2. Me’yoriy-huquqiy omillarga asoslangan raqobat ustunliklari :
– korxonalarning faoliyatida tartibga soluvchi mahalliy va davlat hokimiyati
organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy xujjatlar (masalan, Prezident
farmonlari, hukumat va maalliy boshqaruv organlari qarorlari, soliq imtiyozlari);
– tovarlarni ma‘lum ma‘muriy-hududiy tuzilmalar doirasida hyech qanday
to‘siqsiz sotish va sotib olish, olib kirish va olib chiqish;
– mualliflik huquqidan foydalanishning cheklanishi. Bu korxonaning ushbu
huquq amal qilgan davr mobaynida monopol mavqyega ega bo‘lishini ta‘minlaydi.
Me‘yoriy-uquqiy omillarning afzallik jihati shundan iboratki, ular turli
korxonalarga turlicha qo‘llanilishi va cheklanishi mumkin.
3. Tuzilmaviy xususiyatga ega raqobat ustunliklari :
– ishlab chiqarish va savdo jarayonlarining integrasiyalashuv darajasi, ishlab chiqarishning integrasiyalashuvi korxonalarning korporativ investisiyalar,
innovasion, axborot xom ashyo resurslari, umumiy sotish tarmoqlaridan keng
foydalanish imkonini beradi. integrasion tuzilmalar doirasida o‘zaro raqobat
siyosati olib borish bo‘yicha kelishuvlar va tomonlarning davlat va hukumat
organlari bilan o‘zaro muvofiqlashgan holda faoliyat yuritishlariga keng
imkoniyatlar ochiladi. Bunda integrasiyalashuvning quyidagi shakllaridan
foydalaniladi:
– regressiv integrasiyalashuv, ya‘ni ta‘minotchilarni qat‘iy nazorat ostiga
olish;
– progressiv integrasiyalashuv, ya‘ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot
distribusiyasi bo‘yicha yaxlit tizim tashkil etish;
– gorizontal integrasiyalashuv, ya‘ni bir turdagi tovar ishlab
chiqaruvchilarning umumiy guruhga birlashuvi(kartel).
Bozorning bo’sh qolgan segmentlarini o’zlashtirish imkoniyati. 4. Ma’muriy ta’sir ko’rsatish asosida vujudga keluvchi raqobat ustunliklari. Bu ishlab chiqaruvchilar va mol yetkazib beruvchilar faoliyatining
mahalliy va davlat hokimiyati organlari tomonidan faoliyatni ma‘muriy cheklash
bilan bog‘liq faoliyatida namoyon bo‘ladi. Masalan, davlat organlari tomonidan
patent va lisenziyalar berilishi, ishlab chiqarish hajmining kvotalashtirilishi,
korxonalarni ro‘yxatga olishning murakkab tizimi, yer uchastkalarini ajratishdagi
to‘siqlar, bo‘sh turgan va xizmat binolaridan foydalanishdagi ma‘muriy to‘siqlar.