3
I BO`LIM. BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI O’QITISH
METODIKASI - PEDAGOGIK FAN SIFATIDA
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining
predmeti, maqsadi va vazifalari
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi pedagogik fanlar qatorida
o`quvchilarga boshlang`ich til asoslarini o`rgatish, adabiy ta`lim orqali borliq va
jamiyat
haqida tushuncha berish, o`quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish,
kamol toptirish kabi amaliy ishlar nazariyasini ishlab chiqadi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi o’z predmetiga ega bo’lib, u
o’zining maqsad va vazifalarini davlatimizning me`yoriy hujjatlari va ta’lim
to’g’risidagi qonun hamda qarorlari asosida belgilaydi.
Ona tili va o`qish darslari (adabiy ta`lim) umumta`lim
maktablarida asosiy
o`quv predmetlaridan biri hisoblanadi. Boshlang`ich sinf o`qituvchisining kasbiy
mahorati mazkur predmetning mazmuni va o`qitish metodlarini qay darajada egallab
olishiga bog`liq.
Talabalarni bo`lajak boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi sifatida ularning hozirgi
zamon metod, usul, shakl va vositalardan foydalanish qobiliyatini tarkib toptirish,
dastur talablari asosida o`quvchilarda bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish,
shaxsini har tomonlama rivojlantirish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlariga
tayyorlashdir.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi o’quv
predmetlarining
mazmunidan, o’quvchilarning hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda metod,
usul va o’qitish vositalarini tanlaydi.
Dostları ilə paylaş: