Biotexnologiya



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   141
720 (1)

 
Biogaz 
Biogaz biomassaning vodorodli 
yoki metanli bijg'ish jarayoni natijasida 
hosil bo'ladi. Bijg'ish jarayoni 3 turdagi 
bakteriyalar ishtirokida sodir bo'ladi.
54-rasm. Biogaz qurilmasi. 
Bir 
turdagi 
bakteriya 
o'zidan 
avvalgisidan 
qolgan 
moddalar 
almashinuvi mahsuloti bilan oziqlanadi. 
1-tur bakteriyalar – gidrolizlovchilar, 2-
tur 
bakteriyalar 
– 
kislota 
hosil 
qiluvchilar, 3- tur bakteriyalar – metan 
hosil 
qiluvchilar. 
Biogaz 
ishlab 
chiqarishda ana shu uchchala turdagi bakteriyalarning barchasi qatnashadi. Biogaz har 
doim ham metan bo'lavermaydi. Ba'zi bakteriyalar vodorod ham sintez qilishi mumkin. 
Hosil bo'lgan energiyaning bu turi biovodorod deyiladi.
Biogaz tarihi 


Insoniyat biogazdan foydalanishni juda qadimdan yo'lga qo'ygan. Eramizdan 
avvalgi birinchi mingyillikda hozirgi germaniya hududida ibtidoiy biogaz qurilmalari 
bo'lgan. El'ba daryosi yoqasidagi botqoqliklarda yashagan alemanlar suvga botgan 
daraht to'nkalarini ajdarholar deb o'ylashgan. Botqoqda hosil bo'lgan gazlarni 
ajdarhoning nafasidan chiqayapti deb o'ylaganlar. Alemanlar «g'azabnok ajdarhoni 
jahlidan tushirish» uchun botqoqqa qurbonliklar, oziq-ovqat tashlaganlar. Ular teridan 
chodir tikib, u bilan botqoqlikni ustini berkitganlar hamda teri quvurlar yordamida 
yashaydigan joylariga olib borganlar va uni yoqib egulik tayyorlaganlar. Egulik 
tayyorlashning boshqa yo'li bo'lmagan. Chunki botqoqliklarda quruq o'tin topish ancha 
mushkul ish edi. 
XVII asrda bel'giyalik olim Yan Baptist Van Gel'mont parchalanayotgan 
biomassadan alangalanuvchi gaz ajralib chiqayotganini aniqladi.
55-rasm.. Yan Baptist Van Gel'mont. Kimyogar, vrach va fiziolog (1580-1644).
Alessandro Vol'ta (Italiya) 1776 yil parchalangan biomassa 
miqdori bilan ajralib chiqqan gazning miqdori orasida 
bog'liqlik borligini topdi. 1808 yil angliyalik ser Hemfri Devi 
biogaz tarkibida metan borligini aniqladi. Eng birinchi 
hujjatlashtirilgan biogaz qurilmasi 1859 yil Hindistonning 
Bombey shahrida qurilgan. Biogaz 1895 yil Buyuk Britaniyada 
ko'chalarni yoritish uchun ishlatilgan. 1930 yil biogaz 
ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi bakteriyalar kashf 
etildi.
56-rasm. Ser Hemfri Devi. Kimyogar, geolog va fizik (1778-1829). 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin