57
Kompaniya o‘z mavqyeini mustahkamlash maqsadida boshqa soha
korxonasining qo‘shib olinishini qisman boshqa sohaga ham kirib kelish deb atasa
bo‘ladi, lekin bunda yangi korxona tuzish ko‘zda tutilmaydi. Sohaga kirib
kelishdagi xavf darajasi raqiblarning bunga bo‘lgan munosabati bilan birga sohaga
endiga kirib kelgan shaxslarning bir qancha to‘siqlarga
duch kelishi bilan
belgilanadi.
M.Porter tarmoqqa kirishdagi eng muhim to‘siqlar sifatida quyidagilarni
ajratib ko‘rsatadi:
Miqyos samarasi.
Ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo‘lsa, masulot
birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar miqdori kam bo‘ladi. Yangi ishtirokchilar
bozorga deyarli ulkan ishlab chiqarish miqyosi bilan kirib kelmaydi.
Bu esa
tarmoqqa kirishdagi eng asosiy to‘siqdir.
Mahsulot differensiasiyasi va savdo belgisining nufuzi.
Firmalarning
tarmoqda ishlab chiqaradigan tovar va xizmatlarining turi qanchali ko‘p bo‘lsa,
bozorning egallanmagan nishasi shunchalik kam bo‘ladi.
Kapitalga ehtiyoj.
Tarmoqqa kirishda talab etiladigan dastlabki kapital
qo‘yilmalar hajmi qanchalik katta bo‘lsa, firmalarning kirib kelishi kamroq
bo‘ladi.
Doimiy xarajatlarning yuqoriligi.
Firmalarning ishlab chiqarishga
sarflaydigan doimiy xarajatlari qanchalik ko‘p bo‘lsa,
yangi ishtirokchilar
tarmoqqa kirishning dastlabki davrlarida yuqori foyda olish imkoniyatidan
mahrum bo‘ladi
Aloqa
va
taqsimot
kanallaridan
foydalanish
imkoniyati.
Yangi
ishtirokchilarning maqsadli auditoriya bilan bog‘lanishida aloqa va taqsimot
kanallari muim hisoblanadi. Maqsadli auditoriya bilan dastlabki davrlarda samarali
aloqa o‘rnata olmaslik va tovarlarni samarali taqsimlash imkoniyatining kamligi
firmalarning tarmoqqa kirishida muammolarni keltirib chiqaradi.
Hukumat siyosati.
Tarmoqda erkin faoliyat olib borishning davlat tomonidan
cheklanishi, tarmoqda ishlib chiqariladigan mahsulotlarga nisbatan qat‘iy shart va
standartlarning
mavjudligi, davlat ulushining ko‘pligi tarmoqning yangi
ishtirokchilar uchun jalb etuvchanligini sezilarli darajada pasaytiradi.
Qo’shimcha xatarlar.
Dostları ilə paylaş: