2-mаvzu. Mashinasozlik korxonalarini loyihalash asoslari. Reja



Yüklə 196,37 Kb.
səhifə1/4
tarix05.12.2023
ölçüsü196,37 Kb.
#172966
  1   2   3   4
Ma\'ruza №2


2-MАVZU. MASHINASOZLIK KORXONALARINI LOYIHALASH ASOSLARI.


REJA:
1. Asosiy masalalar.
2. Loyihalash uchun topshiriq.
3. Loyihalash bosqichlari.
4. Korxona qurish uchun joy tanlash.


Asosiy masalalar
Mashinasozlik korxonasi murakkab tuzilma bo'lib, uning ish faoliyati ishlab chiqarilayotgan mahsulot konstruksiyasining mu- rakkabligi va xilma-xilligi, ushbu mahsulotni tayyorlash uchun texnologik jarayonning tavsifi hamda mahsulotni ishlab chiqarish hajmiga bog‘liqdir.
Korxonani loyihalash bilan bir qatorda iqtisodiy, texnik va tashkiliy masalalar ham ishlab chiqiladi. Ushbu masalalar bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lib, har bir texnik yechim iqtisodiy jihat- dan asoslangan holda, aniq bir tashkiliy shaklda amalda oshiril- ishi kerak.
Iqtisodiy masalalarga quyidagilar kiradi: ishlab chiqariladi- gan mahsulotlar nomenklaturasi, ularnmg soni, og'irligi, bir dona mahsulotning va umumiy mahsulotlarning narxi ko'rsatilgan hol­da ishlab chiqarish hajmini aniqlash; bo'lg'usi korxona qaysi joy- dan xomashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, yonilg'i, elektr ener- giyasi, suv va gaz bilan ta’minlanishi; korxonani eng qulay geografik nuqtada joylashtirishni aniqlash va tanlash; asosiy va aylanma xarajatlarning hajmini aniqlash hamda mahsulot tan- narxi va xarajatlar samarasini aniqlash; korxonaning iqtisodiy ta’minoti va ishlab chiqarishni kooperatsiyalash (kooperatsiya - maxsuslashgan korxonalar tomonidan agregatlar, uzellar, turli qurilmalar va mahsulot qismlari bilan ta’minlab berish, ayrim ho- latlarda ularni zagotovkalar (quyma, shtampovka, pokovka) bilan ta’minlashdir) masalalarini hal qilish; ishlab chiqarish rejasini tuzish; turar joy va sotsial-madaniy qurilishlarga bo'lgan ehti- yojni aniqlash va h.k.
Texnik masalalarga quyidagilar kiradi: xomashyo va yarim- fabrikatlarga ishlov berish texnologik jarayonini loyihalash; zarur ish vaqti fondi va ishchi kuchi sonini aniqlash; asosiy ishlab chiqarish va yordamchi jihozlar sonini aniqlash; korxona uchun zarur boiadigan xomashyo, materiallar, yonilg'i hajmini aniqlash hamda barcha turdagi energiya (elektr energiyasi, gaz, bug', qi- silgan havo va boshqalar) bilan ta’minlash usuli va ularning ha­jmini aniqlash; transport, yoritish, isitish, ventilatsiya, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya masalalarini ishlab chiqish; kerakli may- donni hisoblash, sexlarning yordamchi va xizmat ko'rsatish bi- nolarini rejalashtirish va ularga korxona ichida xizmat kor- satuvchi yo'llarni rejalashtirish; korxonaning bosh rejasini ishlab chiqish; sexlarni ichki rejalashtirish-bo'limlar, jihozlar va yordamchi qurilmalarni joylashtirish; binolar turi, shakli va o'lcham- larini aniqlash; ularning konstruksiyasini va barcha qurilish qis- mini ishlab chiqish; texnika va yong'in xavfsizliklari bo'yicha tadbirlami ishlab chiqish masalalari.
Tashikiliy masalalarga korxonaning, uning sexlari va bo - limlarining boshqaruv strukturasini ishlab chiqish; boiimlar va texnik boshqaruv xodimlar orasida funksiyalarni taqsimlash va o'zaro aloqani belgilash; boshqaruv, texnik va lqtisodiy xo'jalik boiimlarni boshqarish; mehnatni va ish joylarini ratsional tashkil qilish; buyurtma, hujjatlar, hisobot tuzish, sexlar va butun kor- xonani nazorat qilish tartibini ishlab chiqish; kadrlami tayyorlash, ishchilarga xizmat ko'rsatish va qulay sharoitda ishni tashkil qi­lish masalalari kiradi.
Loyihalash uchun topshiriq
Sanoat korxonasini loyihalashga kirishish uchun to'liq ish- langan topshiriq bo lishi kerak.
Korxonani loyihalash uchun topshiriq iqtisodni kelajakda rivojlanish rejasi asosida tuziladi. Ushbu topshiriqda yuqoridagi- larga asosan texnik-iqtisodiy dalillar va bo'lg'usi korxonan qur- ish yoki rekonstruksiyalashni maqsadga muvofiqligi hisobga oli- nadi.
Mashinasozlik korxonasini qurish uchun topshiriqda quyi- dagi masalalar yoritilgan bo'lishi kerak:
Korxona qurish uchun asos, ya’ni tegishli tashkilot qarori.
Korxona qurish uchun tanlangan tuman va joy.
Mahsulot tavsifi va bo'lg'usi korxonaning asosiy mahsu- lotlar bo'yicha (natural va baholi holatda) ishlab chiqarish quwati.
Ishlab chiqarishni xomashyo, yonilg'i, gaz, elektr energi- yasi va suv bilan ta’minlaydigan asosiy joylar.
Korxonani maxsuslashtirish, ishlab chiqarish va xo'jalik kooperatsiyasi.
Tayyor mahsulot bilan ta’minlanadigan zonalar.
Korxona binolarini va qurilmalarini kelajakda kengaytirish masalalari.
Ourilish muddati va korxonaning alohida qismlarini ishga tushurish navbati va muddati.
Kapital xarajatlarning ta’minot hajmi, mahsulotning tan- narxi, mehnat unumdorligi.
Bundan tashqari, loyihalash uchun topshiriqqa shahar hu- dudida korxona qurish uchun uchastkani qurilish pasporti bilan arxitektura-reja topshirig'i ham ilova qilinadi.
Arxitektura-reja topshirig'i o'z ichiga qurilishga qo'yiladigan talablar, qavatlar soni, binoning ko'cha tarafga chiqadigan qis- mini ko'rkam loyihalash va shahar muhandislik qurilmalariga bog'lanish joylarini oladi.
Loyihalash uchun topshiriqda bo'lg'usi quriladigan korxo­naning texnik-iqtisodiy tomondan asoslash kerak, ya’ni, qurilish uchun tanlangan hudud va maydon, loyihalanuvchi korxonaning ishlab chiqarish quwati va uning mahsulotlari nomenklaturasi, xomashyo, yarimfabrikatlar, elektr energiyasi, suv, yonilg'i, gaz, qurilish materiallari va mahsulotlari bilan ta’minlash usuli va joylar.
Topshiriqda ko'rsatilgan ishlab chiqarish dasturida quyidagi ma’lumotlar bo lishi kerak: tayyorlanadigan mahsulotlar nomenklatu­rasi, ulaming o'lchami, turi va markasi; har bir mahsulot soni, o'lchami (yil davomi uchun); bir mahsulot og'irligi va bir yilda ishlab chiqariladigan mahsulotning og'irligi; bir mahsulot hajmining kutilay- otgan tannarxi; ishlab chiqariluvchi mahsulotning kerakli qismlari ro'yxati va soni. Ushbu barcha ma’lumotlar qaydnomada ko'rsatiladi.
Ishlab chiqarish dasturiga quyidagilar ilova qilinadi:
detallaming ishchi chizmalari;
-uzellar va mahsulotning yig'ma chizmasi;
mahsulotning umumiy ko'nnishdagi chizmasi;
-detallar spetsifikasi;
konstmksiya bayoni, rasmlan;
tayyorlash va topshirish uchun texnik shartlar.
Detalga ishlov berish texnologik jarayonini loyihalash uchun ish­chi chizmada quyidagil ma’lumotlar ko'rsatiladi: zagotovka turi va material markasi; ishlov beriladigan sirt; ishlov berilgan sirtning to- zalik sinfi; ishlov berish dopuski; termik ishlov berish turi va material qattiqligi; antikorroziya qoplama turi.
Loyihalash bosqichlari
Sanoat korxonasi, binolari va qurilmalarini loyihalash ikki bos- qichda bajariladi. Loyihalashning birinchi bosqichi - loyiha topshi- rig ini ishlab chiqish, ikkinchi bosqich - tasdiqlangan loyiha top- shirig'i asosida ishchi chizmalami ishlab chiqish.
Sanoat korxonasi, binolari yoki inshootlarining loyiha topshi- rig‘ini tegishli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan loyihalash uchun topshiriq va kerakli materiallar hamda hujjatlar asosida ishlab chiqiladi. Bunda loyihalanayotgan obyektni qurish va undan foy- dalanishda jamoatchilik mehnatidan, material va moliyaviy vosi- talardan samarali foydalanish imkoniyatlari kabi asosiy yechimlar belgilab olinadi hamda qurilishni bajarishning belgilangan mud- datlari aniqlanadi.
Moliyaviy-smeta hisoblarini o‘z ichiga olgan loyiha topshi- rig'i tasdiqlanganidan so'ng, u qurilishni, asosiy jihozlarga buy- urtma berishni va ishchi chizmalami ishlab chiqishni moliyalash uchun asos bo'ladi. Shu bilan birga bo'lg'usi korxona ishchi xodimlari uchun uy-joy qurish maqsadida hudud tanlanadi.
Individual loyiha bo'yicha sanoat korxonasini qurish uchun loyiha topshirig'i quyidagi qismlardan iborat bo'ladi:
texnik-iqtisodiy qism;
bosh reja va transport;
texnologik qism;
qurilish qismi;
qurilishni tashkil qilish;
smeta hujjatlari.
Energetika masalalari bo'yicha loyiha materiallari texnologik qism tarkibida, suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya, isitish va ven- tilatsiya masalalari esa qurilish qismi tarkibida koriladi.
Yuqoridagi loyiha topshirig'i qismlarining tarkibi quyida- gicha bo'ladi:

Yüklə 196,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin