- 45 -
investorlarga sotish, banklarning investorlar sifatidagi faoliyatini yanada
erkinlashtirish lozim.
Ikkinchidan, bank obligatsiyalar emissiyasi orqali aktsiyadorlik sarmoyasi
bilan birgalikda bankning qarz sarmoyasini shakllantiradi. Sarmoyaning oshishi
xususiy mablag’lar o’sishiga, bank yalpi sarmoyasida ularning solishtirma
ulushi ortishiga olib keladi, bu o’z
navbatida, uning barqarorligi, ishonchliligi
mustahkamlanishiga hamda moliyaviy ko’rsatgichlarning yaxshilanishiga
xizmat qiladi.
Uchinchidan, tijorat banklari obligatsiyalar chiqarish orqali yuridik va
jismoniy shaxslarning mablag’larini to’plashi, ularni
iqtisodiyotning ustivor
sohalariga investitsiyalab, fond bozorining rivojlanishiga zamin yaratadi-buning
natijasida quyidagi iqtisodiy samara olinadi:
*
soliqqa tortiladigan bazaning kamayishini belgilaydi. Obligatsiyalar
bo’yicha to’lanadigan foizlar “muomala xarajatlari”ga kiritiladi va bankning
soliqqa tortiladigan bazasini kamaytiradi;
*
obligatsiya chiqarishda aktsiya emisiyasiga nisbatan muayyan
afzalliklarga ega. Aktsiyada ulush munosabatlarini ifodalasa,
obligatsiyada esa
qarz munosabatlarini ifodalashi hamda obligatsiyalarni sotishda emitent
bankdan maxsus jamg’arma hisobraqami ochish talab etilmaydi, bu o’z
navbatida, sotishdan tushgan mablag’lardan bank faliyatida foydalanish
imkoniyatini yaratadi;
* tijorat banklari davlat obligatsiyalarni joylashtirishda bevosita
professional dilerlik faoliyatida ham etakchi tashkilot bo’lib,
banklar
obligatsiyalar chiqarish orqali majburiy zahiralashdan holi hisoblanadi, ularni
chiqarish vaqtida jalb etilgan mablag’ bo’yicha majburiy zahira yaratish talab
etilmaydi, bu jarayon bankda mavjud moliyaviy resurslarining ko’payishiga
omil bo’lib xizmat qiladi
Yakuniy xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimizda moliya
bozori iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini doimiy aktiv moliyaviy mablag’lar
bilan ta’minlashga hamda jamiyat rivojiga munosib hissa qo’shmoqda. Shu bois,
- 46 -
biz tomondan berilgan ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalar amaliyotga joriy etilsa,
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada samarali
tashkil etishga ijobiy
turtki bo’lar edi. Bu o’z navbatida, respublikada moliya bozorining
rivojlanishiga, shuningdek mamlakat tijorat banklarining moliya bozori orqali
xalqaro sarmoya bozorlariga uyg’unlashuviga xizmat qiladi.