Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi


-jadval  O’zbekistonda aktsiyalarning birjaviy va nobirjaviy bozorlarda savdosi



Yüklə 469,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix10.08.2023
ölçüsü469,19 Kb.
#139080
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Fond bozori

3-jadval 
O’zbekistonda aktsiyalarning birjaviy va nobirjaviy bozorlarda savdosi 
nisbati
6
 
 
№ 
Yillar 
Birjaviy bozor 
Nobirjaviy bozor 
Hajmi 
(mlrd. 
so’m) 
ulushi 
%da

hajmi 
(mlrd. 
so’m) 
ulushi 
%da


2007 yil 


114,7 
28,6 
286,1 
71,4 

2008 yil 
111,9 
15,9 
593,8 
84,1 

2009 yil 
89,9 
13,4 
580,8 
86,6 

2010 yil 
64,3 
4,2 
1477,3 
95,8 

2011 yil 
213,1 
14,2 
1287,9 
85,8 

2012 yil 
170,7 
8,2 
1922,8 
91,8 

2013 yil 
93,2 
9,5 
884,2 
90,5 
Yuqoridagi 6-jadvalda O’zbekistonda aktsiyalarning birjaviy va nobirjaviy 
bozorlarda savdosi nisbati keltirilgan. Ushbu jadval ma’lumotlariga ko’ra 2007 
yilda savdoda bo’lgan jami aktsiyalarning 114,7 mlrd. so’mlik qismi, ya’ni 28,6 
%i birjaviy bozorlarda, 286,1 mlrd. so’mlik qismi, ya’ni 71,4%i nobirjaviy 
bozorlarda sotilgan. 2013 yilda esa savdoda bo’lgan jami aktsiyalarning 93,2 
mlrd. so’mlik qismi, ya’ni 9,5 %i birjaviy bozorlarda, 884,2 mlrd. so’mlik qismi, 
ya’ni 90,5%i nobirjaviy bozorlarda sotilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, 
aktsiyalarning aksariyat qismi nobirjaviy bozorlarda sotilgan.
Investitsiya fondining faoliyati. Investorlarning pul mablag’larini ishga 
solish maqsadida aktsiyalar sotib oladigan va chiqaradigan xamda mablag’larni 
fond nomidan qimmatli qog’ozlarga, banklardagi hisob varakalarga va 
omonatlarga kuyadigan yuridik shaxs investitsiya fondidir. Investitsiya 
fondlarining mablag’larini bunday kuyish bilan bog’lik tavakkalchiligi, bu 
mablag’larning bozoridagi kadri uzgarishidan keladigan daromad va kuriladigan 
zarar to’la-tukis ushbu fond egalari (aktsiyadorlari) hisobiga o’tkaziladi va ular 
6
TMI va TDIU hamkorligida 29.05.2014da tashkil qilingan ilmiy seminarda ma’ruza qilgan prof.Butikovning 
taqdimot materiallaridan olindi 


- 30 - 
tomonidan fond aktsiyalarining joriy narxlari uzgarishi hisobiga realizatsiya 
kilinadi. Banklar va sug’urta kompaniyalari investitsiya fondlari bo’la olmaydi. 
Boshqaruvchi kompaniyaning faoliyati. Boshqa investitsiya institutlarining, 
yuridik va jismoniy shaxslarning sohasida faoliyat ko’rsatadigan, shuningdek 
qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisini amalga oshiradigan investitsiya instituti 
boshqaruvchi kompaniya deb ataladi. Yuridik shaxsning egalik kilish uchun 
o’ziga berilgan va boshqa bir shaxsga tegishli bo’lgan, mazkur shaxs yoki bu 
shaxs kursatgan uchinchi shaxslar manfaatlarini kuzlab: qimmatli qog’ozlarni; 
qimmatli qog’ozlarni investitsiyalashga muljallangan pul mablag’larini; 
qimmatli qog’ozlarni boshqarish jaragnida olinadigan pul mablag’lari xamda 
qimmatli qog’ozlarni xak evaziga boshqarish vakolatini muayyan muddat 
davomida uz nomidan amalga oshirishi qimmatli qog’ozlarni boshqarish 
sohasidagi faoliyat hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlarni boshqarish faoliyatini 
amalga oshirish tartibi qonun xujjatlari va shartnomalari bilan belgilanadi. 
Depozitar faoliyat. Qimmatli qog’ozlarni saqlash va (yoki) bu qimmatli 
qog’ozlarga bo’lgan huquqlarni hisobga olib borish bo’yicha xizmatlar 
ko’rsatish depozitar faoliyat deb hisoblanadi. Depozitar faoliyat bilan 
shug’ullanadigan investitsiya instituti depozitariy deb ataladi. faqat yuridik 
shaxsgina depozitariy bo’la oladi. Depozitariy qimmatli qog’ozlarni saqlash va 
(yoki) bu qimmatli qog’ozlarga ega bo’lgan huquqlarni hisobga olib borish 
sohasidagi xizmatlaridan foydalanuvchi shaxs deponent deb ataladi. Investorlar 
uz aktsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlari saqlanishini ta’minlash maqsadida 
qimmatli qog’ozlarni: kog’oz sertifikatlari; kompyuterdagi elektron buxgalteriya 
yozuvlari shaklida saqlash va almashish huquqiga egalar. Deponentlarning 
qimmatli qog’ozlariga depozitariyning majburiyatlari bo’yicha undiruv 
karatilishi mumkin emas. Markaziy depozitariyning xizmatlar ko’lami matritsasi 
mavjud. 
Qimmatli qog’ozlar yuzasidan uzaro majburiyatlarni aniqlash va hisobga 
olish. O’zaro majburiyatlarni belgilash, aniqlash va hisobga olishga doir faoliyat 
kliring deb hisoblanib, bu faoliyat bitimga doir axborotni to’plash, solishtirish, 


- 31 - 
unga tuzatish kiritish xamda qimmatli qog’ozlarga doir fukaroviy huquqiy 
bitimlarni ijro etish uchun buxgalteriya xujjatlarini tayyorlash operatsiyalarini 
nazarda tutadi. Qimmatli qog’ozlarga doir bitimlar bo’yicha hisob-kitob kliring 
operatsiyalarini amalga oshiruvchi investitsiya institutlari hisob-kitob kliring 
palatasi deb ataladi. 
Qimmatli qog’ozlarga doir operatsiyalar yuzasidan hisob-kitob olib 
borilishi munosabati bilan kliringni amalga oshiruvchi tashkilotlar uzaro 
majburiyatlarni aniqlash chog’ida tayyorlab qo’yilgan qimmatli qog’ozlar, pul 
mablag’lari va buxgalteriya xujjatlarini ijroga kabul kilib olagtganlarida 
qimmatli qog’ozlar bozorining kaysi qatnashchisi uchun hisob-kitob ishlari 
amalga oshirilagtgan bo’lsa, shu qatnashchi bilan tuzgan uz shartnomalariga 
asoslanadilar. 
Qimmatli qog’ozlar egalari reestrini yuritish sohasidagi faoliyat. Qimmatli 
qog’ozlar egalari reestrini yuritish tizimini tashkil etadigan va bu tizimga 
taalukli bo’lgan ma’lumotlarni to’plash, qayd etish, qayta ishlash, saqlash va 
takdim etish qimmatli qog’ozlar egalari reestrini yuritish sohasidagi faoliyat deb 
hisoblanadi. 
Qimmatli qog’ozlar egalari reestrini yuritish bo’yicha xizmat ko’rsatish 
bilan shug’ullanuvchi investitsiya instituti qimmatli qog’ozlar egalari reestrini 
saqlovchi (reestr saqlovchi) deb ataladi. 
Qimmatli qog’ozlar egalari reestri ro’yxatdan o’tkaziltan qimmatli 
qog’ozlar egalarining istalgan sanadagi xolat bo’yicha tuzilgan ro’yxati bo’lib, 
ularga qarashli egasi yozilgan qimmatli qog’ozlarning mikdori, nominal kiymati 
va toifasi ushbu ro’yxatda kursatiladi. Emitent yoki uning topshirig’i asosida 
reestr yuritish faoliyatini amalga oshiradigan investitsiya instituti reestr 
saqlovchi bo’lishi mumkin. 
Agar qimmatli qog’ozlar egalarining soni 500 dan oshib ketsa, reestr 
saqlovchi reestr yuritishga ixtisoslashgan mustakil tashkilot bo’lishi kerak. 
Quyidagilar qimmatli qog’ozlar egalari reestrini saqlovchi bo’la olmaydilar: 
• jismoniy shaxslar; 


- 32 - 
• shu aktsiyadorlik jamiyatining aktsiyadorlari bo’lgan yoki uni 
aktsiyalarini nazorat kiladigan yuridik shaxslar. Qimmatli qog’ozlar egalari 
reestrini yuritish bo’yicha faoliyat olib boruvchi yuridik shaxs emitentning 
qimmatli qog’ozlar egalari reestrini yuritish tizimida ro’yxatga olingan qimmatli 
qog’ozlari yuzasidan bitimlar tuzishga xaqli emas. 
Qimmatli qog’ozlar egasining yoki u vakil kilingan shaxsning topshirig’i 
bilan va uning nomidan qimmatli qog’ozlar yuzasidan bitim.lar tuzuvchi 
banklar, depozitariylar (investitsiya fondi aktsiyalaridan tashqari), investitsiya 
institutlari qimmatli qog’ozlarni nominal saqlovchilar bo’lishi mumkin. 
Qimmatli qog’ozlarni nominal saqlovchi boshqa shaxsning topshirig’iga 
muvofiq uzi saklayotgan qimmatli qog’ozlar yuzasidan: 
• ushbu shaxs mazkur qimmatli qog’ozlar bo’yicha o’ziga tegishli kerak 
bo’lgan xamma tulovlarni olishini ta’minlashga karatilgan xarakatlarning 
barchasini amalga oshirish; 
• qimmatli qog’ozlar yuzasidan bitimlar va operatsiyalarni faqat o’ziga 
aktsiyalarni saqlab turish haqida topshiriq bergan shaxsning topshirig’iga 
muvofiq va u bilan tuzilgan shartnomaga ko’ra amalga oshirish; 
•boshqa shaxslarning topshirig’iga ko’ra o’zi saqlab turgan qimmatli 
qog’ozlar hisobini balansdan tashqarida alohida hisob varakalarda hisobga olib 
borishi va qimmatli qog’ozlarni saqlab turish haqida topshiriq bergan 
shaxslarning talablarini kondirish maqsadida ushbu hisob varakalarda doimo 
etarli mikdorda qimmatli qog’ozlarga ega bo’lishi kerak. 
Qimmatli qog’ozlarni nominal saqlovchi qimmatli qog’ozlar reestrini 
saqlovchiga qimmatli qog’ozlarni saqlash bo’yicha topshiriq bergan shaxslar 
tug’risidagi ma’lumotlarni yilda kamida bir marta takdim etib, qimmatli 
qog’ozlar sonini va toifalari (turlari)ni ko’rsatishi shart. Qimmatli qog’ozlarni 
nominal saqlovchi uz mijozlarining topshirig’iga binoan saqlab turgan qimmatli 
qog’ozlar nominal saqlovchining kreditorlari foydasiga undirib olinishi mumkin 
emas. 


- 33 - 
Investitsiya maslahatchisi, investitsiya fondi va boshqaruvchi kompaniya 
faoliyatini amalga oshirish uni qimmatli qog’ozlar bozoridagi professional 
faoliyatning boshqa turlari bilan qo’shib olib borishga yo’l ko’yilmaydi. 
Qimmatli qog’ozlar bozorining ayrim ishtirokchilari huquqlarini hisobga 
olishning joriy tizimi mavjud. Reestrni yuritish faoliyatini amalga oshirish uni 
qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatning boshqa turlari bilan (depozitar 
faoliyat turidan tashqari) qo’shib olib borishga yo’l ko’yilmaydi. Qimmatli 
qog’ozlar yuzasidan faoliyat turlarini qo’shib olib borish va operatsiyalar 
o’tkazish sohasidagi qo’shimcha cheklashlar davlat vakolat bergan organ 
tomonidan belgilanadi. 
Qimmatli qog’ozlar bozorining davlat boshqaruvi vakolatli organlari 
tomonidan: 
• qimmatli qog’ozlar va emissiya prospektlarini chiqarishni ro’yxatga olish, 
emitentlarning ularda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarga rioya kilishlari 
ustidan nazoratni amalga oshirish;
• qonunga muvofiq qimmatli qog’ozlar tug’risidagi axborot emitentlar va 
qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilari tomonidan ma’lum kilinishini 
ta’minlash; 
• mutaxassislarni attestatsiyalash, investitsiya institutlari faoliyatini 
litsenziyalash va nazorat kilish; 
• investorlar xamda qimmatli qog’ozlar bozorining boshqa ishtirokchilari 
bergan shikoyatlarni kurib chiqish va qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilari 
bajarishi majburiy bo’lgan xulosalar chiqarish, kursatmalar berish yo’li bilan 
amalga oshirish. 
O’zbekiston Respublikasi xududida qimmatli qog’ozlar yuzasidan 
tuziladigan bitimlarni tartibga solish birjalardagi va birjadan tashqaridagi oldi-
sotdi bitimlarga, shuningdek qimmatli qog’ozlarni sovg’a qilish, meros qilib 
olishga, ustav fondiga kiritishga hamda ularning mulklari o’zgarishiga olib 
keladigan boshqa xarakatlarni amalga oshirishga nisbatan qo’llaniladi. 


- 34 - 
Investitsiya institutlari bitimlarni faqat qonun xujjatlarida belgilab 
qo’yilgan shakldagi topshiriq shartnomalari yoki vositachilik xaklari asosida 
ularda ko’rsatilgan barcha zarur shartlarga aniq rioya kilgan xolda mijozlar 
hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 
Qimmatli qog’ozlar bozoridagi professional faoliyat davlat vakolat bergan 
organ tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma - litsenziya asosida amalga 
oshiriladi. Litsenziya bsrgan organ investitsiya institutlari faoliyatini nazorat 
kilib turadi va qonun xujjatlari buzilgan takdirda berilgan litsenziyani chiqarib 
olish tug’risida karor kabul kiladi.
Davlat tomonidan vakolat bergan organ qimmatli qog’ozlar bilan zarur 
darajada professional faoliyat kursatilishini ta’minlash maqsadida: jismoniy 
shaxslar (investitsiya institutlari va fond birjalarining xodimlari) qimmatli 
qog’ozlar bozori mutaxassisi malaka guvoxnomasini olishlari uchun ular oldiga 
qo’yiladigan malaka talablarini; o’z mablag’lari etarli bo’lishining majburiy 
normativlarini va qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar 
bo’yicha tavakkalchilikni cheklovchi boshqa ko’rsatkichlarni belgilaydi. 
Banklar qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyatni investitsiya 
institutlari uchun qonunda belgilab qo’yilgan tartibda amalga oshiradilar. 
Faoliyatning ta’qiqlangan turlari quyidagilardir: 
• davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan xolda yoki qimmatli qog’ozlarga 
taaluqli axborotni oshkor etmasdan qimmatli qog’ozlar emissiyasini amalga 
oshirish; 
• tegishli litsenziyasiz qimmatli qog’ozlar bozorida faoliyatni amalga 
oshirish; 
• soxta bitimlar, talablarni uzaro hisobga olish, kiska muddatli sun’iy 
bitimlarni amalga oshirish orqali qimmatli qog’ozlar bozorida manipulyatsiya 
kilish; 
• muhim axborotdan qonunga xilof ravishda foydalanish; 
• ayrim qatnashchilarning mavkeida ustunlik yaratish maqsadida kandaydir 
belgilarga karab qimmatli qog’ozlar bozorini bulish; 


- 35 - 
• qimmatli qog’ozlar bozorida savdo kilishning qonun xujjatlarida 
belgilangan asosiy printsiplariga zid boshqa xatti xarakatlarni amalga oshirish. 
Qimmatli qog’ozlar bozorining o’ta murakkabligi va uning tez 
o’zgaruvchanligi, ishtirokchilar sonining ko’pligi va xilma-xilligi, katta 
xajmlarda shartnomalar va amallarning bajarilishi, xar xil turdagi axborotlarning 
bajarilishi, xar xil turdagi axborotlarning mavjudligi va ularning almashinib 
turishi va boshqa omillarning kimmatli kkog’ozlar bozorida turli gayriqonuniy 
ishlarning yuz berishiga sabab bo’lishi mumkin.
Bunday xol investorlarning manfaatlari va huquqlarini paymol kilishga, 
ularning fond bozoriga nisbatan ishonchlarini kamaytirish, pirovard natijada esa 
bozorning nufuzini pasaytirishi mumkin.
Shu sababli qimmatli qog’ozlar bozori davlat boshqaruvi vakolatli 
organlari tomonidan nazorat kilib turiladi va boshqariladi. 


- 36 - 
4-jadval

Yüklə 469,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin