90
2. Harf elementlarini yozish, baravar masofada qisqa va uzun elementlar, osti
va usti ilmoqli elementlar chizish.
3. Bosh va kichik harflarni alohida yozish.
4. Harf birikmalarini, bo’g’inni yozish, harflarni to’g’ri qo’shib yozish
malakasini hosil qilish uchun so’z yozish.
Grafik malakani hosil qilishdan asosiy maqsad, harflarni bosmasdan bir
tekisda, elementlarga ajratmay bog’lab tez, bir maromda yozish, so’zlarni qatorga
to’g’ri joylashtirishdir.
SHuni ta’kidlash kerakki, savod o’rgatish davrida bola harflarni yozishdan
oldin uni qanday shakllantirishni ko’z oldiga keltirib, fikrlab oladi, ba’zan harf
shaklini havoda “chizadi”, harf namunasini ko’chiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni
qanday yozishni o’zicha sekin gapiradi; o’qituvchi o’quvchi yoniga o’tirib, ruchkani
to’g’ri ushlatadi va uning qo’li bilan harfni yozishni ko’rsatadi yoki o’zi yozib
tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning texnik tomoniga katta jismoniy kuch
sarflaydi. Savod o’rgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha so’zni yozishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga binoan 1993 yil 2
sentyabrda “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi
qonun qabul qilindi. 1995 yil 6 mayda bu qonunga o’zgartirishlar kiritildi. Bu alifbo,
birinchidan, og’zaki talaffuz bilan yozma nutq mosligini ta’minlaydi, ikkinchidan,
jahon xalqlarining 30 foizdan ortig’i mana shu yozuvdan foydalanadi. Bu esa
xalqaro aloqa-aralashuvni birmuncha yengillashtiradi.
Lotin alifbosiga asoslangan o’zbek alifbosidagi harflar ham bosmasdan,
ortiqcha jimjimasiz, qo’l uzmasdan bog’lab yoziladi. SHuning uchun yozuvga
o’rgatish metodikasida harflarni qo’shishga alohida ahamiyat beriladi. O’quvchilar
barcha harflarni bir-biriga qo’shish yo’lini bilishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: