“Iztopar” o’yini.
O’qituvchi harflari tushirilgan ma`nodosh so’zlarni
doskaga yoki kartochkaga yozib o’quvchilarga so’zni topishlarini va ularning
ma`nolarini izohlashlarini topshiriq qilib beradi. Masalan, bu o’yin 224- mashqni
(1), 236-mashqni (2) bajarish jarayonida uyushtirilishi mumkin.
1. Be.or, be.ob, no.ob, no.og’, xa.ta, og’.iq.
2. O . to . , q . yo. , q . ma. , k . n, sha . s.
6. “
Harflardan ma`nodosh so’zlar tuz” o’yini.
Berilgan harflardan
A.Temurning xususiyatlarini ifodalovchi ma`nodosh so’zlar kelib chiqadi.
1. A L O T D I (297- mashq)
2. U B L K N Yu G’ A (297- mashq)
7.
“Aql charxi” o’yini.
O’quvchilar guruhi uch kishidan iborat bo’ladi. 1-
o’quvchi tilda ma`nodoshi bor so’zni aytadi, 2-o’quvchi uning aytgan so’zini
qaytaradi va unga ma`nodosh so’z qo’shadi. 3-o’kuvchi yuqoridagi ikki so’zni
qaytaradi va unga o’zi ma`nodosh so’z qo’shadi. Masalan, sifat turkumi
o’rganilayotganda (298-mashq):
609
Inoq: ahil, …
Inoq, ahil, totuv, …
Inoq, ahil, totuv, qadrdon, …
Inoq, ahil, totuv, qadrdon, qalin, …
Inoq, ahil, totuv, qadrdon, qalin, apoq-chapoq.
Mitti (jajji, kichkinA.kabi.
8.
“CHarxpalak” metodi.
O’quvchilar kichik guruhlarga bo’linadi. Ularga
topshiriqlar yozilgan kartochkalar beriladi. Har bir guruh topshiriqni bajarib
bo’lgach, 2-guruhga uzatadi. 2-guruh 3-guruhga uzatadi. Har bir guruhning bajargan
ishi guruhlararo aylanadi. Guruhlar bir-birlarining xatolarini to’g’rilaydilar. So’ng
har bir guruh o’z kartochkasi bilan taqdimotga chiqadi.
Topshiriq. 1-guruh uchun: Ma`nodosh otlar qatorini tuzing.
2-guruh uchun: Ma`nodosh sifatlar qatorini tuzing.
3-guruh uchun: Ma`nodosh fe’llar qatorini tuzing.
9.
“Ruchka stol ustida” o’yini
. O’quvchilar kichik guruhlarga bo’linadi.
O’qituvchi har bir guruhga sinonimik qatordagi bosh so’zni kartochkaga yozib
uzatadi. Guruhdagi o’quvchi kartochkadagi so’zga sinonim so’zni yozib, qog’ozni
shaergiga uzatadi, ruchkasini stol o’rtasiga qo’yadi. Topolmagan o’quvchi
ruchkasini o’zida olib qoladi.
Qog’oz ikkinchi marta guruh o’quvchilari orasida aylanadi. Har bir o’quvchi
ma`nodosh so’zlarni qatnashtirib, gap tuzadi, maqol, topishmoq va hokazolarni
yozadi.
Masalan, 4-sinfda fe’l turkumi yuzasidan takrorlash darsida tashkil qilinadi.
1-topshiriq. Berilgan har bir so’zning ma`nodoshini topib yozing.
1-guruh uchun: bekindi (yashirindi), nomladi (atadi), ketibdi (jo’nabdi, ravona
bo’libdi), eslamoq (xotirlamoq, yodga olmoq, yodlamoq, yod etmoq, yo’qlamoq),
yanglishmoq (xato qilmoq, adashmoq), faxrlanmoq (faxr etmoq, g’ururlanmoq,
mag’rurlanmoq).
2-guruh uchun: sarflamoq (sarf qilmoq, harajat qilmoq, chiqim qilmoq),
salomlashmoq (so’rashmoq, ko’rishmoq, salom-alik qilmoq), tushunmoq
610
(anglamoq, uqmoq, fahmlamoq, bilmoq ), urinmoq ( harakat qilmoq, intilmoq,
tirishmoq, unnamoq), charchamoq (toliqmoq, horimoq, tolmoq).
2-topshiriq. Ma`nodosh so’zlarni qatnashtirib gap yoki matn tuzib yozing.
10.
Dostları ilə paylaş: |