Dinamik modellar. Xarrod-Domar modeli. Solou modeli. Samuelson-Xiks modeli
Reja:
1.Xarrod-Domar modelining kamchiliklari
2. Iqtisodiy o’sishning R.Solou modeli
3. Felpsning jamg’arishni “oltin qoidasi”
1.Xarrod-Domar modelining kamchiliklari
Xarrod-Domar modelida kamchiliklar mavjud bo’lib, bu avvalo dinamik
muaozanatning iqtisodiy o’sish sharoitida chidamli emasligidir.
Bu kamchilik
ushbu modeldagi kafolatlangan va tabiiy o’sish sur’atlari o’rtasidagi nisbat bilan
bog’liqdir.Agar tabiiy o’sish sur’ati kafolatlangan o’sish sur’atidan katta bo’lsa,
unda haqiqatda iqtisodiyot ishsizlik mavjud bo’lganda kafolatlangan o’sish
sur’atlari bilan rivojlanishi mumkin. Biroq, boshqacha ham bo’lishi mumkin, ya’ni
haqiqatda iqtisodiyot kafolatlangan o’sish sur’atidan yuqori sur’atlarda rivojlanishi
mumkin, chunki ortiqcha mehnat resurslari qo’shimcha
investitsiyalarni jalb
etishga imkon beradi. Natijada muvozanatli iqtisodiy rivojlanish sharoitini
buzishga qodir iqtisodiy holat yuzaga keladi.
Xarrod-Domar modelining cheklanganligi uning dastlabki o’lchovlarida berilgan.
Ushbu modelda qo’llaniladigan Leontevning ishlab chiqarish
funktsiyasi ishlab
chiqarish omillari – mehnat va kapitalni o’zaro almashtirish imkoni yo’qligi bilan
xarakterlanadi, bu haqiqiy hayotdagi mos kelmaydi. Bundan tashqari mazkur
modeldagi barcha tarkibiy qismlar:
daromad va kapital nisbati, iste’molga chekli
moyillik, ishchi kuchini o’sishi, mehnatni tejovchi texnika
taraqqiyoti bir biriga
bog’liq emas, shuning uchun muvozonatli iqtisodiy o’sishga erishish ehtmoli nolga
teng. Shu sababdan ham Xarrod-Domar modeli “brtiva lezviyasi” modeli nomini
olgan. Bunda undagi tarkibiy qismlarning kam hajmdagi
muvozanatsizligi butun
tizim muvozanatini buzib yuboradi.
Aynan shu sababdan, 1950 yillarning o’rtalaridan
boshlab ishlab chiqarish
funktsiyalari ishlab chiqarish omillarini o’zaro almashinishini ko’zda tutuvchi
iqtisodiy o’sishning neoklassik modellari muvaffaqqiyatga ega boshladi.