Fan va innovatsiyalar vazirligi university of business and science namangan filiali “iqtisod”



Yüklə 203,27 Kb.
səhifə1/6
tarix23.06.2023
ölçüsü203,27 Kb.
#134550
  1   2   3   4   5   6
Raqobatning asosiy shakllari va usullari1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE NAMANGAN FILIALI
IQTISODFANİDAN





Mavzu: Korxonani rivojlantirishda ishlab chiqarishni samaradorligi


Topshirdi: MN-22-01 guruh talabasi
R.I.Ilhomjanova


Qabul qildi: _________________


Namangan-2023

    1. Raqobat tushunchasi, mohiyati, funksiyalari, shakllari va turlari

    2. Raqobat nazariyasi va raqobatga nisbatan ilmiy yondashuvlar


    3. Raqobatga nisbatan funksional yondashuv bozorga tartibga soluvchi mexanizm sifatida

    1. Raqobat tushunchasi, mohiyati, funksiyalari, shakllari va turlari


―Raqobat‖ tushunchalari mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun mustaqillik yillaridan keyin keng ishlatiladigan tushunchalar qatoriga kirgan bo‘lsada, bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yuritib kelgan barcha mamlakatlarda bu tushunchalar ancha qadimdan mavjud bo‘lib kelgan.
Raqobatga bugungi kunga qadar bir qancha ta‘riflar berilgan bo‘lib, Adam Smit uni ―ko‘zga ko‘rinmas qo‘l‖ deb atagan edi. Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z ehtiyoj va manfaatlarini maksimal qondirish, yaxshi daromad olish, bozorda o‘z mavqyeini mustaxkamlash, imkoniyatlarini namoyon etish hamda imidjga ega bo‘lish uchun kurashdan iborat jarayondir.
Raqobat – to‘qnashuv, qarama-qarshilik, musobaqalashmoq degan ma‘noni bildiradi. Raqobat tovar oldi-sotdisi va eng yaxshi ishlab chiqarish uchun bozor tizimi qatnashchilari orasidagi o‘zaro kurash demakdir.
Lekin iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda raqobat to‘g‘risida har xil va qarama-qarshi fikrlar mavjud. Uni ishlab chiqaruvchilar orasidagi asosiy mexanizm, bozorning sifati, chegarasi, belgisi, xo‘jalik mexanizmining elementi, jamiyatni olg‘a intiltiruvchi kuch sifatida ham ta‘riflashadi.
Raqobat kishilar hayotiga kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilanoq kirib kelgan. Butun taraqqiyot davri mobaynida insoniyat tabiat va o‘zaro yorug‘ va issiq joy, qulay yashash va ishlash sharoiti, resurslardan cheksiz foydalanish uchun raqobatlashib kelgan. Turli davrlarda, turli vaqtda va turli sharoitlarda raqobat turlicha namoyon bo‘lgan. Buni oddiy bellashuvdan to‘qnashuvga, to‘qnashuvlarning raqobat kurashiga, raqobat kurashining raqobat urushlariga aylanishi bilan izohlashimiz mumkin.
―Raqobat‖ tushunchasi rus tiliga nemis tilidagi ―konkurrenz‖ so‘zidan kirib kelgan, o‘z navbatida nemis tiliga bu so‘z lotin tilidan kirib kelgan bo‘lib, qadimgi lotinlar ―concurro/concurrentia‖ so‘zi bilan tomonlarning o‘zaro munosabatlari, to‘qnashuvi, bellashuvi va o‘zaro kelishish orqali qo‘shilib ketishi ham tushinilgan. Bozor munosabatlari raqobatning asosida eng avvalo kishilarning ehtiyojlariga asoslangan iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ifodalaydi. Xuddi shuningdek, iste‘molga, ishlab chiqarish, kommunikasiya va boshqarishga bog‘liq
manfaatlari ham raqobatning asosini tashkil etadi.
Raqobatda ishtirokchilar manfaatlari o‘rtasida umumiy uyg‘unlik mavjud bo‘lmaydi. Shuningdek, raqiblarning manfaatlari ham bir-biridan farq qiladi. Moddiy resurslarning cheklanganligi bois bir tomonning iqtisodiy manfaatlarini himoyalash, ikkinchi tomonni cheklashga olib keladi. Shuning uchun ham
raqiblarning raqobat kurashi olib borish usullari ham farq qiladi.
Zamonaviy iqtisodiyotda raqobat subyektlarning o‘zaro to‘qnashuvini anglatadi. Raqobat tomonlarning to‘qnashuvidan iborat ekan, albatta nizolarga sabab bo‘ladi. Shu bois uni himoyalash, qo‘llab quvvatlash zururdir.
Bugungi kunda ko‘pchilik adabiyotlar, gazetalar, ilmiy maqolalar va maishiy hayotda raqobat so‘zining turlicha tariflarini uchratish mumkin.
Bellashuv, musobaqalashuv va tomonlarning o‘zaro kurashi so‘zlari raqobatning sinonimlari hisoblanadi. Masalan, ayrim mualliflar raqobat (competition) va bellashuv (rivalry) so‘zlari o‘zaro sinonim emasligini ta‘kidlab o‘tishadi. Ularning fikricha, raqobat faqat bozor munosabatlariga bog‘liq bo‘lib, kompaniyalarning o‘zaro faoliyatiga umuman bog‘liq emas. Raqobat so‘zining turli tillarda talqin etilishiga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, ingliz tilida raqobat (competition) so‘zi ham sport musobaqalarida, ham iqtisodiyotdagi bellashuvni anglatadi.
Iqtisodiyotda raqobatni tabiat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikning xususiy holi sifatida qarashimiz ham mumkin. Tabiat jonzotlari o‘rtasidagi yashash uchun kurashni ham raqobatga tenglashtirish mumkin. Ammo shunisi qiziqki, raqobat har doim ham to‘qnashuv yoki bellashuvni anglatmaydi. Masalan, Janubiy Afrika savannalarida yovvoyi o‘txo‘r hayvonlar – antilopa, ohu, zebra, buyvollar ozuqa uchun o‘zaro kurashadi, nimjon, kasalmand bo‘lgan a‘zolarni podaning chetiga surib chiqaradi va tezroq yirtqichlarga yem bo‘lishlariga sharoit yaratib beradi. Shuningdek, ular o‘z yirtqichlari bo‘lgan sher, yo‘lbars, chiyabo‘ri va gepardlarga qarshi kurashish uchun juda katta podani tashkil ham qiladilar.
Shu bois iqtisodiyotdagi raqobatni tadbirkorlik, bozor, bozor ishtirokchilari, tadbirkorlik subyektlari, firma kabi bazaviy tushunchalar asosida tariflash maqsadga muvofiq bo‘ladi. chunki iqtisodiyotdagi raqobat kurashida biologik emas, balki ijtimoiy nuqtai nazar va shart sharoitlar asosiy o‘rinda turadi.
Raqobatning keng tushuncha ekanligi, turli xalqlarning ushbu atamani turli mazmunda qo‘llashi bois, uning mohiyatini yoritish bo‘yicha bahs munozaralar hanuz davom etmoqda.
Iqtisodiy fanlarda raqobatning yoritilish XV-XVII asrlarda ingliz, fransuz va nemis merkantelistlari ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan shu davrdan boshlab Yevropada feodal tuzumdan bozor munosabatlari shakllanib boshlagan.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab raqobatni o‘rganish iqtisodiy faoliyatga asoslangan holda olib borildi. Bunda raqobatni tadbirkorlik, bozor ishtirokchilarining hatti-harakatlarini tartibga soluvchi mexanizm, muvaffaqiyat qozonishning taktika va modellari sifatida o‘rganishga alohida e‘tibor qaratildi.
Tadbirkorlik, marketing, menejmentning zamonaviy yondashuvlari ma‘lum darajada raqobat tushunchasini qamrab olishga harakat qiladi.
Iqtisodiy rivojlanishni raqobatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Keng ma‘noda qaralganda, barcha sohalarda, iqtisodiyotning barcha jabhalarida kishilar o‘z manfaatlarini qondirish uchun kurashadilar, ya‘ni o‘zaro raqobat qilishga intiladilar. Har bir iqtisodiyotdagi kabi bozor sharoitida ham kishilarning hohish irodasi, malakasi va tafakkuriga bog‘liq bo‘lmagan o‘ziga xos obyektiv
qonuniyatlar mavjud.
Raqobat kurashi ma‘lum bir tizimga ega emas, shunga qaramasdan u bozor ishtirokchilarining aniq ifodalangan strategiyalariga asoslangan va bu strategiya ularni bozordagi qiziqishlarini ximoya qiladi. Uzoq vaqt davomida ―raqobat‖ tushunchasi ikki yoki undan ortiq shaxslar(raqiblar)ning yagona maqsad  yuqori foyda olish uchun mustaqil ravishda bir-biri bilan bellashuvi deb qaralib kelindi.
Bozordagi raqobat bellashuvi masalalariga klassik siyosiy iqtisod namoyondalaridan A. Smit2, M. Byukenen3, E. Chemberlin4, L.Valras5, A.Marshall6 va boshqalar ko‘proq e‘tibor qaratishgan. Bu iqtisodchilarning baxs- munozaralari raqobat tushunchasi va uning mohiyatiga, uning harakatlantiruvchi kuchi va bozorda narxning shakllanishiga ta‘siriga ko‘proq karatildi. Klassik iqtisodiyot namoyondalaridan R. Bertran, shuningdek, xozirgi zamon raqobat nazariyasiga o‘z hissasini qo‘shgan O. Xerfindal7 va boshqalar raqobat nazariyasini rivojlantirishdi, raqobatni baholashning muqobil modellarini taklif etishdi.
Raqobat jamiyat uchun zarur tovar va xizmatlarning bozor va harid narxini belgilaydi. Raqobat ta‘sirida tovar va xizmatlarning individual qiymati shakllanadi, daromadlar hajmining mehnat sarfi bo‘yicha diferensasiyasi yuzaga keladi. Tarmoqlararo jihatdan raqobat foydanning o‘rtacha me‘yorini yuzaga keltiradi, jamiyat extiyoji uchun eng ahamiyatli va zarur bo‘lgan tarmoqlarga kapital oqishini rag‘batlantiradi. Shubxasiz, raqobat bozor uchun xizmat qiladi: qachon, qanday va qancha tovar va xizmatlarni taklif qilish va ko‘rsatishni belgilaydi8.
―Raqobat‖ tushunchasi klassik va neoklassik iqtisodiyot nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib, bugungi kunda ham ko‘pgina iqtisodchilarning diqqatini tortib kelmoqda va ular tomonidan turlicha talqin etilmoqda.
A.Smitning ta‘rifi bo‘yicha inson o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylagan paytda, bu holat tabiiy, yoki aniqrog‘i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, odam jamiyat uchun ko‘proq naf keltiruvchi mashg‘ulotni tanlaydi va shu ish bilan shug‘ullanadi, foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi.



2 Адам Смит «Исследование о природе и причинах богатства народов»( Smith Adam. An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations. Vol. 4, Ch. 2, 3)-125с
3 Бьюкенен Дж. М. Сочинения. Конституция экономической политики. Расчѐт согласия. Границы свободы / Нобелевские лауреаты по экономике. Т. 1 / Фонд экономической инициативы. — М.:Таурус Альфа,1997. — 560 с. https://ru.wikipedia.org
4 Э. Чемберлин «Теория монополистической конкуренции» (The Theory of Monopolistic Competition) пер. с.англ. М.: 2004.–426 с
5 Л.Вальрас, В.Паретто «Элементы чистой политической экономии» (Elements d‘èconomie politique pure, 1874) https://ru.wikipedia.org
6 Alfred Marshall ( 18421924)  ingliz iqtisodchisi, kembrij maktabi vakili, iqtisodiyot fanida yangi klassik yo‘nalishi asoschilaridan biri. Asosiy asarlari: ―The pure theory of foreign trade and the pure theory of domestic values. - L., 1879‖, ―Iqtisodiyot fani prinsiplari‖ (Principles of Economics, 1890-1891), ―Sanoat iqtisodiyoti unsurlari‖ (Elements of the Economics of Industry, 1892), ―sanoat va savdo‖ (Industry and Trade, 1919), Деньги, кредит и торговля (Money, Credit and Commerce, 1922).
7 Херфендалл Оррис Клеменс Orris Clemens Herfindahl (1918-1972) –АҚШ иқтисодчиси, бозорнинг нисбий концентрлашуви тушунчасини киритган.
8 Е. М. Жих, А. П. Панкрухин, В. А. Соловьев. Маркетинг: как завоевать рынок? - Л.: Лениздат,1991.-47-б
Raqobat muammolariga bag‘ishlangan adabiyotlarda uning tarifiga uchta yondashuv mavjud. Birinchisi raqobat bozorda bellashuv sifatida tavsiflanadi. Ikkinchi yondashuv klassik iqtisodchilar uchun xos bo‘lib, raqobat talab va taklifni muvozanatga keltiruvchi bozor mexanizmi sifatida talqin etiladi. Uchinchisi bozorni o‘rganishning zamonaviy nazariyasiga asoslangan bo‘lib tarmoq bozorining turini ifodalovchi mezon sifatida qaraladi.
S.G.Svetunkov raqobat to‘g‘risida quyidagi tariflarni keltiradi:

  • monopoliyadan holi sharoitda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning baxslashuvidir;

  • ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bellashuvi, raqib sifatidagi munosabati bo‘lib, bir-biridan o‘zib ketish orqali yagona maqsad-yuqori foyda olish uchun bozordan siqib chiqarishidir;

  • bozorda tovar va xizmat ishlab chiqaruvchilarning bozor ulushini egallash va yuqori foyda olish maqsadida o‘zaro bellashuvidir9.

S.G. Svetunkov tomonidan keltirilgan tarifga e‘tibor beradigan bo‘lsak, monopoliyadan holi sharoit ko‘zda tutilgan. Bizning fikrimizcha monopoliyadan holi sharoitni monopoliya cheklangan sharoit deb qabul qilish zarur. Chunki monopoliya bozorda raqobatning butunlay yo‘q bo‘lishini bildirmaydi. Shu bilan birga barcha subyektlar uchun eng qulay sharoit, eng yuqori daromadga qaratilmasligi kerak, chunki iste‘molchi tovar va xizmatlar uchun ma‘lum qiymatni belgilaydi.
A.Yu. Yudanovning fikricha raqobat – iste‘molchilarning to‘lovga qodir cheklangan talabi uchun bellashuvdir. Muallifning fikricha bu tarif bir qator muhim jihatlarga ega. Birinchidan: gap bozor raqobati xaqida ketmoqda, ya‘ni raqobat-bozordagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faqatgina o‘z tovar va xizmatlarini iste‘molchilar uchun siljitish jarayonida sodir bo‘ladigan bellashuvdir. Ikkinchidan raqobat iste‘molchilarning to‘lovga qodir cheklangan extiyoji uchun olib boriladi, agarda iste‘molchi talabi biror bir subyekt tovar yoki xizmati bilan qondirilsa, qolganlari o‘z-o‘zidan taklif qilish imkoniyatidan maxrum bo‘lishadi. Uchinchidan raqobat faqat bozorning kirib borish mumkin bo‘lgan segmentida rivojlanadi10.
P.S. Zavyalovning fikricha ―Raqobat – bozor muhitining ajralmas qismidir. Rivojlangan bozor raqobatsiz mazmunga ega emas. Bundan raqobatni o‘rganishning ahamiyati, darajasi va jadalligi, bozor imkoniyatlarini bilish darajasi, tanlangan bozorda bellashuvning kelajagini anglash kelib chiqadi11.
I.M.Kirsner o‘zining raqobat va tadbirkorlikka bag‘ishlangan kitobida shuni ta‘kidlaydiki, bugungi kundagi ortodoksal raqobatni ―vaziyat‖ sifatidan ko‘ra
―jarayon‖ sifatida talqin etadi. Uning fikricha, raqobat bozor jarayonining raqobat



9 Информационное обеспечение управления конкурентоспособностью / Под. ред. С.Г. Светунькова. – Энциклопедия маркетинга http://marketing.spb.ru/read/m19/index.htm.
10 Юданов А.Ю. Конкуренция: теория и практика: Учеб. – практ. пособие. 3-е изд., испр. и доп. – М.: Казаков: Гном и Д, 2001. – 29-30 с
11 Завьялов П.С. Конкурентоспособность и маркетинг. Российский экономический журнал. – 1995. - № 12. с. 50-55 http://www.dis.ru/market/arhiv/1995/12/3.html.
xususiyatini o‘rganish bilan bog‘liq va zarur bo‘lganda raqobat mezonlarini ishlab chiqish kerak12.
Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha subyektlarni o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lgan yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi sarflangan xarajatlarning har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya‘ni qulay bozorlar uchun, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasidagi kurash bo‘ladi13.
Raqobat eng avvalo iqtisodiy hodisa hisoblanadi va uning asosini xo‘jalik subyektlari orasidagi iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Raqobat o‘zini xo‘jalik subyektlari orasida oddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabat sifatida namoyon etadi.
Raqobat orqali iqtisodiyotda tabaqalashuv yuzaga keladi, ya‘ni raqobatda yutib chiqkanlar iqtisodiy jihatdan baquvvat bo‘lib ketsalar, yutkazganlar esa iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga tushib koladilar va ko‘pincha yirik korxonalar tarkibiga qo‘shilib ketadilar yoki umuman yo‘q bo‘lib ketadilar.
Raqobatning ham ijobiy, ham salbiy jihatlari mavjud. Raqobatning ijobiy tomonlari u resurslarni samarali taqsimlanishiga va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, raqobatda iste‘molchilar talabi asosiy o‘rin tutganligi sababli resurslarning iste‘molchilar talabi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish tarmoqlariga yo‘nalishiga xizmat qiladi.
Raqobat tadbirkorlarni yangi texnologiyalarni jalb etishga undaganligi sababli ilmiy-texnikaviy rivojlanishga turtki bo‘ladi. Bundan tashqari, raqobatning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bunda eng asosiy e‘tibor tadbirkorlarning shaxsiy mustaqilligiga qaratiladi. Faqat raqobatgina iqtisodiy faoliyatni ma‘muriy boshqarishsiz ham muvofiqlashtirishi mumkin va bu tadbirkorlar manfaatlarini to‘laroq qondirishga imkoniyat yaratib beradi.
Raqobatning salbiy tomonlari sifatida shuni aytish mumkinki, raqobat bozorda muvozanatni yuzaga keltirishi yoki o‘zi uni buzib qo‘yishi mumkin. Chunki talab va taklifning o‘zgarishiga qarab narxlarning tuxtovsiz o‘zgarib turishi bozordagi subyektlarning mavqyelarini bir maromda saqlab turishlariga imkon bermaydi.
Shuningdek, raqobatning mavjudligi tadbirkorni foyda olish va bozorda o‘z mavqyeni saqlab kolish maqsadida shunday metodlardan foydalanishga majbur etadiki, bu o‘z navbatida tabiiy resurslardan nookilona foydalanishga, o‘z raqibini obro‘sizlantirishga, iste‘molchilarni chalg‘itishga olib kelishi mumkin.
Raqobat tovar ishlab chiqarishning obyektiv iqtisodiy qonuni bo‘lib, bir tomondan tovar ishlab chiqruvchilarning eng yuqori natijaga erishish uchun o‘zrao bellashuvi, ikkinchi tomondan iste‘molchilarning sifatli tovarlarni xarid qilishlari uchun o‘zrao bellashuvidir. Raqobatning mavjudligi bois ishlab chiqaruvchilar





12 Кирцнер И.М. Конкуренция и предпринимательство. –М.: ЮНИТИ–ДАНА, 2001. –238 с
13 Ш.Шодмонов, Ғофуров У.В. Иқтисодиѐт назарияси. Дарслик. Т.: IQTISOD-MOLIYA, 2010 й, 728 б
xarajatlarni kamaytirish va tovar va xizmatlarning sifatini oshirishga harakat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar uchun raqobat mehnat samaradorligini oshirishni rag‘batlantiradi, ishlab chiqarish ko‘lamni kengaytiradi, ITT va ishlab chiqarishning yangi shakllarini qo‘llashni va ish xaqini oshirishni jadallashtiradi.

Yüklə 203,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin