Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi


 Iqtisodiyotda fond bozorining roli va ahamiyati



Yüklə 469,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix10.08.2023
ölçüsü469,19 Kb.
#139080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Fond bozori

 
1. Iqtisodiyotda fond bozorining roli va ahamiyati 
 
Fond birjasi - qimmatli qog’ozlarning aloxida tarzda uyushgan bozoridir. U 
uzoq rivojlanish tarixiga ega. Turt yuzdan ortik yil mobaynida qimmatli 
qog’ozlar bilan birja savdosini tashkil etish shakli xam, birja o’zining 
jamiyatning iqtisodiy va siyosiy iqtisodiyotdagi roli ham o’zgardi. 
Birjalarning o’tmishdoshlari ko’rgazma savdolari yarmarkalar edi, ular 
o’zining rivojlanishi jarayonida doimiy ravishda savdo mexanizmlarini 
takomillashtirib bordi. XV asrda Venetsiya, Genuya, Florentsiya ko’rgazma 
savdolari katta nom chiqardi. Ular bilan birga tovar birjalari xam rivojlana 
boshladi. Feodalizmdan kapitalizmga o’tish davrida xo’jalik munosabatlarni bir-
biri bilan boglovchi xamda karz mablag’larining taklifi va ularga bo’lgan talabni 
tartibga sola oladigan maxsus vositaga nisbatan kat’iy talab tugildi. Bunday 
vosita — birja shaklida - XVI asrda Ispaniya va Gollandiya o’rtasida savdo - 


- 7 - 
sotiqning rivojlanishi bilan shakllandi. Birja bevosita bozorga olib 
chiqmaydigan, xujjatlar bilan tasdiqlanadigan aniqsifat va mikdoriy 
xususiyatlarga xamda talab va taklif asosida rasman belgilanadigan narxlarga 
ega bo’lgan muayyan tavarlar bilan savdo qilish bo’yicha muntazam ravishda 
amal qiluvchi bozor sifatida yuzaga keldi. Birjada oddiy tovarlar bilan emas, 
balki faqat aloxida talablarga javob beradigan tovarlar bilan savdo -sotiqlar 
amalga oshiriladi, chunonchi tovarlar sifat jixatdan bir xil bo’lishi, mivdoriga 
ko’ra soni, xajmi yoki ogirligi bilan belgilangan bo’lishi, ushbu turkumdan 
istalgan boshqa tovar bilan almashtirilishi mumkin bo’lishi lozim edi. 1531 yilda 
Antverpen, 1566 yilda London va 1608 yilda Amsterdam tovar birjalari tashkil 
qilindi. Tovar birjalarining o’sishi ularning safidan aloxida birjalarning ajralib 
chiqishiga olib keldi. Ularda faqat o’ziga xos xususiyatli tovar - qimmatli 
qog’ozlar bilan savdo - sotik qilindi. Dastlab bunday birjalar tovar birjalarning 
yordamchi bo’limlari shaklida faoliyat ko’rsatdi. Birok valyuta ayirboshlash 
operatsiyalarining kengayishi, muomalada tijorat vaksellarining paydo bo’lishi 
qimmatli qog’ozlar bilan savdo -sotik qilishga ixtisoslashtirilgan muassasa — 
fond birjalarining tashkil etilishiga zaminlar yaratdi. Birinchi fond birjasining 
paydo bo’lishini tarixchi olimlar 1592 yildan, ya’ni Antverpenda birjaga tavdim 
etilgan qimmatli qog’ozlar narxlarining ro’yxati e’lon qilingan vaqtdan 
xisoblashadi. XVI -XVII asarlarning oxirida birjalarda yangi tovar - davlat 
qimmatli qog’ozlari, Angliyada Ost - Ind va Gollandiyada Vest -Ind 
kompaniyalarining vujudga kelishi bilan esa, dastlabki aktsiyalar paydo bo’ldi. 
1792 yilda Amerika Shtatlarida jahondagi barcha birjalarning eng yirigi — 
Nyu - York fond birjasi tashkil etildi. Uning ketidan Evropaning kator boshqa 
birjalari barpo qilindi. Iqtisodchilarning xisoblashicha, fond birjalari 
rivojlanishining dastlabki bosqichi 200 yil davom etdi. U vaqtda birjalar eng 
rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotida katta rol uynadi. Birja operatsiyalari, 
o’z navbatida xalqaro savdo ~ sotikning kengayishiga, kapitalning dastlabki 
jamgarilishini tezlashtirishga va bu bilan ishlab chiqarishning feodal usulidan 
rivojlangan bozor jamiyatiga o’tishga kumaklashdi. 


- 8 - 
Biroq XIX asrning birinchi yarmida fond birjasi xo’jalik yuritishning 
kapitalistik tizimida baribir ikkinchi darajali unso’r hisoblanadi. Qimmatli 
qog’ozlarning asosiy qismini Usha Davrda davlat obligatsiyalari tashkil etdi. 
Evropa mamlakatlarida aktsiyadorlik banklari rivoj topdi. Temir yo’l qurilishi 
endigina boshlanib, mulkchilikning aktsiyadorlik shakli dastlabki qadamlarini 
qo’ya boshlagan edi. Sanoatda yakka va oilaviy korxonalar ustunlikka ega 
bo’ldi. Yirik sanoatning o’sishi, sanoat millionerlari sinfining paydo bo’lishi, 
savdo - sotiq transportning va birinchi galda temir yo’lning jadal rivojlanishiga 
karab vaziyat o’zgardi. Aloxida kapitalistning jamg’armalari fakat uning shaxsiy 
korxonasini 
kengaytirishda 
to’liqqo’llanilmadi. 
Bu 
aktsiyadorlarning 
sarmoyasining o’sishiga kuchli turtki bo’ldi, Shu bilan bir vaqtda, barpo etilgan 
kompaniyalarning aktsiyalari borgan sayin real kapitalga quyish uchun emas, 
balki tezda oshirilgan ko’rs bo’yicha kayta sotish maqsadida harid qilinadi. Birja 
savdolari bir necha marta vaxima va tangliklar tufayli o’zilib qoldi. Bularning 
sabablari turlicha edi. Qimmatli qog’ozlar, odatda, real kapital bilan bog’liq 
bo’lib, birja narxlari talab va taklifning ta’siri ostida shakllannadi. Umumiy 
iqtisodiy vaziyat, siyosiy vokealar, shuningdeqmatbuot va qimmatli qog’ozlar 
bilan savdolarda ishtirok etuvchilarning ruxiy holatiga ta’sir etishning boshqa 
usullaridan keng foydalana boshlagan birja dagi olib sotarlarning rakrbat 
ko’rashlari ularga katta ta’sir ko’rsatdi. Tarixda aktsiyadorlik jamiyatlaridagi 
ishlarning ahvoli haqidagi ma’lumotlarning soxtalashitirilganligiga misollar juda 
ko’p. Ularning okibatida asossan kichiqaktsiyadorlar aziyat chekishdi. Birja 
operatsiyalari axdmiyatli tartibga solinmadi. Kichiqsarmoyadorlar xukuklarini 
ximoya qilish idorasi deyarli mavjud emas edi. Shuning uchun XIX asr fond 
birjasini ba’zan «yovvoyi» birja deb atashadi. 
XIX asrning oxiri va XX asr boshida ishlab chiqarishning jadal o’sishi 
hamda bozorning jonlanishi yuz berdi. Ayniksa, birinchi jaxrn o’rushidan 
keyingi davrda sanoat xamda savdo -sotiq jadal rivojlana boshladi. Kqimmatli 
koshzlarni muomalaga chiqarish va ular bilan savdo - sotiq kdelishning keskin 
oshishi ushbu jarayonlarni aks ettiradi. Birja savdosiga, shu jumladan, kreditdan 


- 9 - 
foydalangan holda savdo qilish uchun, unlab million o’rta va kichiqxususiy 
sarmoyadorlar jalb etildi. Birja lar aylanmalari dastlabki uttiz yilda keskin usdi, 
birinchi jaxrn o’rushi yillari bundan mustasno. Aynan usha davrda fond birjalari 
bozor itstisodiyotining mudim muassasalari bir kdtorda o’z o’rnini egalladi. 
1929 yil oktyabrda Nyu - York fond birjasining inkirozga uchrashi 1929 - 
1933 yillardagi jahon iqtisodiy tangligining boshlanishiga sabab bo’ldi. 
Qimmatli qog’ozlarga o’z pullarini sarflagan kishilarning ko’pchiligi bankrot 
bo’ldi. AKD1 va jahonning k.ator boshqd badaavlat korxonalarining iqtisodiyoti 
fojia yokasiga kelib qoldi. 30 - yillardan boshlab AQShda, keyinchalik boshqd 
mamlakatlarda ham k.immatli qog’ozlar bozorini, xususan fond birjasining 
faoliyatini tartibga solishga yunaltirilgan qator islohotlar amalga oshirildi. Birja 
ishtirokchilarining faoliyati ustidan davlat nazorati o’rnatildi va birjada o’z 
aktsiyalarini sotgan emitentlarni teshirishning qat’iy tadbiri ishlab chiqildi. 
Bunday xarakatlardan maqsad birjani ommaviy olib-sotarlikdan asrash, 
sarmoyadorlar huquqva manfaatlarini ximoya qilishdir. 
XX asrning sungi 50 yilda katta o’zgarishlar yuz berdi. Ushbu davrda fond 
birjasining operatsiyalari ob’ekti va turi, texnik tashkiliy daraja, faoliyat 
jutrofiyasi kabi ko’pgina asosiy tarkibiy ko’rsatkichlari o’zgardi. Janubiy - 
Sharqiy Osiyo mamlakatlarda birja savdolarining kator yangi yirik markazlari 
paydo bo’ldi. Turli malakatlar birja tizimlarining baynalminallashuvi kuchaydi, 
jahonning turli fond birjalari o’rtasidagi kuchlar nisbatida siljishlar yuz berdi. 
Fond birjalari real kapitalning rivojlanishini aks ettirgan holda ularning 
o’sishiga ko’p jihatdan yordam beradi. 
Birjalar 
faoliyati 
qimmatli 
qog’ozlarni sarmoyadolrlarning keng 
katlami 
ichida 
tarkatilishini 
rag’batlantiradi, 
bu 
esa 
jamiyatni 
katta 
kismining 
moddiy 
axvoli 
yaxshilanishiga 
kumaklashadi. 
Birjalar sarmoyalarning bir tarmovdan boshqasiga okib kirishini, ularning eng 
istiqbolli sohalarga tuplanishini taminlaydi.Bundan tashkdri, ular turli 
korxonalar, xo’jalik tarmoqlari va soxdlarini bozor nuktai nazaridan kieslashga 
yordam beradi. 


- 10 - 
Fond birjasi o’z faoliyatida qonun hujjatlariga, birja ustaviga hamda 
qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organi 
bilan kelishilgan birja savdolari qoidalariga amal qiladi. 
Fond birjasi qonunchilikka muvofiq ro’yxatdan o’tkaziladi va u qimmatli 
qog’ozlarga doir birja faoliyati yuritish uchun Davlat mulkini boshqarish 
bo’yicha vakolatli davlat organidan litsenziya oladi. Birja faoliyati yuritish 
uchun litsenziya olmagan tashkilot bunday faoliyat yurtishga haqli emas. Qonun 
hujjatlariga muvofiq fond birjalariga qo’yilgan talablarga javob beradigan 
boshqa birjalar qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli 
davlat organining yozma xulosasi asosida o’zining tuzilmasida fond bo’limlarini 
tuzishga haqli. 
Boshqa birjalarda fond bo’limlarini tuzishga va faoliyatiga qo’yiladigan 
talablar qonunchilikda belgilanadi. 
Qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyat olib borish huquqini 
beruvchi ruxsatnoma (litsenziyasi) bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar fond 
birjasi muassislari bo’lishlari mumkin. 
Fond birjalarining a’zolari birjada brokerlik joyini sotib olgan qimmatli 
qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari bo’lishlari mumkin. Fond 
birjasi a’zolarining soni birjaning boshqaruv organlari tomonidan boshqariladi. 
Fond birjasining a’zolari davlat boshqaruv organlari, prokuratura va sud, 
ularning raxbar xodimlari yoki mutaxassislari bo’lishi mumkin emas. 
Fond birjasi a’zolarini savdolarga qo’yish faqatgina ularda qimmatli 
qog’ozlar bozorida professional faoliyat olib borish uchun tegishli litsenziyaga 
ega bo’lgandan keyin ruxsat etiladi. Boshqa birjaning a’zosi qimmatli qog’ozlar 
bozorida investitsion vositachi sifatida faoliyat olib borish uchun litsenziyaga 
ega bo’lsa fond bo’limlari tomonidan tashkil etilgan savdolarda ishtirok etish 
xuquqiga ega. 
Qimmatli qog’ozlar bilan birja savdosini amalga oshirish qoidalari 
birjaning oliy boshqaruv organi tomonidan qimmatli qog’ozlar bozorini 
tartiblashtirish bo’yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan xolda 


- 11 - 
tasdiqlanadi. 
Qoidalarda quyidagilar nazarda tutilmog’i lozim: 
- mazkur birjada qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi printsiplari; 
- birja oldi-sotdisi qatnashchilarning tarkibi hamda ularga qo’yiladigan 
talablar majmui; 
- birja savdolarining joyi va vaqti to’g’risida ma’lumot; 
- qimmatli qog’ozlarni birja oldi-sotdisiga chiqarish tartibi; 
- birja bitimlarining tavsifi; 
- mijozlar brokerlarga beradigan topshiriq (buyruq) turlari; 
- tuzilgan bitimlar bo’yicha tekshiruv va xisob kitob tartibi; 
- oldi-sotdini tashkil etish; 
- bitimlarni ro’yxatdan o’tkazish va rasmiylashtirish tartibi; 
- qimmatli qog’ozlar muomalasini amalga oshirishda foydalaniladigan 
shartnoma, hisobot, buyurtma va xabarnomalar hamda birjaga oid boshqa 
hujjatlar namunalari. 
Fond birjalari va boshqa birjalarning fond bo’limlari nizom, qimmatli 
qog’ozlar savdosi bo’yicha ichki qoidalar, qimmatli qog’ozlar bozorini 
tartiblashtirish bo’yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan ustav (fond 
bo’limining nizomi) asosida xarakat qiladi.
Fond birjasi quyidagi xuquqlarga ega: 
- birja a’zoligiga kirish uchun zarur bo’lgan qimmatli qog’ozlar bozorining 
professional ishtirokchilariga qo’yilgan minimal majburiy talablarni belgilash; 
- birja savdolarida a’zolar vakillariga qo’yilgan kvalifikatsion talablarni 
belgilash; 
- birja a’zolarining majlislarini chaqirish va tashkillashtirish; 
- ekspert, kvalifikatsion, listing, nazorat, arbitraj komissiyalari, maslaxat va 
ma’lumot byurolarini va ularning ishlari uchun zarur bo’lgan boshqa 
muassasalarni ta’sis etish; 
- o’z ustaviga muvofiq birja a’zolari to’laydigan kirish va joriy badallarni 
belgilab, undirib olish bitimlarni ro’yxatga olganlik texnik xizmat ko’rsatganlik 


- 12 - 
uchun, doimiy va bir galgi mijozlardan birjada bo’lganlik uchun haq belgilab, 
undirib olish, shuningdek birja ustavini, birja yig’ilishlari qoidalarini buzganlik, 
ro’yxatdan o’tkazish yig’imini vaqtida to’lamaganlik uchun jarima va penyalar 
undirib olish; 
- birja buketlari, ma’lumotnomalari, to’plamlarini chop etish; 
- nazorat qiluvchi organlarning qonunga xilof xatti-harakatlari ustidan sud 
tartibida shikoyat qilishga haqlidir. 
Fond birjasi faoliyatining moliyaviy ta’minoti: 
- fond birjasi aktsiyalari va paylarini sotish; 
- fond birjasidagi brokerlik o’rinlarini sotish; 
- fond birjasi a’zolari muntazam to’lab boradigan a’zolik badallari; 
- birja bitimlarini ro’yxatdan o’tkazishda olinadigan yig’imlar; 
- birja ustavida nazarda tutilgan axborot xizmati va boshqa oid xizmatlar 
ko’rsatishdan keladigan daromadlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 
Birja savdosini tashkillashtirish 
Fond birjasida savdolar sessiyalar bilan o’tkaziladi. Bu degani, bir vaqtning 
o’zida birjada har hil turdagi qimmatli qog’ozlar bilan savdo o’tkazilmaydi. 
Masalan, banklar aktsiyalari uchun alohida sessiya belgilanadi, obligatsiyalar 
bo’yicha esa boshqa sessiya o’tkaziladi va h.k. 
Savdo boshlanishiga odatda qimmatli qog’ozlar kurslari ma’lum bo’lib, 
ularning strat kursini kotirovka komissiyasi e’lon qiladi. Keyin esa savdo 
boshlanadi. Savdo turli usullarda o’tkazilishi mumkin, masalan:
- guruhli, ya’ni kun davomida sotish va sotib olish uchun talablar jamlanib, 
bir kunda bir yoki ikki marotaba birja savdosiga qo’yiladi;
- uzluksiz, ya’ni sotish va sotib olishga bo’lgan talablar uzluksiz solishtirib 
boriladi, agar ular mos kelsa, unda savdo sessiyaning istalgan vaqtida sodir 
etilishi mumkin.

Yüklə 469,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin