Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi


birjalari  - 16 -  2-rasm



Yüklə 469,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix10.08.2023
ölçüsü469,19 Kb.
#139080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Fond bozori

birjalari 


- 16 - 
2-rasm 
Qimmatli qog’ozlar bozorining tarkibiy 
tuzilmasi
3
 
Yuqoridagi chizmadan ko’rinib turibdiki, fond(birja) bozoridan tashqari 
qimmatli qog’ozlarning birjadan tashqari bozori mavjud. Ushbu bozorda depozit 
sertifikatlari, veksellar, depozit jamg’arma sertifikatlari olib sotiladi. Biz bitiruv 
malkaviy ishi ishimiz Respublikamizdagi fond bozorini “Toshkent” Respublika 
fond birjasi rivojlanish bosqichi asosida yoritamiz. 
Xalqaro amaliyotda ochiq huquqiy fond birjalari o’z faoliyatini davlat 
tashkiloti maqomida olib boradilar va ular doimiy ravishda davlatning vakolatli 
organlari tomonida nazorat etib boriladi. 
Bunday birjalar faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatlarda davlatning vakolatli 
organlari qimmatli qog’ozlar bilan savdo sotiq qilish tartibini ishlab chiqishda 
ishtirok etadi, bu bu tartibning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi., hamda 
nazorat qilib boradi., fond birjasi faoliyat ko’rsatish uchun birja maklerlarini 
tayinlaydi, ularni ishdan chetlaydi va boshqalar. Fond birjalarining bunday 
shakllari Germaniyadagi Frankfurt fond birjasi (Frankfurter Wertpapier 
bourse),Nemis muddatli shartnomalar birjasi(Deutshe termin borse ) va 
Frantsiyadagi Parij fond birjasi (Paris Bourse) shakllangan va o’z faoliyatini olib 
bormoqdalar. 
Aralash mulkchilikdagi fond birjalari aktsiyadorlik jamiyatlari shaklida 
tashkil etiladi, lekin ustav kapitalining 50% dan kam bo’lmagan ulushi davlatga 
3
Tadqiqotni olib borish davomida turli ilmiy adabiyotlar asosida aks ettirildi. 
Qimmatli qog’ozlar bozori 
Fond (birja) bozori 
Birjadan tashqari 
bozori 


- 17 - 
tegishli bo’ladi, qolgan qismi esa yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’ladi. 
Fond 
birjalarining 
bunday 
shakllari 
Shveytsariyadagi 
Tsyurix 
fond 
birjasi(Zuzich Stock Exchange), Italiyadagi Milan fond birjasi(Borsa Valori di 
Milano), Avstiriyadagi, Shveytsiyadagi fond birjalari shakllangan va ular o’z 
faoliyatini olib bormoqdalar. Fond birjalari iqtisodiyoti bozor munosabatlariga 
o’tayotgan mustaqil davlatlarda ham alohida ahamiyatga ega.
Mamlakatimiz fond bozori O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka 
erishganidan so’ng 90 yillar boshlarida yuzaga chiqdi. Mamlakatimizda fond 
bozorini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish uchun kerakli bo’lgan 
bilim va tajribalarning yo’qligi sababli davlat ishtirokchilarini fond bozorini 
rivojlantirishning xalqaro tajribasini chuqur o’rgangan holda va xo’jalik 
yuritishning yuzaga kelgan ichki o’ziga xos amaliyotning umumlashtirgan holda 
olib borishni talab etdi. Bunda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (Jahon 
banki), Uvropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, 
O’ttizlik guruxi( O’zlarining qimmatli qog’ozlar bozorlarini tashkil etishni 
boshlayotgan barcha mamlakatlarga yagona bo’lgan yondashuvlvr qva 
qoidalarni tavsiya etuvchi xalqaro tashkilot) kabi turli yirik xalqaro 
tashkilotlarning tavsiyalari inobatga olindi. 
Mazkur tavsiyalarning mamlakatlar o’zlarining fond bozorlari tizimini 
yaratishda yo’l qo’ygan xatolarini takrorlamaslik imkonini beradi. Ushbu 
tamoyilning bosqichma bosqich va izchil hayotga tatbiq etilishi sezilarli 
natijalarga erishish imkonini berdi. 
Mamlakatimizda 1991 yilning bahor oylarida O’zbekiston Respublikasi 
hukumatining qarori bilan mamlakatning eng yangi tarixida birinchi toshkent 
O’zbekiston Respublikasi tovar xom ashyo birjasi tashkil etildi. Shu yilning yoz 
oylarida birja savdolarining shiidat bilan o’sishi birja ustav sarmoyasining 
oshirilishi, uning ishtirokchilari tarkibini kengaytirilish zaruratini keltirib 
chiqardi.1991 yilning avgustida O’zbekiston tovar xom ashyo birjasi ma’suliyati 
cheklangan 
jamiyat 
Toshkent 
Respublika 
universal 
tovar 
fond 
birjasi(qisqartirilgan nomi Toshkent fond birjasi)ga aylantirildi va uning 


- 18 - 
tarkibida qimmatli qog’ozlar borining dastlabki tashkiloti fond bo’limi ochildi. 
Ushbu fond bo’limi zimmasiga qimmatlt qog’ozlarning uyuo’gan Respublika 
bozorini tashkil etish(fond boyliklari bilan birja savdolarini tashkil qilish), 
birjaning ustav sarmoyasini shakllantirish maqsadida joylashtirish vazifalari 
yuklatildi. 
1992 yilning yanvar oyida toshkent birjasining Fond bo’limi O’zbekiston 
Respublikasida birinchi bo’lib qimmatli qog’ozlar bilan muntazam savdolarni 
o’tkazishga kirishdi. 1992 yilda Toshkent birjasini fond bo’limining qimmatli 
qog’ozlar bilan operatsiyalar bo’yicha aylanmasi 26.0 mln rublni tashkil qildi. 
Bu ko’rsatkich Rossiya federatsiyasining dongdor fond birjalarining xuddi 
shunday ko’rsatkichlari bilan taqqoslanadigan darajada edi. Fond bozorining 
mamlakat miqyosida dastlabki yirik muassasa bo’lgan fond bo’limi nafaqat 
dastlabki emitentlar va sarmoyadoralarning balki O’zbekiston Respublikasining 
moliya vazirligining ham e’tiborini tortdi. O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi o’sha vaqt endigina fond bozoriga nisbatan munosabatlarni belgilay 
boshlab, uni tartibga solib turishga urinib ko’rdi. 
O’zbekiston Respublikasi fond bozorining malakali ishtirokchilarini 
shakllantirish bo’yicha katta ishlar amalga oshirila boshladi. Bu olib olib 
borilgan maqsadli ishlar natijasida mamlakatimizda milliy fond bozorining 
malakali ishtirokchilari toifasi shakllantirildi va ular hozirda fond bozorida 
faoliyat ko’rsatib kelishmoqda.
O’zbekiston Respublikasida qimmatli qog’ozlar bilan savdo savdo 
hajmlarining muntazam ravishda o’sib borishi natijasida mamlakatimizda 1993 
yil 2 sentyabrda “Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida”gi qonuni qabul 
qilindi. Ushbu qonunning 17 moddasida ilk bor fond birjasi tushunchasiga ta’rif 
berildi. Unga asosan “Fond birjasi qimmatli qog’ozlar bilan bir maroida 
muomalada bo’lishning zarur shart sharoitini ta’minlash, ularning bozor 
bahosini (qimmatli qog’ozlar talab va taklifi o’rtasidagi muvozanatni aks 
ettiruvchi narxlarni) belgilash va ularga doir ma’lumotlarni keragicha tarqatish, 
qimmatli qog’ozlar qatnashchilarining kasb mahoratini yuqori darajada saqlab 


- 19 - 
borish faoliyatining alohida soxasi bo’lgan tashkilotdir”. 
Fond birjasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, 
birja ustaviga hamda qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq xizmatlarni amalga 
oshirishning ichki qoidalariga amal qiladi. 
Mamlakatimizda ushbu qonunni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1994 yil 8 aprelda “Iqtisodiy islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish, xususiy mulkchilikning himoya etishni ta’minlash va qimmatli 
qog’ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 
qaror qabul qilindi. Ushbu qonunchilik hujjatlariga asosan uning negizida, uning 
nomini, avvalgi rasmiy belgisini bir o’rkachli tuya(matonatlilik va chidamlilik 
ramzi) fond birjalari faoliyati ko’rsatishining mumtoz tamoyillariga asoslangan 
operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga amal qilish an’analarini saqlab 
qolgan yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi “Toshkent” Respublika 
fond birjasi tashkil etildi. 
O’z faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab “Toshkent” Respublika 
fond birjasi tarmoq dasturiy mahsulotlarni yaratishga ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlarni jalb etish bilan birga savdolarning elektron birja tizimini barpo 
qilish, shuningdek, aktsiyalashtirish va aktsiyalarni xarid qilish tashviq qilish 
bo’yicha faol ishlarni boshlab yubordi. 
Barcha fond birjalarida bo’lganligi kabi “Toshkent” Respublika fond 
birjasida ham birja savdolarida ishtirok etish uchun faqat O’zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirligining qimmatlt qog’ozlar bilan operatsiyalarni 
amalga oshirish huquqini beruvchi maxsus litsenziyaga bo’lgan birja a’zolariga 
ruxsut etildi. Faoliyatining dastlabki yilida “Toshkent” Respublika fond birjasi 
o’z qo’li ostiga 250 nafar a’zolarini birlashtirdi, ularning deyarli to’rtdan bir 
qismini xususiy shaslar tashkil etdi. Birja a’zoligiga kirish shartlari brokerlik 
joylarining sotib olinishi va muntazam a’zolik badallarining to’lanilishini 
nazarda tutdi. 
Qimmatliqog’ozlar bilan savdo qilishning amaldagi tizimining tegishlicha 
ishlashini ta’minlaydi, uning faoliyat ko’rsatishini nazorat qiladi, takomillashuvi 


- 20 - 
ustida ish olib boradi. Birja savdo tizimlarining rivojlanishini birjani faoliyat 
ko’rsatishining boshlang’ich bosqichidan (u vaqtda savdolar bitta binoda "ovoz 
orqali" o’tkazildi (1994-1995 y.y.)), oraliq bosqichidan (unda savdolar "ovoz 
orqali", lekin se-lektor aloqasi orqali birjaning viloyatlardagi mintaqaviy 
bo’linmalarini qo’shish bilan (1995— 1996 y.y.)) boshlab va to hozirgi 
bosqichgacha (unda savdolarning elektron tizimi mavjud bo’lib, uning faoliyat 
ko’rsatishi zamonaviy asbob-uskuna va aloqa vositalari, shu jumladan, yo’ldosh 
aloqasi bilan jihozlangan yagona savdo majmuasini ta’minlaydi) kuzatish 
mumkin. 
Hozirgi paytda “Toshkent” Respublika fond birjasi mamlakatimiz moliya 
tizimining tez rivojlanayotgan tuzilmalaridan biri bo’lib, sarmoya bozorining 
fond ulushi o’zgarishlariga katta ta’sir ko’rsatdi. Shuni ta’kidlash lozimki, 
“Toshkent” Respublika fond birjasining faol pozitsiyasi sababli qisqa muddatda 
rivojlangan qimmatli qog’ozlar savdo tizimining tashkiliy texnik, huquqiy va 
iqtisodiy asoslari yaratildi. Hozirda birja O’zbekiston Respublikasining barcha 
hududlarida o’z filiallariga ega. 
Xalqaro amaliyotda xorijiy mamlakatlarning yirik birjalari faoliyatini 
rivojlantirishda yagona xalqaro savdo tizimiga ulanish alohida ahamiyat kasb 
etmoqda. “Toshkent” Respublika fond birjasida ham jahon qimmatli qog’ozlar 
bozoriga integratsiya yo’nalishida faoliyat amalga oshirilmoqda. 1995 yilda 
xalqaro tashkilotning qarorgoxi Istambul shahrida joylashgan Uvroosiyo 
federatsiyasiga (FEAS) qo’shildi. 1999 yilning sentyabr oyida Frankfurt fond 
birjasi bilan o’zaro hamkorlik va ma’lumotlar ayirboshlash yuzasidvn shartnoma 
imzolandi. 2004 yilning 23 iyulida “Toshkent” Respublika fond birjasi va 
london fond birjasi o’rtasida o’zaro hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. 
Bundan tashqari hozirgi vaqtda “Toshkent” Respublika fond birjasi va quvayt 
avtomatlashtirilgan savdo tizimi (Kuwait Automated Trading System) 
departamenti Bilan o’zaro hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar olib borildi. 
Toshkent" Respublika fond birjasi ochiq aktsiyadorlik jamiyati shaklida 
tashkil etilganligi tufayli uni boshqarish organlarining tarkibi o’ziga xos 


- 21 - 
xususiyatga ega. Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi boshqaruvning oliy organi 
hisoblanadi, 
bu 
faqat 
investitsiya 
muassasalari 
bo’lishi 
mumkin. 
Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishlari oralig’idagi davrda birjani boshqarish 
bilan 
Kuzatuvchi 
kengash 
shug’ullanadi. 
Kengashning 
a’zolari 
Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan saylanadi. Birjaning joriy 
faoliyatini boshqarishni birja a’zolaridan tarkib topgan Boshqaruv amalga 
oshiradi, unga Rais boshchilik qiladi. Boshqaruv faoliyatini tekshiruvchi organ 
Taftish komissiyasi bo’lib, uning xulosalarisiz Aktsiyadorlarning umumiy 
yig’ilishi Boshqaruvning yillik hisobotini tasdiqlash xuquqiga ega emas. 
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, mamlakatimizda fond 
bozorining dvigateli hisoblangan m tashkil etilgan va o’z faoliyatini olib 
bormoqda. Biz “Toshkent” Respublika fond birjasining tuzilishi, faoliyati va 
savdo aylanmalarini tahlil etishga harakat qilamiz. 
Mamlakatimizda fond birjasini shakllanishi va uni rivojlantirish 
bosqichlarini yoritib berishga harakat qilamiz. 

Yüklə 469,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin