7
Boshlang’ich sinflarda ona tili va adabiy ta`limni o’qitish metodikasi fani
o’zining o’rganish ob’ektiga ega bo’lib, u o’quvchilarga bilim berishda, ko’nikma
va malakalarni shakllantirishda samarali metod va vositalarni tanlash, ularni ta’lim
jarayoniga tadbiq etish, o’qitishning samaradorligini oshirish
kabi masalalar bilan
shug’ullanadi.
Ma`lumki, 2020-yil 2-fevralda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
SH.M.Mirziyoyev jahon miqyosida “O`qish va uni tushunish sifati” bo`yicha olib
borilayotgan tadqiqot dasturini o`rganish bo`yicha ta`lim muassasalariga ko`rsatma
berdi. 2021- yildan Pisa va Pirls nazorat dasturida ishtirok etish rejalashtirildi.
Ta`lim sifatini jahon standartlariga javob bera oladigan darajaga ko`tarish o`qitish
shakllari, metodlari va usullarini takomillashtirishni taqozo etadi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining ob`ekti va
predmeti.
Ma`lumki, har bir fanning o`ziga xos ob`yekti va o`rganish
predmeti
bo`ladi. Ob`ekt - ma`lum fan tomonidan o`rganilayotgan haqiqat sohasi. Predmet
esa tadqiqot davomida aniqlanadigan aloqalar, munosabatlar, qonuniyatlar, shuning
uchun bir fan doirasida ko`plab tadqiqot ob`yektlari bo`ladi. Boshlang`ich
sinfda
ona tilini o`qitish metodikasining predmeti - o’quvchilarga o’zbek tilini o’rgatish
yo’llari va vositalari yordamida ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o’qish va yozishni,
grammatika va imloni o’zlashtirib olish to’g’risidagi ilm. Boshlang`ich sinfda
bolalar adabiyoti namunalari asosida bolalarni
badiiy tarbiyalashning maqsadi,
mazmuni va usullari, ta`lim resurslari adabiy ta`limning predmetidir.
Ona tili asoslarini va adabiy ta`limni o`qitish metodikasi quyidagi masalalarni
o’rganadi:
1. O’qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: