Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 469,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix10.08.2023
ölçüsü469,19 Kb.
#139080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Fond bozori

1-jadval 
 
O’zbekiston Respublikasida ulushli va qarz korporativ qimmatli qog’ozlar 
bozorlari nisbati dinamikasi
4
 
 
№ 
Yillar 
Aksiya bozori 
Obligatsiya bozori 
Hajmi 
(mlrd. 
so’m) 
ulushi 
%da

Hajmi 
(mlrd. 
so’m) 
ulushi 
%da


2007 yil 


400,8 
98,2 
7,1 
0,17 

2008 yil 
705,7 
99,6 
2,6 
0,04 

2009 yil 
748,1 
99,8 
1,5 
0,02 

2010 yil 
1477,3 
87,9 
203,8 
12,1 

2011 yil 
1501 
93,6 
102,6 
6,4 
4
TMI va TDIU hamkorligida 29.05.2014da tashkil qilingan ilmiy seminarda ma’ruza qilgan prof.Butikovning 
taqdimot materiallaridan olindi 


- 23 - 

2012 yil 
1987,4 
94,9 
106,1 
5,1 

2013 yil 
910,4 
93,1 
67 
6,9 
Yuqoridagi 1-jadval ma’lumotlariga ko’ra qimmatli qog’ozlar bozorida 
aktsiya bozori asosiy qismni tashkil etganligini ko’rishimiz mumkin. Ya’ni 2007 
yilda aktsiya va obligatsiya bozorlarining 98,2 %ini ya’ni 400,8 mlrd. so’mni 
aktsiya bozori tashkil etsa, 0,17%ini ya’ni 7,1 mlrd. so’mni obligatsiya 
bozoritashkil etgan. 2013 yilga kelib obligatsiya bozorining nisbatan 
o’sganligini ko’rishimiz mumkin. 2013 yilda aktsiya va obligatsiya 
bozorlarining 93,1 %ini ya’ni 910,4 mlrd. so’mni aktsiya bozori tashkil etsa, 
6,9%ini ya’ni 67 mlrd. so’mni obligatsiya bozoritashkil etgan. 
Markaz tomonidan uchta me’yoriy xujjat ishlab chikilib, ular O’zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazildi: 
• “Qimmatli qog’ozlar bozorida institutlarning investitsion litsenziyalash 
tug’risidagi Nizom”; 
• “Jismoniy shaxslarni qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarini amalga 
oshirish huquqi bo’yicha qayta attestatsiyadan o’tkazish tug’risidagi Nizom”; 
• “Xususiylashtirish investitsiya fondlari aktsiyalarini dastlabki tarkatishda 
aholiga sotish tartibi”. 
Qimmatli qog’ozlar bozorining malakali qatnashchilari: moliyaviy 
brokerlar, dilerlar, investitsion maslahatchilar, investitsiya kompaniyalari, inve-
stitsiya fondlari, boshqaruvchi kompaniyalar, depozitariylar, hisob-kitob kliring 
palatalari, qimmatli qog’ozlar egalarining reestr saqlovchilari, qimmatli 
qog’ozlarni nominal saqlovchilar bilan birga respublika fond birjasi va boshqa 
investitsion institutlarning boshqa turlari qimmatli qog’ozlar bozorining 
infratuzulmasini tashkil etadi. 
4. O’zbekiston Respublikasining halqaro sarmoya bozoriga integratsiyasi 
va infratuzulmasini tashkil etish. 
Markazning 1998-2000 yillardagi faoliyatidagi eng asosiy yo’nalishlardan 
biri O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 6.05.1999 yildagi 195-


- 24 - 
F-sonli farmoyishi bilan tasdiklangan “O’zbekiston fond bozorining halkaro 
sarmoya bozoriga integratsiyasi bo’yicha bosqichma-bosqich xarakatlar rejasi”ni 
uz mudatida va sifatli amalga oshirish hisoblanadi. 
Halkaro tashkilotlar va moliya institutlar bilan xamkorlikda xorijiy 
sarmoyalarni uzbek emitentlarining qimmatli qog’ozlariga jalb etilishi ishlari 
olib boriladi. 
Shuni qayd etish zarurki, xozirgi paytda respublika qimmatli qog’ozlar 
bozori uchun birlamchi emissiya va aktsiyalarni birlamchi investorlar o’rtasida 
joylashtirish xosdir. 
O’zbekistonda ikkilamchi fond bozori endi shakllanib kelmokda. 
Mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozori barcha rivojlanagtgan fond 
bozorlari kabi katta kiyinchiliklarga duch kelmokda. Ulardan birinchisi qimmatli 
qog’ozlarning likvidligidir. Shuning uchun bozorning likvidligini oshirishni 
tashkil etishni takomillashtirish, birja va birjadan tashqari bozorlar tuzilmasini 
rivojlantirish, qimmatli qog’ozlar muomalasi va ularning xarajatlarini 
kamaytirish, axborot olish imkoniyatlarini oshirish zarur. Hozirgi kunda 
qimmatli qog’ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida savdolar xajmi 
o’sish dinamikasi kuzatilmoqda. 
Birinchi navbatda fond birjasi ishlarini Jaxon standartlari darajasiga 
kutarish, qimmatli qog’ozlar listingi va kotirovkasi tartibini joriy etish, fond 
bozorini asosiy tuzilmalari: birjalari, depozitariylar va hisob-kitob kliring 
tashkilotlarining avtomatlashtirilgan aloka tizimlarini yaratish zarur. 
Anderrayting va diler operatsiyalarini amalga oshiruvchi investitsion 
kompaniyalarni yaratish va ularni faoliyatini faollashtirishga aloxida axamiyat 
berish lozim. 

Yüklə 469,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin