131
mumkin.
K. Praxalad va G. Hamellar raqobat ustunligining muhim elementi sifatida
firma personali va ularning bilim, malaka va ko‘nikmalarini olib qarashadi.
Shuningdek mijozlar bilan ishlash, ularning sodiqligini oshirish, iste‘molchi
kapitalini rivojlantirish ham muhim jiatlar sifatida olib qaraladi.
Raqobat ustunligining resurs konsepsiyasi ―resurslar‖, ―qobiliyat‖, ―renta‖
va ―eskilik sarqitlari‖ tushunchalari bilan to‘ldirildi. Shuningdek ushbu konsepsiya
R.M. Grant tomonidan ―mehnat – yer - kapital‖ uchligi bilan boyitildi. R.M.
Grantning fikriga ko‘ra resurslar ishlab chiqarish omillari sanaladi. Ammo ayrim
resurslar o‘z holicha samaradorlikni yoki ustunlikni belgilab bera olmaydi. Ishlab
chiqarish jarayoni uchun bunday resurs guruhlarining birlashishi va uyg‘unlashuvi
muhimdir. Resurs guruhlarining muayyan vazifani bajara olish imkoniyati yoki
faoliyati qobillik deb qaraladi, ya‘ni bunday resurs guruhi firmaning qobiliyati deb
qaraladi. Bu qobillik firmaning raqobat ustunligida namoyon bo‘ladi. Resurs
konsepsiyasi asosida R.M.Grant raqobat ustunligining barqarorligini ta‘minlashda
resurslarning to‘rtta asosiy xususiyati va qobiliyatini belgilab beradi. bular:
chidamlilik, ―shaffoflik‖, harakatchanlik va tiklanuvchanlik.
Resurslar va qobiliyatlarning chidamliligi ularning uzoq muddat amal
qilishini ta‘minlaydi. Shu asosda firmalar ularning eskirishi va chiqib ketishini
ko‘zda tutgan holda yangilariga almashtirishni amalga oshiradi. Resurslarning
―shaffofligi‖ raqiblarning ushbu resurs va qobiliyatlarning haqiqatan ham
mukammal ekanligiga ishonch xosil qilishlari uchun muhim. Resurslar va
qobiliyatlarning harakatchanligi shuni anglatadiki, aksariyat resurslarning bir
firmadan ikkinchisiga ko‘chib o‘tishi qiyinchilik bilan amalga oshadi, shuningdek,
ularni raqib firmalarning o‘zlashtirib olish imkoniyati ham shunchalik sekin
amalga oshadi. O‘z navbatida resurslar va qobiliyatlarning qayta tiklanuvchanligi
firmalarning uzoq davr raqobat ustunligini ta‘minlashga xizmat qiladi, va aksincha.
Dostları ilə paylaş: