Fan va innovatsiyalar vazirligi university of business and science namangan filiali “iqtisod”


-jadval Tuzilmaviy yondashuv asosida raqobatning mohiyatini yoritishga qaratilgan



Yüklə 203,27 Kb.
səhifə4/6
tarix23.06.2023
ölçüsü203,27 Kb.
#134550
1   2   3   4   5   6
Raqobatning asosiy shakllari va usullari1

1.2.1-jadval Tuzilmaviy yondashuv asosida raqobatning mohiyatini yoritishga qaratilgan


turli mualliflik tariflari

Muallif

Tarifi

A. Kurno14



Ikki yoki undan ortiq firmalarning o‘zaro kurashi bo‘lib, har bir
firma raqibining ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘zgarmasdan qolishiga harakat qiladi

F. Nayt

Ko‘p sonli mustaqil xo‘jalik birliklarining muhitning noniq
sharoitlaridagi o‘zaro aloqalari

L.
Kachalina15

Monopoliyadan holi sharoitda subyektlarning o‘zaro bellashuvi

Dinamik yondashuvga ko‘ra raqobat doimiy mavjud bo‘lgan va amal qiladigan mexanizm bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eng yuqori natijaga erishishlari uchun bellashuvidir.


Aynan ushbu yondashuvlarni umumlashtirgan holda o‘rganish raqobat mohiyatini yanada kengroq va yaxlit holda yoritishga imkon beradi.
Xulq-atvor yondashuviga ko‘ra raqobat xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro bellashuv, kurashish bo‘lib xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro munosabatida aks etadi. Raqobat munosabatlari o‘z navbatida tomonlarning obyekt, subyekt va maqsadlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
1.2.2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, mualliflar raqobatning mohiyatini yoritishda turli maqsadlar, ya‘ni bozor ulushi, iste‘molchilarning cheklangan to‘lovga qodir talabi, yuqori daromad yoki foyda olishni nazarda tutadi. Raqobat munosabatlarining maqsadi eng avval firmalarning iqtisodiy faoliyatini yaxshilashga qaratilganligiga guvoh bo‘lamiz. Shu bois xulq-atvor yondashuvi raqobatni xo‘jalik yurituvchi subyektlarning takror ishlab chiqarish jarayonida ko‘zda tutilgan natijaga erishish maqsadida o‘zaro bellashuvi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ushbu yondashuvga ko‘ra tadqiqot predmeti raqobat munosabatlarining shakli, usullari, raqobat strategiyalari, raqobat ustunligi va subyektlarning raqobatbardoshligi bo‘lishi mumkin.





14 Antuan Ogyusten Kurno (1801-1877)  fransuz iqtisodchisi va matematigi, iqtisodiyotda birinchi bo‘lib matematika usullarni qo‘llashni taklif etgan olim. Bozordagi turli vaziyatlarda talab va takllifning o‘zaro bog‘liqligini matematik usullar orqali tahlil qilgan.
15 Качалина, Л. Н. Конкурентоспособный менеджмент / Л. Н. Качалина. – М. : ЭКСМО, 2006. – 459 с.

Yüklə 203,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin