O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/160
tarix16.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144150
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

A
 


49 
ishlab chiqarish kvotasi bilan ham cheklangan. Bu esa ularning foydaning 
taqsimlanishida murakkab vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Masalan, firmaning 
xarajatlari yuqori bo‘lsa va shu bilan birgalikda ishlab chiqarish hajmi ham 
cheklangan bo‘lsa, u xarajatlarni kamaytirish uchun ishlab chiqarish xajmini 
kamaytirishi, yoki kartelni tark etishi lozim. 
Tarmoqqa kirishdagi to’siqlar modeli.
 
Tarmoqqa kirishdagi to‘siqlar 
firmalarning hyech qanday xatarsiz yuqori foyda olishini ta‘minlashga xizmat 
qiladigan har qanday shart-sharoitlar tushuniladi. Ayrim hollarda tarmoqqa 
kirishdagi to‘siqlar davlat tomonidan o‘rnatiladi. Buning yaqqol dalili lisenziyalar, 
patent, faoliyat olib borishga beriladigan ruxsatnoma bo‘lishi mumkin. Biroq 
aksariyat hollarda tarmoqqa kirishdagi to‘siqlar undagi firmalar tomonidan 
o‘rnatiladi. Bozorga kirishdagi asosiy to‘siqlar quyidagilar bo‘lishi mumkin: 
Xarajatlar bo’yicha mutloq ustunlik.
Tarmoqda mustahkam o‘rnashib olgan 
firmalar boshqa firmalarning o‘rtacha xarajatlaridan past bo‘lgan narxni belgilashi 
mumkin. Bu tarmoqqa boshqa firmalarning kirib kelishini mutloq cheklashga 
xizmat qiladi.
Ijobiy miqyos samarasi.
Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarning 
eng kam miqdoriga ishlab chiqarish hajmini eng ko‘p darajaga yetkazish orqali 
erishish mumkin. Tarmoqqa kirib kelgan yangi firmalar bozorning kichik ulushini 
band qiladi, ammo bu ulush bilan yuqori foyda olish imkoniyati deyarli mavjud 
emas. 
Mahsulot differensiasiyasi.
Kuchli narx bo‘yicha raqobalashuv firmalarning 
o‘z mahsuloti turlarini ko‘paytirish ko‘paytirishga harakat qiladi. Shu bois yangi 
firmalar bozorning to‘liq bo‘lmagan nishalarini axtarib topishga harakat qiladi.
Kapitalga bo’lgan ehtiyoj
tarmoqqa kirishda firmalar moliyalashtirish 
manbalariga ehtiyoj sezishi bilan izohlanadi. Banklar ham yangi, notanish 
firmalarga kredit ajratishga moyilligi kam. 
Beyn modeli
firmalarning uzoq muddatli davrda tarmoqdagi yetakchi 
firmaning yangi firmalarga taqqoslaganda diskont ko‘rinishda foyda olishini 
tavsiflaydi.
 
Bunda yetakchi firmaning foydasi bugungi mablag‘larning kelgusi 
mablag‘larga diskont bog‘liqligi, xo‘jalik riskining darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Tarmoqqa raqiblar kirib kelish ehtimoli yuqori bo‘lsada, firma uchun bugungi 
kunda olingan foyda muhimroq
Modilyani modeli
xarajatlar bo‘yicha ustunlik va miqyos samarasiga 
asoslangan bo‘lib, kam miqdorda ishlab chiqarish naf keltirmaydigan va doimiy 
xarajatlar yuqori bo‘lganga tarmoqni tavsiflaydi. Ushbu model yangi firmalarning 
tarmoqqa juda sekinlik bilan kirib kelishini izohlovchi model hamdir. E‘tibor 
beradigan bo‘lsak, tarmoqdagi yetakchi firma yangi firma to‘g‘risida ma‘lumotga 
ega bo‘lishi bilan kirishga to‘sqinlik qiluvchi yuqori narxni belgilaydi. Agarda 
firma tarmoqqa bir zumda yoki qisqa muddat ichida kirib olganda edi, yetakchi 
firma unga hyech qanday to‘siq qo‘ya olmas, ular o‘zaro o‘rin almashinishi ham 
mumkin bo‘lar edi. Ammo bu ham yakuniy natijani o‘zgartirmaydi. Tarmoqdagi 
ishlab chiqaruvchilar soni o‘zgarmasdan qoladi.
Djelman – Selop modeli
tarmoqdagi yetakchi firma yangi firmaning kirib 
kelishiga to‘sqinlik qilmaydi. Sababi yangi firma K
2
– kichik ishlab chiqarish 


50 
hajmi va 
p
2
– 
past narx bilan tarmoqqa kirmoqchi. Bunda yetakchi firma yangi 
firma uchun naf keltirmaydigan 
p
1
=p
2

narxni belgilaydi, yoki qolgan talabni 
maksimal qondirish orqali o‘z foydasini maksimallashtiradi. 
Spens modeli
oligopoliyaning Kurno va Shtakelberg modellarida ilgari 
surilgan g‘oyalarga asoslanadi. Spens modelini ishlab chiqarish quvvatini tejash 
modeli deyishimiz mumkin. Ushbu modelga ko‘ra firmalarning mustahkam 
o‘rnaishb olishi ularning uzoq muddatli davrda kapital jamg‘arish imkoniyatini 
yaratib beradi. Shu bois yangi firmalar tarmoqqa yangi texnologiyalarni olib 
kelishi, yetakchi firmaga narxning pasaytirilishi mumkinligi haqida xabar bo‘lib 
qabul qilinadi. Shuning uchun yetakchi firma muntazam ravishda ishlab chiqarish 
xajmini pasaytirishi yoki tarmoqda butunlay bo‘lmasligi ham mumkin. 
Milgrom – Roberts modeli
 
axborot assimetriyasiga asoslangan bo‘lib, unga 
ko‘ra yetakchi firma ulkan ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lganligi bois 
mahsulotlarga past narx belgilaydi. Bu bilan yetakchi firmaning xarajatlar bo‘yicha 
ustunligi, yangi firmalarning tarmoqqa kirishi kam foyda keltirishi to‘g‘risida 
axborot berishga harakat qiladi. 
Yetakchi firmaning narx bo’yicha talonchilik siyosati
 
Yetakchi firma 
tarmoqqa kirishga to‘siqnlik qilish va o‘z mavvqyeini mustahkamlash uchun narx 
siyosatini olib boradi. Bunga erishish uchun u qisqa muddatli davrda o‘z 
foydasining ma‘lum qismidan voz kechishi mumkin. Monopol hukmronlikning 
kuchayib borishi bilan firma o‘rtacha xarajatlardan past bo‘lgan narxni belgilaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin