O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Tovar raqobatbardoshligi va uni baholash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/160
tarix16.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144150
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

4.2. Tovar raqobatbardoshligi va uni baholash 
Mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligi –
bu mahsulot va xizmatlarning 
miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining dinamik ko‘rsatkichi bo‘lib, ular birinchidan 
xizmatlar sifati va narxga nisbatan iste‘molchiga (xaridorga) qulayligi, unga 
ketadigan xarajatning samaradorligi va shu tovardan oladigan foydaning ko‘pligini 
ta‘minlovchi aynan bir mijozning talabini qondirish darajasi, ikkinchidan esa 
boshqa o‘xshash mahsulot va xizmatlardan keng ko‘lamliligi, xarajatlardan 
maqsadli muvofiq foydalanib, ko‘proq foyda olishda raqobat qobiliyatining 
namoyon bo‘lishini tavsiflovchi farqli jihatlaridir. Bizning tarifimizdan shu narsa 
kelib chiqadiki, mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshigi mijozlar tomonidan 
o‘xshash mahsulot va xizmatlarga taqqoslanishi natijasida yuzaga keladigan 
iste‘mol xususiyati va afzallik jihatlaridir. Ushbu jadvalga ko‘ra quyidagi xulosaga 
kelishimiz mumkin: mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligi uning bozorni 


65 
kengaytirish, kichraytirish, ma‘lum bir ulushini saqlab qolish uchun kurashidir 
(4.2.1-rasm).
4.2.1- rasm. Raqobatbardoshlik ko’pburchagi 
Mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligi tahliliy ko‘rsatkich bo‘lib 
quyidagi uch elementni o‘z ichiga oladi: texnik, iqtisodiy va ijtimoiy-tashkiliy. 
Texnik parametrlar – mahsulot va xizmatlarning texnik qurilish tavsifini 
ifodalaydi. Bunga standartlar, me‘yorlar, qonunchilik aktlari, va qoidalar kiradi. 
Shu bilan birga texnik parametrlarga mijozlar uchun xizmatlarning ergonomik 
xususiyati ham kiradi. 
Iqtisodiy parametrlarga – ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarflangan xarajatlar 
miqdorini o‘zida aks ettiradi. Mijozlar mahsulot va xizmatlarni harid qilish 
chog‘ida emas, balki ularning iste‘moli jarayonida ham mablag‘ sarflashadi.
Tashkiliy-ijtimoiy parametrlar – iste‘molchilarning ijtimoiy tuzilmasi, milliy 
xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. 
Tovar raqobatbardoshligi 

 bu: 

erkin 
raqobatli 
bozor 
sharoitlarida 
muayyan 
vaqt 
oralig‘ida 
iste‘molchilarning u yoki bu ehtiyojini qondirish xususiyati; 

mahsulotlarning iste‘molchilar yoki bozor talablaridan kelib chiqqan holda 
sifat va narx uyg‘unligi asosida iste‘molchilarni jalb eta olish qobiliyati; 

tovarning raqib tovarga nisbatan iste‘molni qondira olish darajasi yoki uni 
qondirishi mumkin bo‘lgan xarajatlar bo‘yicha nisbiy ko‘rsatkichlari; 

mahsulotlarning bozordagi o‘xshash mahsulotlarning iqtisodiy-texnik, 
ekspluatasion parametrlariga ko‘ra raqobatlasha olish ko‘rsatkichlari; 
RAQOBAT-
BARDOSHLIK 
SIFAT 
NARX 
MOLIYA 
XIZMAT 
KO"RSATISH 
BOZORDAGI 
ULUSHI 
XIZMAT 


66 

bozor munosabalari sharoitida mahsulotlarning u yoki bu bozordagi sifat 
darajasini belgilab beruvchi kompleks ko‘rsatkichlarini namoyon qila olish 
qobiliyati; 

mahsulotning sifat va narx omillari bo‘yicha o‘xshash mahsulotga nisbatan 
iste‘mol xossaslari; 
Tovarlarning raqobatbardoshligi raqobatchi tovarlarga nisbatan iste‘molchilar 
talabini eng yuqori darajada qondira olish qobiliyati hamdir. 
Tovar raqobatbardoshligini baholash
 

tahlil qilinayotgan tovarning 
raqobatchi tovarga taqqoslanishiga imkon beruvchi ko‘rsatkich va mezonlarni 
aniqlash va tanlash bo‘yicha tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 
Baholash maqsadidan kelib chiqqan holda tovar raqobatbardoshligining 
haqiqiy va prognoz raqobatbardoshligi tahlil qilinishi mumkin. 
Tovarning prognoz qilinayotgan raqobatbardoshligi

bu tovarning 
kutilayotgan davrdagi iste‘molni qondira olish qobiliyati bo‘lib, me‘yoriy 
ko‘rsatkichlar, texnik shartlar bo‘yicha raqobatbardoshligidir. Bu ko‘pinchi 
monopol tovarlarga nisbatan aniqlanadi. 
Tovarning haqiqiy raqobatbardoshligi
 

bu tovarlarning haqiqatda iste‘molni 
qondira olish qobiliyati. Tovarlarning haqiqiy raqobatbardoshligini aniqlash uchun 
ekspert baholash, tajriba usullari, matematik usullar va modellardan keng 
foydalaniladi. 
Tovarlarning raqobatbardoshligini baholashda ularning o‘ziga xos jihatlarini 
e‘tiborga olish lozim. Masalan, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlarining 
iste‘mol narxi va maishiy texnika buyumlari yoki orgtexnika mashinalarining 
iste‘mol narxi bir-biridan tubdan farq qilishi mumkin. 
Raqobatbardoshlikni baholash tadqiqot maqsadini aniqlashdan boshlanadi: 

tovarning o‘xshash tovarga nisbatan mavqyeini aniqlash va yetarli bo‘lgan 
taqdirda ularni o‘zaro taqqoslash; 

agarda tovar raqobatbardoshligini baholash muayyan bozorda sotish 
imkoniyatlarini prognoz qilish uchun zarur bo‘lsa, u holda tovar haqida, 
mamlakatda tovarni ishlab chiqarish va uning iste‘moli haqidagi me‘yoriy-huquqiy 
xujjatlarning o‘zgarishi, iste‘mol talabining dinamikasi haqidagi ma‘lumotlar 
kiritilishi lozim.


67 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin