477
uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning
xususiyatlarini umumlashtirish asosida o’quvchilar uning so’z turkumi sifatidagi
o’ziga xos ko’rsatkichlarini ajratadilar: A.predmet belgisini bildiradi, b)
qanday?
yoki
qanaqa?
so’rog’iga javob bo’ladi, v) gapda otga bog’lanib, shu ot bilan so’z
birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi.
Bu sinfda og’zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog’i yoki parkka ekskursiya
vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish
kabilar)ga katta o’rin beriladi.
O’quvchilarning sifatning leksik ma`nosi haqidagi tushunchalarini
chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o’stirish uchun:
1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar
tanlash va yozish:
Qanday
shaftoli?
SHirin, suvli, tuksiz shaftoli.
Qanday
kitob?
Qalin, qizil kitob;
2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash:
Tikanli, kichkina, foydali
... (tipratikan).
Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi
... (tulki); 3)
predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini ayting kabi mashqlardan
foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o’rnini puxta
o’zlashtirishga erishish uchun ma`nodosh va zid ma`noli sifatlar ustida ishlash,
o’qish darslarida sifatning o’z va ko’chma ma`noda ishlatilishini kuzatish maqsadga
muvofiq. Sifatni o’rganish jarayonida so’z yasashga oid mashqlarni muntazam
o’tkazib borish o’quvchilarda u yoki bu so’z turkumini yasash uchun so’z yasovchi
qo’shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: