9.1.1-rasm. Milliy iqtisodiyot raqobat ustunligining asosiy yo’nalishlari Yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, zamonaviy
texnologik uskuna va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, ishlab
chiqarishni tashkil etish va boshqarishning ilg‘or usullarini amaliyotga kiritish,
yangi bozorlarga kirib borish orqaligina global o‘zgarishlar sharoitida
raqobatbardoshlikni ta‘minlab turish mumkin.
O‘zbekiston bozor munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli
islohatlar olib borishiga qaramasdan bugungi kundagi globallashuv jarayonlariga
sezilarli ta‘sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega emas. Bu mamlakatimizda raqobat
ustunligini ta‘minlash va iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning milliy,
davlatlararo va mintaqaviy darajada amal qiluvchi mexanizmlarini ishlab chiqishni
taqozo etadi.
Iqtisodiyotni modernizasiyalash, raqobatbardoshligini ta‘minlash, oson
kechmaydi. Bu birinchidan jahon xo‘jaligiga integrasiyalashuvi, ikkinchidan milliy
iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishni talab etadi. Milliy iqtisodiyot
raqobatbardoshligini ta‘minlash masalasi eng avvalo milliy xo‘jalikning rivojlanish
darajasini bildiradi, ikkinchidan mamlakatdagi modernizasiyalash jarayonini
aniqlashdagi mustaqil ko‘rsatkichdir.
Iqtisodiyotning bazaviy ehtiyojlari: Institutsional muhit (25%)
Infratuzilma (25%)
Makroiqtisodiy muhit (25%)
Sog‘liqni saqlash va ta‘lim (25%)
Iqtisodiyotning samaradorlik shartlari: Oliy ta‘lim (17%)
Tovar va xizmatlar bozori samaradorligi (17%)
Moliya bozorining rivojlanganligi (17%)
Texnologik daraja (17%)
Bozor sig‘imi (17%)
Innovatsiya va biznes yuritish darajasi: Biznes yuritishning qiyinligi (50%)
Innovatsiyalar (50%)
Ishlab chiqarish omillari (factor –
driveneconomy)ni o‘zlashtirishga
asoslangan milliy iqtisodiyotlar
Ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishga
asoslangan
milliy
iqtisodiyotlar
Innovatsiyalarga asoslangan milliy
iqtisodiyotlar