqiblarning kirib kelishi; 
– bozorda xaridorlarning hukmronligi; 
– bozorda ta‘minotchilarning hukmronligi; 
– o‘rinbosar tovarlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar; 
– tarmoqdagi raqobat yoki raqobat kurashining saviyasi (darajasi). 
Maykl Porter bozorning bu elementlari raqobatni harakatga keltiruvchi kuch 
deb hisoblaydi. Shu bois ushbu model Porterning besh raqobatchi kuch modeli deb 
nom olgan. 
Raqobatning hamma besh turi birlashib, sohadagi raqobat jadalligi va 
serdaromadliligini belgilaydi. Bunda strategiyani shakllantirish nuqtai nazaridan 
hal qiluvchi omillar yanada mustahkam kuchga ega bo‘ladi. Masalan, sohada 
mustahkam o‘ringa ega bo‘lgan kompaniya, sohaga yangi raqobatchilarning kirib 
kelishi xavfi bo‘lmagan taqdirda ham, agar arzon substitutlar bilan ro‘baro‘ kelib 
qolsa, kam daromad ko‘raveradi.
Substitutlar yo‘q bo‘lgan yoki sohaga qo‘shimcha ishtirokchilar kirishining 
oldi olingan bo‘lsa ham amaldagi raqib kompaniyalar o‘rtasidagi raqobatchilik 
ham kutilayotgan daromadni pasaytirib yuboradi. Intensiv raqobatning ekstremal 
holati sifatida iqtisodchi olimlar tomonidan yaratilgan raqobat modeliga qarash 
mumkin. Unda sohaga kirishga to‘sqinlik qiluvchi omillarning yo‘qligi, amaldagi 
kompaniyalarning xaridor va yetkazib beruvchilarga nisbatan bozorga oid 
ustunlikka ega emasligi, raqobatga halaqit beruvchi jihatlarning mavjud emasligi 
ko‘rsatilgan. 
Tarmoqning raqobat tahlili raqobat kuchlarining izchilligi va namoyon 
bo‘lish xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. bunday tarmoqni vujudga keltirish 
yoki izlab topish firmalar uchun raqobatning salbiy ta‘siridan holos bo‘lishga 
yordam beradi. 


56 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin