- 14 -
investitsiya loyihalarini amalga oshirishlari uchun qo’shimcha moliyaviy
manbalarga ega bo’lmoqdalar.
Aktsiyadorlik jamiyatlari o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va ularni
«Toshkent» Respublika fond birjasi savdolari orqali joylashtirish hisobiga,
korxona rivojlanishi uchun ichki va tashqi kapital bozoridan cheklanmagan
miqdorda investitsiya resurslarini jalb qilishlari mumkin.
Mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorining shakllanishida Toshkent
Respublika fond birjasi faoliyatini baholab ta’kidlash mumkinki, uning
tashkil etilishi va savdo bitimlari zamonaviy texnologiyalar asosida amalga
oshirilishi natijasida barcha investorlar uchun qimmatli qog’ozlar bozorida
qulay va ochiq ishtirok etish imkoniyati paydo bo’ldi.
Iqtisodiy adabiyotda “ fond bozori” va “ qimmatli qog’ozlar bozori”
degan atama mavjud. Biz bu atamalarga aniqlik kiritishga harakat qilamiz.
Qimmatli qog’ozlar bozori fond bozoriga nisbatan keng ma’noga ega. Chunki
qimmatli qog’ozlar bozori tarkibiga fond bozori(birja) va birjadan tashqari
bozorni oladi.
Mamlakatlarning siyosiy tuzilmasi, iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi
va
faoliyat
ko’rsatayotgan
investitsiya
institutlarining
faoliyatdagi
cheklovlarning mavjudligiyoki yo’qligi alohida olingan mamlakatlarda fond
birjalarining qaysi mulkchilik asosida tashkil etilishiga va uni faoliyatiga ta’sir
ko’rsatadi.
Biz quyidagi chizmada fond birjalarining huquqiy jihatdan tashkil etilishi
turlarini ko’rishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: