Agarda tovarlar narxi r2, ya‘ni muvozanat narxdan past bo‘lsa bunda DD —egri chiziq s nuqtada SS egri chiziqni kesib o‘tishi kerak bo‘ladi, ammo bozorda defisit vujudga keladi. 2-rasmda defisit cd kesmaning uzunligiga teng. Amaliyotda bu ishlab chiqaruvchilarning zahira tovarlari hajmining birdan kamayishi bilan izohlanadi. Talab ortganini sezgan ishlab chiqaruvchilar tezda narx ishlab chiqarish hajmi va taklifni oshiradilar. Bu esa talab hajmini kamaytiradi. Natijada ishlab chiqaruvchilarning daromadni oshirishga qaratilgan tadbirlari va iste‘molchilarning xarid qilish xulq-atvorining o‘zgarishi ye nuqtada bozor muvozanatini vujudga keltiradi.
Raqobat nazariyasi va raqobatga nisbatan ilmiy yondashuvlar
O‘zbekiston sharoitida raqobat muhiti tadrijiy yo‘l bilan emas balki xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini institusional tartibga solish asosida shakllangan.
Zamonaviy iqtisodiyot globallashuv, iqtisodiy munosabatlarning transformasiyalashuvi, jahon iqtisodiyotiga intgrasiyalashuv bilan xarakterlanadi. Shuningdek, zamonaviy iqtisodiyotda raqobat va monopoliya shu qadar bir-biriga bog‘lanib ketganki, raqobatning mohiyatini ko‘proq monopolistik raqobat atamasini kiritish bilan ochib berish odatiy tusga kirmoqda. Iqtisodchi olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqilgan ilmiy faraz va xulosalar asosida bugungi kunda raqobat mohiyatini ochib beruvchi quyidagi yondashuvlarni keltirishimiz mumkin: xulq-atvor, funksional va tuzilmaviy va dinamik.
Iqtisodiy nazariyada raqobat tushunchasini ifodalashga turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan, raqobatga tuzilmaviy yondashuvga ko‘ra raqobat bozordagi shunday vaziyatki, bu vaziyat bozorda aynan bir tovarni ishlab chiqaruvchi va
xarid qiluvchi ko‘plab ishlab chiqaruvchi va xaridorlarning mavjud, bozorga kirish va chiqishda to‘siqlarning mavjud emasligi bilan izohlanadi. Bunda raqobat o‘zgarmas bozor sharoitida xaridor va sotuvchilarning tovarlar narxiga ta‘sir ko‘rsatmasdan o‘zaro aloqasi sifatida olib qaraladi.