Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi


 Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida fond bozorini



Yüklə 469,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix10.08.2023
ölçüsü469,19 Kb.
#139080
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Fond bozori

 
4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida fond bozorini 
takomillashtirish yo’llari 
Respublikamizda me’yoriy-huquqiy bazaning shakllanishi bilan birga 
qimmatli qog’ozlar bozori institutsional infratuzilmasi xam shakllandi. Xozirgi 
kunga kelib uning barcha asosiy institutlari faoliyat ko’rsatmoqda. Qimmatli 
qog’ozlar bozori infratuzilmasining faol shakllanishiga karamasdan, xorijiy fond 
bozorida mustahkam urnini topa olgan bir kator institutlar deyarli mavjud emas.
Bu institutlar katoriga transfer-agentlik xizmatlarini ko’rsatuvchi, ya’ni 
moliyaviy institutlar va ularning mijozlari orasida xujjatlarni oldi-berdi 
xizmatlarini ko’rsatuvchi institutni misol keltirish mumkin. Transfer-agentlik 
tarmogini shakllantirish, investorga uning kaerda joylashishidan kat’iy nazar, 
birgina transfer-agentiga murojaat kilib chegaralanmagan investitsion institutlar 
xizmatidan foydalanish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, birja listingiga kirishga tayyorlaydigan va yordam beradigan 
«promouterlar» deb nomlanuvchi maxsus investitsion institutlar mavjud emas. 
Respublika fond bozorida sug’urta tashkilotlarining faoliyati deyarli sezilmaydi, 
ammo dunyoda sarmoyadorlar huquqini ximoya kilish maqsadida sug’urta 
mexanizmi keng qo’llaniladi. Ushbu mexanizm infratuzilmali xatarlarni maxsus 
kompaniyalar zimmasiga yuklash imkoniyatini beradi.
Bugungi 
kundagi 
asosiy 
amaliy 
vazifa 
ikkilamchi 
bozorni 
rivojlantirishdir.Zero uning rivojlanishi darajasiga karab umuman kimmatli 
kogozlar bozori tugrisida xulosa chikariladi.Kimmatli kogozlar bozorini davlat 
tomonidan boshkarish organlari , uning infratuzilmasi muassasalari, barcha 
darajadagi olimlar va amaliyotchilarning sa’y-xarakatlari fynan shu muammoni 
xal etishga yunaltirilishi lozim. Ikkilamchi bozorni rivojlantirish uchun kuyidagi 
ikki muammoni xal etishimiz lozim: 
1. Kimmatli kogozlar va birinchi galda aktsiyalarning likvidligini sezilarli 
darajada oshirish. 


- 38 - 
2. Bu kimmatli kogozlar va ularning emitentlari tugrisidagi axborotning 
oshkor etilishi masalasi
1.Qimmatli qog’ozlar bozori real sektorga investitsiyalarni jalb kilish 
mexanizmiga aylanishi kerak.
2.Iqtisodiy 
o’sishni jadallashtirish uchun O’zbekistonning pul 
mablag’laridagi extiyojlarini salmoqli qismini koplaydigan uzoq muddatli 
xorijiy sarmoyalarni jalb kilish kerak. (Xitoy 90-yillarda 240 mlrd. AQSh 
doll.investitsini jalb qilgan). 
3.MDX davlatlarining yagona fond bozorini yaratish.(yoki, kamida erkin 
savdo zonasi), «yagona pasport» (litsenziyalarni, shaxodatnomalarni va 
emissiyalarni uzaro tan olish), fond bozorining umumiy infratuzilmasi, 
bozorning savdo va boshqa tizimlarini birlashishi, Toshkent shaxrida ushbu 
zonaning moliyaviy aktivlari savdosining markazini shakllantirish (aks xolda, 
MDX davlatlarining qimmatli qog’ozlari Venada, Istambulda, Berlinda yoki 
boshqa davlatda mujassamlanadi. 
Bozor munosabatlari sharoitida davlatning fiskal jamgarmalari emas, 
balki korxonalar va axolining banklar va moliya tizimidagi, shu jumladan uning, 
davlat segmentlaridagi jamgarmalarini samarali tarzda investitsiyalarga 
aylantirish imkonini beruvchi qimmatli qog’ozlar bozorining xilma-xil vositalari 
xal kiluvchi rol uynashi mumkin. 
Qimmatli qog’ozlar bozorining faolligini ta’minlash uchun kuyidagilarni 
amalga oshirish zarur deb xisoblaymiz. 
Qimmatli 
qog’ozlar 
bozorini 
(ayniksa, 
ikkilamchi 
bozorni) 
rivojlantirishning umumiqtisodiy samaralari kuyidagilardan iborat bo’lishi 
lozim: Moliya bozorlarining likvidlilik darajasini oshirish va tegishli moliya 
resurslaridan foydalanish samaradorligini yuksaltirish; 
Moliya bozorlarida rakobatni kuchaytirish xamda «narxlar» ni foiz
stavkalari, kurslarni barqarorlashtirish; 
Investitsiyalarni tarmoklarga qayta taksimlovchi bozor
mexanizmi 
samaradorligini oshirish


- 39 - 
Moliya bozorlarida davlat ishtiroki koidalari ilgarigidek kattik 
markazlashtirilgan emas, balki ular bozor sharoitlariga moslashuvchan 
bo’lishi lozim.
Iqtisodiyotning ijtimoiy - iqtisodiy jixatdan muxim soxalari va 
ustivor tarmoklarini moliyalash uchun davlat mablaglarini ishga
solishning sof bozor sharoitlariga mukobil yullarini investorlarga
taklif qilish zarur. 
Hozirgi davrda xissadorlik korxonalariga aylantirilgan
korxonalarning aktsiyalari sotiladigan boshlangich bozor tashkil topdi. 
Uning faoliyatini tartibga solib turish tamoyillari O’zbekiston Respublikasi 
qonunlarida mustaxkamlab kuyilgan. Unda kuplab investitsiya institutlari,
brokerlik idoralari, investitsiya kompaniyalari va fondlari faoliyat
kursatmokda. Bozor ishida tijorat banklari xam katnasha boshladi.
Fond birjasida yuzdan ortik brokerlik idoralari ishlab turibdi.
Shuning uchdan biri respublika viloyatlaridadir. Birok qimmatli
qog’ozlar bozorini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlardan xali
to’la foydalanilmayapti. Masalan, oldi-sotdi operatsiyalarida bir
milliard sumlikdan ziyod aktsiyalar kuyiladi, ammo 80-90 million
sumlik bitim tuziladi, kolgan aktsiyalar esa, xaridor ularning
narxi baland deb xisoblagani bois sotilmay koladi. Vaxolanki,
savdoga kuyilgan aktsiyalarning narxi talab va taklifga boglik
ravishda tartibga solib turilishi lozim. 
"Bizningcha, qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish, chukurlashtirish 
va kenggaytirish, uni avj oldirib yuborish yulidagi tusiklarni bartaraf etish uchun 
davlat boshqaruv organi makomiga ega bulgan qimmatli qog’ozlar va fond 
birjalar buyicha davlat komissiyasi bilan birgalikda nodavlat tuzilmalari 
faoliyatini xolisona tekshiruvdan utkazib turadigan Auditorlik komissiyasi 
tuzish zarur deb xisoblaymiz. Bunday komissiya fond bozori rivojlangan 
kupgina mamlakatlarda mavjud. Mazkur komissiya qimmatli qog’ozlar bozorini 
shakllantirish va rivojlantirish, fond bozorini davlat tomonidan tartibga solish 


- 40 - 
buyicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan boglik barcha masalalar xamda shu 
soxadagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashni xal qilish 
lozim. Bu esa uz vaktida qimmatli qog’ozlar bozoridagi barcha uzgarishlarga tez 
va anik munosabatda bo’lish, uni yanada rivojlantirishga doir qarorlar qabul 
qilish imkonini beradi. 
Bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida yashayotgan xar bir davlat qimmatli 
qog’ozlar bozorini rivojlantirmasdan olga borolmaydi. 
Qimmatli qog’ozlar bozori allakachon umumjaxon iqtisodiy siyosatining 
tarkibiy qismiga aylanib ulgurdi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ushbu 
bozordan, bir tomondan davlat korxona va tashkilotlar, axoli uzlari uchun zarur 
bulgan mablagni jalb kilsalar, ikkinchi tomondan, korxona, tashkilot va axoli 
uzlarining vaktincha bush turgan pul mablaglarini qimmatbaxo qog’ozlar sotib 
olishga yunaltirib foyda ko’radilar. Shu tajribadan kelib chiksak, qimmatli 
qog’ozlar bozorini rivojlantirish tizimini xayotga tatbik etish mamlakatimiz 
ijtimoiy va iqtisodiy tarakkiyotidan ortda qolmaslik uchun, bizda xam qimmatli 
qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish zarur. Bizning fikrimizcha, 
mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish uchun: 
xususiylashtirish natijasida tashkil topgan xissadorlik jamiyatlarining 
moliyaviy axvolini yaxshilash, ular chiqargan aktsiyalarni sarmoyadorlar orasida 
keng sotilishini ta’minlash uchun xususiylashtirish jarayonini, undan 
tushayotgan mablaglarning ishlatilishi xamda aktsiyalarni sotish mexanizmini 
takomillashtirish lozim; 
«Toshkent» fond birjasi faoliyatini nafakat aktsiyalarining oldi-sotdisini 
tashkil qilishga, balki birjada uz aktsiyalarini sotayotgan korxonalarning 
moliyaviy axvolini nazorat qilish, u xakda sarmoyadorlarga axborot va 
ma’lumot berib turishga xam yunaltirish; 
-xususiilashtirish natijasida tashkil topgan xissadorlik jamiyatlari 
aktsiyalarini birjadan tashkari bozorini xam tashkil etish; 
-Birjadan tashkari bozor katnashchilari faoliyatini muvofiklashtirish, 
tartibga solish, nazorat qilish, tegishli yordam ko’rsatish, xuquq va manfaatlarini 


- 41 - 
ximoya qilish maqsadida uzini-uzi boshqarish birlashmalari, assotsiatsiyalarini 
tuzish. 
Qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun qimmatli 
qog’ozlar chiqaruvchi va sarmoyadorlarga tegishli xizmatlar kursatuvchi 
tashkilotlarning infrastrukturasini rivojlantirish zarur. Buning uchun tegishli, 
xususan, auditorlik, mulkni baxolash, reyting aniklash, taxlil qilish
konsultatsiya xizmati ko’rsatish, trast operatsiyalarini bajarish va shunga 
o’xshash faoliyatlarni bajarish uchun qonuniy va me’yoriy xujjatlar qabul qilish 
jarayonlarini tezlashtirish qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishga zamin 
yaratadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarish jarayonlarining rivojlanishi qimmatli 
qog’ozlar bozoriga bo’lgan munosabatlarning qayta ko’rib chiqilishini talab 
qilayotgan bugungi kunda, ushbu jarayonning keskinligini oshirmoqda. Chunki, 
aynan qimmatli qog’ozlar bozori ko’p jihatdan qiymatning qaytish harakati 
samaradorligini oshirish, mulkchilik shaklining o’zgarishi, uni xususiy egalikka 
topshirish muammolarini echishning kaliti hisoblanadi. 
Qimmatli kog’ozlar bozorining asosiy vazifasi faqat davlat mulkini 
xususiy sektorda taqsimlashdan va shuning natijasida mulkning muayyan bir 
mulkdor 
tomonidan 
o’zlashtirilishidan 
iborat 
emas. 
Bu 
asosan 
xususiylashtirishning birinchi bosqichida amalga oshiriladi. Uning asosiy 
vazifasi sarmoyadorlarning pul mablag’larini bir joyga jamlab, ularni turfa 
investitsiya maqsadlarida ishlatishdan, ishlab chiqarishga yo’naltirishdan iborat.
O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga bog’langanligi dunyodagi
moliyaviy markazlar bilan aloqalarning kengaytirilayotganligini xisobga olib, 
mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish ob’ektiv 
zaruriyatga aylandi.
Jumladan, ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozori ishlab chiqarishni 
hamda investorlarni barqaror moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, iqtisodiyotni
erkinlashtirishning iqtisodiy vositalaridan hisoblanadi.


- 42 - 
Qimmatli qog’ozlar bozorida O’zbekistonning ko’pgina aktsiyadorlik 
jamiyatlari davlat korxonalari negizida tashkil etilgan bo’lib, o’z moddiy 
bazasiga, asosiy va aylanma kapitallariga ega. 
Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak agar aktsiyalashtirish jarayonida 
korxonani boshqarish, uning ishlab chiqarishga ta’sir qilishi ko’zda tutilib, 
qimmatli kog’ozlarni yirik to’plamlari bilan savdo qilish avj olsa, biz qimmatli 
kog’ozlarning to’la qonli va serharakat bozorini yarata olmaymiz. Bozor ko’p 
miqdordagi sarmoyadorlarning mablag’larini yig’ib, uni turli xil qo’yilmalar 
uchun taqsimlashi lozim. Bu bozorning hajmdorligiga va xilma-xilligiga, ya’ni
muomaladagi qimmatli qog’ozlarning mumkin qadar sarmoyadorlar o’rtasida 
tarqatilishiga bog’liq. 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ushbu bozordan, bir tomondan davlat 
korxona va tashkilotlar, aholi o’zlari uchun zarur bo’lgan mablag’ni jalb qilsalar, 
ikkinchi tomondan, korxona, tashkilot va aholi o’zlarining vaktincha bo’sh 
turgan pul mablag’larini qimmatbaxo qog’ozlar sotib olishga yo’naltirib foyda 
ko’radilar.
Aynan, iqtisodiy islohatlar natijasi o’laroq, davlatga qarashli mol-
mulklarni uning ixtiyoridan chiqarilishi va turli mulk shaklidagi xo’jalik
sub’ektlari o’rtasidagi munosabatlarni bozor qonuniyatlariga muvofiq tashkil
etilishi har xil tavakkalchiliklarni yuzaga kelishi uchun imkoniyat yaratadi. 
 
Hozirgi davrda birjada aktsiyalar savdosi oddiy auktsion asosida amalga 
oshirilmoqda. Xolbuki, ikkilamchi bozorda savdo qilishning asosiy qoidasi ikki 
yoqlama auktsion deb ataladi. Bunda sotuvchilar bilan xaridorlarning o’zaro 
raqobatlashayotgan muqobil buyurtmalardagi shartlar mos kelganida bitim 
tuziladi.
Ushbu tizim brokerlik idoralari o’rtasida kafotlangan hisob-kitoblarni 
ta’minlangan holda savdo sessiyasi mobaynida aktsiyalarni olish-sotish bo’yicha 
qayta-qayta bitimlarni tuzishni taqozo etadi. Buning uchun yangi texnologiya 
savdolar tizimini hamda savdolarni ikkiyoqlama auktsion usulda olib borib, bir 


- 43 - 
vaqtning o’zida pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlarni bir mijozdan 
ikkinchisiga o’tkazish imkonini beradigan elektron dastur yaratish zarur.
Shu tajribadan kelib chiqsak, qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish 
tizimini xayotga tatbik etish mamlakatimiz ijtimoiy va iqtisodiy tarakkiyotdan 
ortda qolmaslik uchun, bizda ham ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorini 
yanada rivojlantirish zarur. 
Bizning amaliyotda, qimmatli qog’ozlar bozorining asosiy tarkibiy qismi 
sifatida ikkilamchi bozor mexanizmi halqaro andozalar tizimiga mos emasligi 
seziladi.
Respublikamizda ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanishi 
ikkita asosiy muammoning hal etilishiga bevosita bog’liqdir:
-Birinchi muammo, qimmatli qog’ozlar bozorida aktsiyalarning 
likvidligini sezilarli darajada oshirish zaruriyatga aylandi. Xuddi shu xususiyat 
tufayli, fond birjalarida aynan bir emitentning qimmatli qog’ozlari bo’yicha 
katta miqdordagi bitimlar tuzilishi mumkin. 
-Ikkinchi asosiy muammo-bu qimmatli qog’ozlar va ularning emitentlari 
to’g’risidagi axborotning oshkor etilmasligi masalasi. Bugungi kunda-bu fond 
bozoridagi murakkab uchastkalardan biridir. 
Bugungi kunda asosiy e’tiborni aholi va muassasaviy sarmoyadorlarni 
aktsiyalari sotuvga qo’yiladigan aktsiyadorlik jamiyatlari, ular joriy 
faoliyatining natijalari va rivojlanish istiqbollari haqidagi axborotga ega 
bo’lishlariga e’tiborni qaratishlari lozim. 
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, milliy korxonalar faoliyatida 
kapitallashtirish darajasining pastligi, boshqarishdagi samarali usullarning 
yo’qligi, mamlakat miqyosidagi ommaviy nashriyotlarda aktsiyalarning 
bozordagi qiymatini shakllantirish mexanizmlarining etarlicha yoritilmasligi, 
ushbu yo’nalish bo’yicha maxsus kursatmalar, parametrlar, modellar, statistik 
ma’lumotlar, iqtisodiy tahlil andozalarini tartibga solish zururiyatini keltirib 
chiqaradi. 


- 44 - 
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi iqtisodiyotni 
diversifikatsiyalash hamda modernizatsiyalash sharoitida ikkilamchi qimmatli 
qog’ozlar bozorini rivojlantirish uchun etarlicha ishchan mexanizm yaratilgan. 
Ayni paytda, mamlakat milliy fond bozorining yil sayin rivojlanayotganligi 
jumladan, rivojlangan moliya bozorlari tajribalari keng o’rganilib, amaliyotda 
tadbiq etilayotganligi aktsiyalar ikkilamchi bozorining rivojlanishiga zamin 
yaratadi. 

Yüklə 469,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin