2-mаvzu. Mashinasozlik korxonalarini loyihalash asoslari. Reja



Yüklə 196,37 Kb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü196,37 Kb.
#172966
1   2   3   4
Ma\'ruza №2

Texnik - iqtisodiy qism: korxonani qurish uchun tanlangan joyni, ishlab chiqarish quwati, dasturi va korxona tarkibini asoslash; korxonani asosiy material resurslari bo'yicha ta’minlash usuli va ta’minlovchilar haqida ma’lumot; korxonani xomashyo, yoqilg'i va energetik bazalari tavsifi; asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarni maxsuslashtirish va kooperatsiya masalalarini asoslash; mehnat unumdorligi, ishlab chiqarishni mexanizatsiya- lash va avtomatlashtirish darajasi; turar joy uchun quriladigan binolar haqida ma’lumotlar; korxonaning asosiy vositalari va kapital sarf xarajatlar tahlili; asosiy, texnik - iqtisodiy ko'rsat- gichlar; qurilishni iqtisodiy samaradorligining tahlili.
Bosh reja va transport: qurilish ishlarini bajarish uchun tanlangan hududning holat rejasi, qurilish ishlari olib boriladigan maydonning tavsifi; mavjud, loyihalanayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va buzilishi kerak bo'lgan bino va inshootlar, trans­port yo'llari va kommunikatsiya, ko'rsatilgan korxonaning bosh rejasi hamda bosh reja asosida korxonaning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari.
Texnologik qism: Korxona bo'yicha: ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasi va tavsifi, ishlab chiqarish dasturi, kor­xonaning ishlab chiqarish tarkibi, ishlab chiqarish sxemasi; tex­nik yechimlarni, yangi texnologik jarayonni asoslash va tavsifi, ularning taqqoslash; asosiy materiallar, yoqilg'i, elektr energi- yasiga bo'lgan ehtiyoji hamda ma’lumotlar; elektroenergiyasi, issiqlik, gaz, qisilgan havo va energiyani boshqa turlari bilan ta’minlash haqidagi qabul qilingan yechimlar, kadrlarga bo'lgan ehtiyoj hamda qo'llanilgan an’anaviy loyihalarning ro'yxati va pasporti.
Asosiy ishlab chiqarish sexlari bo'yicha. ishlab chiqarish das- turi, sexlarning ish rejimi, asosiy jihozlar va transport qurilma- larini tanlash hamda ularning zarur bo'lgan soni hisobi; ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; ishlab chiqa­rish jarayonlarining ish hajmi; elektr energiyasiga bo'lgan ehti- yoj, elektr energiyasi bilan ta’minlanish sxemasi; asosiy jihozlarni ko'rsatilgan holda sex va asosiy uchastkalarning rejali joylash- ishi; yarimfabrikat, asosiy materiallar, yoqilg'i, suvga bo'lgan ehtiyoj; sexda ishlovchilar tarkibi va sexning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari.
Qurilish qismi: asosiy bino va qurilmalaming sxemali rejasi, ularning qisqacha tavsifi; korxonada ishlovchilarga maishiy xiz­mat ko'rsatish bo'yicha qabul qilingan yechimlar bayoni; suv va oqova suvlarga bo'lgan ehtiyoj hisobi; oqova suvlarni tashlash joylari va ularni tozalash usullari; suv bilan ta’minlash, kanalizat- siya va asosiy qurilmalaming sxemasi; isitish uchun zarur bo'lgan issiqlik va energiya xarajati.
Sanitar-texnik va ishlab chiqarishni suv bilan ta’minlash qismida suv bilan ta’minlash manbalarining mavjudligi, ishlab chiqarish kanalizatsiyasi, sex ichidagi sanitar-texnik qurilmalar hamda boshqa inshoot va qurilmalaming mavjudligi ko'rsatiladi.
Energetika qismida quyidagi ko'rsatkichlar, ya’ni elektr energiyasi va issiqlik bilan ta’minlash, issiqlik va bug' man- balari, qisilgan havo va gaz bilan ta’minlash, sexning ichidagi ishlab chiqarish quvurlari, sinov shoxobchalarining energetik texnologik ko'rsatkichlari va boshqalar ko'rsatiladi.
Yuqoridagi ko'rsatkichlarning barchasi jamlanadi va tahlil qilinadi hamda yangi ishlab chiqarish tizimiini yaratish uchun texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanadi. Oabul qilingan texnik-iqti- sodiy asosdagi texnik yechim rivojlanish yo'nalishlarining kela- jagi borligi quyidagi talablarga muvofiq bo'lishi kerak: yangi texnikani, progressiv tejamkor texnologiyalarni, yuqori avtomat- lashgan dastgohlarni, EHM ni tatbiq qilinishi hamda ularni das- turlar bilan ta’minlash. Yangi tashkil qilingan ishlab chiqarish tizimi o'zining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari bilan xorijdagi eng yaxshi namunalaridan ustun bo lishi kerak. Loyihalashdan oldin to'plangan barcha boshlang'ich ma’lumotlar loyihalash uchun topshiriqning asosi qilib olinadi. Loyihalash uchun topshiriqni loyihaning buyurtmachisi loyihalovchi tashkilot bilan birgalikda ishlab chiqadi. Loyihalash uchun topshiriqni ishlab chiqish tex- nik-iqtisodiy asoslangan ma’lumotlami hisobga olgan holda ba- jarilishi zarur.
Loyihalash uchun topshiriqda yangi sexni qurish uchun maydonni tanlashni asoslash keltiriladi va korxonani bosh rejasi- dagi joylashish o'mining maydoni haqidagi ma’lumotlar keltiri­ladi. Ushbu ma’lumotlarda maydonchaning sharoiti, relefi, o'lchamlari to‘g‘risida va boshqa kerakli ma’lumotlar bo'ladi. Bundan tashqari, mahsulotni ishlab chiqarish hajmini natural yoki baho ko'rinishda beriladi. Oqim bo'yicha bo'lmagan ishlab chiqarish uchun mahsulot ishlab chiqarish dasturi keltirilishi mumkin. Topshiriqda, ya’ni sexda qanday zagotovka, yarim- fabrikatlar tayyorlash, mahsulotlarni boshqa korxonalardan olish va qanday mahsulotni yuborilishi hamda ishlab chiqarishni ish- lash maromi ko'rsatiladi.
Bundan tashqari, topshiriqda ishlab chiqarishning ish rejimi hamda tasdiqlangan me’yorlar bo'yicha dastgohlarning yillik ish- lash samarali vaqt fondi, ish o'rinlari va ishchilar soni ko'r­satiladi. Mexanika-yig'uv ishlab chiqarishi jihozlarining yillik ishlash samarali vaqt fondi 1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval
Jihozlarning yillik ishlash samarali (hisobiy) vaqt fondi, soatda







Ishlash rejimi




Jihozlar

bir
smenali

ikki
smenali

uch
smenali

Metall kesuvchi jihozlar




Metall kesuvchi dastgohlar, og'irligi bo'yicha:
10 tonnagacha

2040

4060

6060

10-100 tonnagacha

2000

3985

5945

Dastur bilan boshqariladigan (DB) metall kesuvchi dastgoh- lar, og'irligi bo'yicha:













10 tonnagacha

-

3890

5775

10-100 tonnagacha

-

3810

5650

Agregal dastgohlar

-

4015

5990

Avlomatik liniyalar

-

3725

5465

Moslanuvchan ishlab chiqarish










modullan, robotlashtirilgan










texnologik koplekslar, og'irligi










bo'yicha:










10 tonnagacha

-

-

5970 (7970)

10-100 tonnagacha

-

-

5710 (7620)

Yig'uv sexlarining jihozlari

Yig'ish o'rinlari

2070

4140

6210

Mexanizatsiyalashgan

2050

4080

6085

moslamali ish joylari










Avtomatlashgan va yarim av-










tomatlashgan yig'uv jihozlari

2000

3975

5930

Sinov natijalarini avtomatik










ravishda qayd qiluvchi mos­










lamali sinash stendlari

2010

3975

5960

Avtomatik yig'uv liniyalari

-

3725

5465

Sinash steiidlari

2020

4015

5990

Qavslarda jihozlarning dam

olish va bayram kunlarida

shlash vaqti

ko'rsatilgan












1.2-jadvalda esa ishchilarning yillik ishlash samarali vaqt fondi keltirilgan. Vaqtning samarali yillik fondi nominal vaqt fondi bilan yo'qotilishi mumkin bo'lgan vaqt orasidagi farqqa tengdir. Yo'qotilgan vaqt dastgohlarning bekor va yaroqsiz holda turib qolishi va rejali ta’mirlashga ketgan vaqtlardan kelib chiqadi.
1.2-jadval
Ishchilarning yillik ishlash samarali vaqt fondi

Davomiyligi

Ishchilarning yillik samarali vaqt fondi, soatda

ish haftasi, soat

asosiy ta’til, kunlarda

41

15

1860

41

18

1840

41

24

1820





Yüklə 196,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin