Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 469,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix10.08.2023
ölçüsü469,19 Kb.
#139080
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Fond bozori



- 3 - 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
MOLIYA-IQTISOD FAKULTETI 
 
“MOLIYA” KAFEDRASI
 
KURS ISHI 
Mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fond bozorini 
rivojlantirish istiqbollari 


Bajardi: MM-70 Ortiqova G. 
Tekshirdi: k.o’q. R.Toshmatova 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT-2014 
 
 


- 4 - 
 
 
 
 
KIRISh 
1. 
Iqtisodiyotda fond bozorining roli va ahamiyati 
2. O’zbekiston fond bozorining rivojlanish bosqichlari 
3. Qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning 
amaldagi holati tahlili 
4. 
Iqtisodiyotni 
modernizatsiyalashtirish 
sharoitida 
fond 
bozorini 
takomillashtirish yo’llari 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotalar 


- 5 - 
KIRISH 
Hozirgi paytda fond bozorimizning qonuniy - me’yoriy bazasi va 
muayyan infratuzilmasi yaratilgan. Qimmatli qog’ozlar bozori moliya 
bozorining qimmatli qog’ozlar emissiyasi va muomalasi amalga oshiriladigan 
qismi bo’lib, u orqali moliyaviy resurslar ortiqcha sohalardan tanqis soxalarga 
yo’naltiriladi. Bugungi kunda qimmatli qog’ozlar bozori mustahkam 
infratuzilma asosida rivojlanib kelmoqda. Respublikamiz viloyatlarida filial va 
bo’limlarida, tarmoqlarda rivojlangan texnologiya asosida jixozlangan fond 
birjalari faoliyat ko’rsatmoqda. 
Sarmoyalarning foydali tarmoqlar va ishlab chiqarishga samarali o’tish 
albatta yaxshi tashkil etilgan fond bozoriga bog’liq. Ularning tuzilishi respublika 
xududlarida qimmatli qog’ozlar bozori infratuzilmasini kengaytirish va 
rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu xususda Prezidentimiz I. A. Karimov o’z 
ma’ruzalarida “Shuni tan olish kerakki, so’nggi yillarda jahon iqtisodiyotida 
yuzaga kelayotgan muammolar asosan qo’shimcha pul bosib chiqarish va 
moliya bozorini shunday pullar bilan to’ldirish hisobidan hal etilishi ko’zga 
tashlanmoqda. Bu esa, o’z navbatida, kelgusida jilovlab bo’lmaydigan 
inflyatsiyaga, ya’ni qimmatchilikka, zaxira va milliy valyutalarning 
qadrsizlanishiga va shu bilan bog’liq og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin”
1

degan fikrni bildirgan edi. Qimmatli qog’ozlar bozori mamlakatda endigina 
shakllanayotgan 
soxa 
xisoblanadi, 
shu 
bilan 
birga 
iqtisodiyotning 
muhim elementlaridan biridir, chunki uning yordamida bir kancha 
iqtisodiy va moliyaviy masalalar hal bo’ladi.
Tashkillashtirilgan qimmatli qog’ozlar bozori kapital bozorni rivojlanish 
ko’rsatkichi bo’libgina kolmay, balki moliyaviy iqtisodiy tizimni 
baholash 
indikatori 
hamdir. 
Bundan 
tashqari 
kapitallash 
yuqori 
bosqichining 
likvidliligini, ikqilamchi bozorni asosiy faktorlaridan biri bu 
to’g’ri sarmoyalarni iqtisodiyotga, shuningdek chet el sarmoyalarini xam jalb 
1
Karimov I.A. 2012 yil vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi. – T.: O’zbekiston. 
2012. – 36 b. 


- 6 - 
qilishdir.Odatda, bozorning investitsiyalarni jalb qila olish qobiliyatiga bahoni 
birinchi navbatda portfel investorlar, ya’ni riskka moyil bo’lgan va yuqori 
daromadga intiluvchi chayqovchilar beradi. Shu bilan bir vaqtda aktivlarning 
(qimmatli qog’ozlarning) har bir oborotidan ma’lum bir foiz olib yuqori 
daromadga ega bo’lish uchun ular aktivlar aylanmasining yuqori tezlikda 
bo’lishini taminlashi kerak. O’z navbatida, muntazam savdo qimmatli qog’ozlar 
kotirovkasi mexanizmini shakllantiradi. Bu esa strategik investorlar har qanday 
vakdda egalik qilayotgan kapitalning xakikiy bahosini aniklash imkoniyatini 
beradi va zarur bo’lgan holatda qimmatli qog’ozlarning tez sotilish sharoitini 
yaratadi, ya’ni qimmatli qog’ozlarning likvidliligi va jalb qila olish kobiliyatini 
oshiradi. 
Bunda O’zbekiston fond bozorlariga xam bilvosita baho berilib, ularga 
bozorning qo’lay kon’yukturasida qimmatli qog’ozlarni kushimcha muomalaga 
chiqarish va kapitallar bozoridan mablarlarni jalb qilish imkoniyatini beradi. 

Yüklə 469,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin