Intonatsiya
(ohang)
.
Intonatsiya og’zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi
elementlari: urg’u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining
yig’indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta’sir etadi va hammasi birgalikda asarning
mazmunini, g’oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini
ifodalaydi.
O’quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar
quyidagilardan iborat:
1. Nutq jarayonida nafasni to’g’ri olish va to’g’ri taqsimlay bilish.
2. Har bir tovushning to’g’ri artikulyatsiyasi va aniq diktsiya (burro gapirish)
malakasini egallash.
3. Adabiy talaffuz me’yorlarini egallash
23
.
Bu shartlar faqat ifodali o’qishgagina emas, balki ifodali nutqqa, ya’ni hikoya
qilishga ham taalluqlidir. O’quvchining har qanday og’zaki hikoyasi ifodali bo’lishi
zarur.
Ifodali o’qishning asosiy vositalaridan biri
ovoz
dir. Ovoz nafas bilan uzviy
bog’lanadi. SHuning uchun o’qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni
21
Рыбникова М.А. Очерки по методике литературного чтения. – Учпедгиз, 1945. -
Стр.125.
22
Жўраев К. Ифодали ўқиш ва ҳикоя қилиш. –Т.: Ўқитувчи, 1968. 7-9-бетлар.
23
Ўша асар, 11-бет.
230
talaffuz qilayotganda o’z nafasini boshqara olish va ovozdan to’g’ri foydalanishga
o’rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (temp),
yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O’quvchilar matn
mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o’qish(gapirish)ga, nutqda tez, o’rtacha
yoki sekin tempni tanlashga, biror tuyg’uni ifodalashga o’rganadilar. Ifodali
o’qishga o’rgatishda o’quvchilar pauza va logik urg’u bilan ham tanishtiriladi.
Ifodali o’qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo’linadi:
1. Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti-
harakatini tahlil qilish, asarning g’oyasini belgilash, ya’ni asarning g’oyaviy-
mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish.
2. Matnning qaysi joyida to’xtam (pauza) qilishni, mantiqiy urg’uning o’rnini,
o’qish tempini belgilab olish.
3. O’qishni mashq qilish, muallif fikrini, uning tasvirlangan voqea-hodisalarga
va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan ifodalay olish uchun matnni
qayta o’qish.
Asarning mazmuni va g’oyaviy yo’nalishini tahlil qilish ifodali o’qishga
o’rgatish bilan bog’lab olib boriladi. Ifodali o’qishga o’rgatishda matn mazmunini
tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o’z munosabatini bildirish asosiy vazifa
hisoblanadi. O’quvchilarda ifodali o’qish malakasini shakllantirish uchun asarni
o’qituvchining ifodali o’qishi muhim ahamiyatga ega.
O’qish turlari
Boshlang’ich ta’limda o’qishning uch turidan foydalaniladi:
1. Ovozli o’qish.
2. Ichda o’qish.
3. SHivirlab o’qish
Ovozli o’qish
ovozga asoslangan o’qish bo’lib, undan ta’lim jarayonida keng
foydalaniladi.
Ovozli o’qishning yakka, jo’r va rollarga bo’lib o’qish usullari mavjud. Yod
aytish ham ovozli o’qishning bir shaklidir.
Ichda o’qish
ham tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz o’qiladi.
|