Fan va innovatsiyalar vazirligi university of business and science namangan filiali “iqtisod”



Yüklə 203,27 Kb.
səhifə2/6
tarix23.06.2023
ölçüsü203,27 Kb.
#134550
1   2   3   4   5   6
Raqobatning asosiy shakllari va usullari1

Raqobat usullari:


  • sifat bo‘yicha raqobat (narxsiz);

  • iste‘molchilarga servis xizmati ko‘rsatish va uni takomillashtirish bo‘yicha raqobatlashuv;

  • narx bo‘yicha raqobat;

  • tovarlarning ekspluatasiya xarajatlarini kamytirish bo‘yicha raqobat;

  • boshqaruv samaradorligini ifodalovchi omillar bo‘yicha raqobatlashuv (vaqtdan yutish, sinergiya, moslashuvchanlik);

  • yuqoridagi barcha usullarni bir vaqtda qo‘llash orqali raqobatlashuv (integral raqobat).

Raqobatning ko‘plab usullari va raqobat strategiyalari mavjud. Ammo har qanday raqobat strategiyasi asosida raqobat ustunlishi yotadi.
Raqobat bozorning ma‘lum sektorini qamrab olish bilan cheklanmaydi, chunki u bir xil yoki o‘xshash funksiyalarni bajaruvchi barcha raqiblarni qamrab oladi. Raqobat bozor segmentidagi korxonalarni qamrab olish bilan chegaralanmaydi, u bozordagi o‘xshash funksiyalarni bajaruvchi barcha korxonalarni ham qamrab oladi. Shuningdek, u tarmoqqa taalluqli bo‘lmagan milliy va xorijiy korxonalarni ham e‘tiborga oladi. Korxonalar o‘z raqibalari xaqida ma‘lumotga ega bo‘lar ekan, ularga kirib kelayotgan texnologiyalarni cheklashga va birinchi marta joriy etishga harakat qiladi.
Shu tarzda raqobat bozorda narxlarni maqbullashtiruvchi, innovasion jarayonlarni rag‘batlantiruvchi omil hamdir. Uning ta‘sirida tarmoqdan samarasiz faoliyat yuritayotgan korxonalar chiqib ketadi, mavjud resurslardan oqilona foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Sof raqobat mexanizmini yoritishda bizga talab va taklif qonuni, yoki talab va taklif egri chizig‘i yordam beradi.
Bozor talabi va taklifining o‘zaro bog‘liqlik grafigi 1.1.1-rasmda keltirilgan. Chizmada talab egri chizig‘i ko‘plab iste‘molchilarning umumiy talabini, taklif egri chizig‘i esa ko‘plab ishlab chiqaruvchilarning taklifini ifodalaydi. Bu model ayrim adabiyotlarda ―Marshall xochi yoki ―Marshall qaychisi ham deb yuritiladi. Alfred Marshall talab va taklif egri chizig‘i va monopoliya va raqobat o‘rtasidagi oraliq holatlar tahlilining iqtisodiy mohiyatini ochib bergan ingliz iqtisodchisidir. Chizmaga muvofiq talab va taklif egri chiziqlarining kesishuv nuqtasi bozordagi muvozanat narx va hajmni ifodalaydi.
Agar tovarning narxi r1 bo‘lib bu muvozanat narxdan yuqori bo‘lsa, bu holda taklif b nuqtada SS kesmada mos keladi. Taklifning umumiy hajmi esa a nuqtada DD egri chiziqda kesishadi. Natijada talabdan ortiq taklif (ab kesma) vujudga keladi va ishlab chiqaruvchilarning omborlarida tayyor mahsulot hajmi ortib boradi. Buning oldini olish uchun ishlab chiqaruvchilar narxni pasaytirishga majbur bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida taklif hajmini pasaytirish hisobiga talabning o‘sishiga, iste‘molchilar va ishlab chiqaruvchilar uchun eng maqbul bo‘lgan narx
va tovar hajmi o‘rnatilishiga olib keladi. Chizmada bu vaziyat q0 hajmda va r0
narxlarda ko‘rsatilgan.
P1


P0 P2

Yüklə 203,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin