Ba'zi bir hom ashyo turlari mahsus tehnologiya asosida bijg'itiladi. Misol uchun,
spirtli barda kimyoviy qo'shimchalar qo'shib qayta ishlanadi. Melassali
bardaga ishqor
bilan ishlov beriladi. Bu tipdagi hom ashyoni kimyoviy moddalarsiz ham bijg'itish
mumkin. Lekin buning uchun ular boshqa turdagi organik hom ashyo, masalan, go'ng,
silos kabilar bilan aralashtirlishi shart.
Bijg'ish jarayoniga ta'sir qiluvchi faktorlar:
temperatura;
namlik;
рН muhit;
uglerod, azot va fosforni nisbati C:N:P;
hom ashyo zarrachalari yuzasining kattaligi;
substratni reaktorga
yuklash chastotasi;
jarayonni sekinlashtiruvchi moddalar;
jarayonni tezlashtiruvchi qo'shimchalar
Temperatura
Metanogen (metan hosil qiluvchi) bakteriyalar 0-70ºС haroratda yashaydi.
Harorat 70ºСdan oshsa ular halok bo'ladi. Lekin 90ºС yashaydigan shtammlar ham bor.
Sovuq haroratda ham tirik qolishi mumkin, ammo ko'paya olmaydi.
Dostları ilə paylaş: